Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i . Bu soliq
jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning asosiysidir. Odatda,
jismoniy shaxslardan olinadi
gan daromad solig’i murakkab
progressiya printsipi bo’yicha o’rnatilgan progressiv stavkalarda
undiriladi. Bu soliq yordamida soliqqa tortishning ikki tizimi mavjud:
1) shedulyar yoki inglizcha tizim. Bunday tizim uzoq davr
mobaynida Buyuk Britaniya va dunyoning boshqa mamlakatlarida
qo’llanilib kelinayapti. U soliq to’lovchi daromadining jami bo’yicha
emas, balki uning
qismlari bo’yicha daromad manbaida amalga
oshiriladi;
2) global tizim. Bunda
daromad solig’i orqali soliqqa tortish soliq
to’lovchining jami daromadi bo’yicha amalga oshiriladi va u G’arb
mamlakatlarida asosiy usul hisoblanadi.
Ba’zi hollarda daromad solig’i orqali jismoniy shaxslarning
daromadlari soliqqa tortilayotganda soliqqa tortilmaslik minimumi
qo’llaniladi va uning miqdori qonunchilikka muvofiq ravishda
o’rnatiladi.
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy
shaxslar bu soliqning to’lovchilari hisoblanadi. U quyidagi shakllarda
to’lanishi mumkin:
daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish
beruvchilardan;
agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy
tarzda
belgilangan
daromadning
yillik
summasidan
oshsa,
daromadlar to’g’risidagi deklaratsiya ko’rinishida;
tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish
shaklida.
Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar
o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad
soliqqa tortish ob’yektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik
daromadiga soliq
to’lovchi olishi lozim bo’lgan (olgan) yoki tekinga olgan
pul yoki
boshqa mablag’lar, shu jumladan, mehnatga haq to’lash
shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi
va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi.