Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Davlat byudjeti qanday omillarga bog’liq holda vujudga keladi
va rivojlanadi?
Davlat byudjeti o’zida qanday munosabatlarni ifodalaydi?
Davlat byudjeti uchun qanday xarakterli xususiyatlar xos?
“Davlat byudjeti” tushunchasiga terminologik jihatdan yana
qanday tushunchalar
qo’shiladi?
Mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti davlat byudjeti
orqali
taqsimlanganda qanday bosqichlarni bosib o’tadi?
Davlat byudjeti fondini shakllantirishda qanday ikki tushun-
chalardan foydalaniladi?
Qanday davlat byudjeti kategoriyalarini bilasiz?
Davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni nimalardan iborat?
Mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi deyilganda nima
nazarda tutiladi?
Davlat byudjetining ta’rifini ayting.
Davlat byudjetining mohiyatini tushuntirib bering.
Davlat byudjeti boshqa iqtisodiy (moliyaviy) katego-riyalar
bilan qanday
bog’langan?
Davlat byudjeti qanday funksiyalarni bajaradi?
Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiyalari qanday
xarakterli xususiyatlarga ega?
Davlat byudjetining taqsimlash va nazorat funksiya-larining
miqdoriy va sifat tomonlari nimalardan iborat?
Davlat byudjeti mexanizmini qanday tushunasiz?
Davlat byudjetining ahamiyatini tushuntirib bering.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida qanday o’rinni
egallaydi?
Davlat byudjetining daromadlari nima uchun oraliq xarakterga
ega?
Davlat
byudjeti
daromadlarining
moddiy-buyumlash-gan
shaklini nimalar tashkil etadi?
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayonining
asosiy printsiplari nimalardan iborat?
Davlat byudjetining daromadlari qanday mezonlar asosida
tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin?
Davlat byudjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra qanday
guruhlarga
bo’linadi?
Davlat byudjetiningsoliq daromadlari tarkibini bilasizmi?
Davlat byudjetining soliq bo’lmagan daromadlari tarkibiga
nimalar kiradi?
Tushumlarning qanday turlari
(ko’rinishlari) davlat byudjeti
daromadlarining tarkibi hisobiga olinishi mumkin?
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday
tartibda tasniflanadi?
To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib
bering.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjetining
daromadlari qanday guruhlarga bo’linishi mumkin?
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjetining daromad-lari
qanday ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin?
Sub’ektlarning daromadlari qanday metodlarni qo’llash evaziga
davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti daromadlarining tarkibi
nimalardan iborat va uning tuzilmasi qanday?
Mamlakatimizda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari
tizimining samaradorligi bevosita nimaga b
og’liq va u o’z ichiga
nimalarni oladi?
“Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromadlari” tushunchalari
o’rtasiga barobarlik (tenglik) belgisini qo’yish mumkinmi?
Davlat byudjetining xarajatlari qanday xarakterli belgilarga
ega?
Davlat byudjeti xarajatlari konkret turlarining xilma-xilligi
nimalar bilan izohlanadi?
Davlat byudjetining xarajatlari qanday belgilarga
ko’ra
turkumlashtiriladi?
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari
qanday xarajatlarga
bo’linadi?
Davlat byudjetining kapital xarajatlari deyilganda nimalar
tushuniladi va ularning tarkibi nimalardan iborat?
Davlat byudjeti joriy xarajatlarining mazmuni va tarkibini
bilasizmi?
Takror ishlab chiqarishdagi roliga
ko’ra davlat byudjetining
xarajatlari qanday guruhlarga
bo’linadi?
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi
bo’yicha
guruhlarga ajratishning asosida nimalar yotadi?
Ijtimoiy
yo’nalishi bo’yicha davlat byudjetining xarajatlari
qanday guruhlardan tashkil topgan?
Davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari tarkibini aytib
bering.
Davlat byudjetining xarajatlari tashkiliy jihatdan qanday
guruhlarga ajratiladi?
Davlat byudjetining xarajatlari hududiy belgilariga muvofiq
qanday guruhlardan tashkil topadi?
Faqat Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan xarajatlar
tarkibini bilasizmi?
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari bilan uzviy
bog’langanmi?
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti xarajatlarining konkret tarkibi
va ularning tuzilmasi qanday?
Byudjetdan moliyalashtirishning mazmunini aytib bering.
Byudjetdan moliyalashtirishning umumiy printsip-larini aytib
bering.
Amaliyotda
byudjetdan
moliyalashtirishning
qanday
shakllaridan foydalanilmoqda?
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “Davlat xarajatlari” iboralari
bir xil ma’noni anglatadimi?
Davlat byudjeti defitsitini qanday tushunasiz?
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelishining eng umumiy
sabablarini bilasizmi?
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan strategik
yondashuv (strategiya) nimalarga
alohida e’tibor berishni taqozo etadi?
Davlat byudjeti defitsiti darajasini kamaytirish yoki unga barham
berish
borasida amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning
asosiy yo’nalishlarini aytib bering.
Davlat
byudjeti
defitsitini
moliyalashtirishning
asosiy
manbalarini aytib bering.
Davlatning ichki va tashqi qarzlarini qanday tushunasiz?
Davlat ichki qarzlarining tarkibini tushuntirib bering.
Davlat tashqi qarzlari tarkibiga nimalar kiradi?
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari
qanday guruhlardan tashkil topadi?
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba-
larini aytib bering.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi man-
balari nimalardan iborat?
Mamlakatning qarz majburiyatlari qanday shakllarda bo’lishi
mumkin?
“Davlat byudjeti defitsiti”, “Davlat byudjeti kamomadi”, “Davlat
byudjeti taqchilligi”, “Davlat byudjeti etishmovchiligi” iboralarining ma’nosi
bir xilmi?
|