T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Soliqqa 
tortishni 
boshqarishning 
tashkiliy-huquqiy 
normalari va metodlari majmui soliq mexanizmi deyiladi. 
Davlat 
soliq mexanizmiga soliq qonunchiligi orqali yuridik shakl beradi va u 
orq
ali iqtisodiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatib, uni tartibga solib turadi. 
Soliq mexanizmidan foydalanishning samaradorligi davlat 
tomonidan soliqlarning ichki mohiyati, ularning harakatlanish qonunlari 
va qarama-qarshiliklari qanday hisobga olinganligiga bog
’liq. Bir 
tomondan, soliqlar va ularning funksiyalari, ikkinchi tomondan, soliq 
siyosati va soliq mexanizmining chegaralanganligi soliqlarning 
ob’yektivligini va davlat faoliyatining sub’yektivligini tushunishga 
imkon beradi. 
Soliq siyosati va soliq mexani
zmi jamiyatda soliqlarning o’rnini 
aniqlab beradi va u davlatning faoliyati bilan uzviy bog’langandir. 
Ularning har ikkalasi doimiy harakatda bo’lib, davlatning iqtisodiy 
siyosatiga bevosita bog’liq bo’ladi. Yangi iqtisodiy kontseptsiyalarga 
muvofiq ravish
da soliq siyosati va soliq mexanizmi qayta ko’rib 
chiqiladi. 
Umumdavlat soliqlari hamda mahalliy soliqlar va 
yig’imlar, 
ularni o’rnatish, o’zgartirish va bekor qilish-ning printsip, shakl 
va 
metodlari, to’lash va ularning to’lanishini ta’minlash 
bo’yicha choralarni qo’llash, soliq nazoratini amalga oshirish, 
javobgarlikka tortish va soliq qonunchiligini buzganlik uchun 
javobgarlik choralari majmui soliq tizimi deyiladi. 
Zamonaviy 
soliq tizimi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbol-larini hisobga olgan 
holda bozor munosabatlarining talablariga asoslanadi. 
Zamonaviy soliq tizimi mamlakat hududida amal qiladigan 
soliqlar to’plamidan iborat bo’lib, soliqlarning ko’pligi bilan 
xarakterlanadi. Soliq to’lovchilar daromad solig’idan tashqari yana 
ko’plab egri (bilvosita) soliqlarni, ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, 
mahalliy soliqlar va yig’imlarni to’laydi. 
Soliq tizimining tarkibiy tuzilmasi davlat tuzilishiga bog’liq. Unitar 
davlatlarda soliq tizimi tarkibi quyidagicha: 

davlat soliqlari; 

mahalliy soliqlar va yig’imlar. 


Federativ davlatlarda esa soliq tizimi uch 
bo’g’indan tarkib 
topadi: 

davlat (federal) soliqlari; 

federatsiya a’zolarining byudjetlariga biriktirilgan soliqlar; 

mahalliy soliqlar va 
yig’imlar. 
Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan asosiy 
soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi. Odatda, bunday asosiy soliqlar 
tarkibiga quyidagilar kiritilishi mumkin: 

qo’shilgan qiymat solig’i; 

aktsizlar; 

aholidan olinadigan daromad solig’i; 

korporatsiyalarning 
(korxonalarning) 
daromadidan 
(foydasidan) olinadigan soliq; 

bojxona bojlari. 
G’arbning 
rivojlangan 
mamlakatlarida 
davlat 
byudjeti 
daromadlarini shakllantirishda aholidan olinadigan daromad solig’i 
muhim rol o’ynab, uning yordamida davlat byudjeti daromadlarining 
25-45% tarkib topmoqda. Bu soliq murakkab progressiya printsipi 
bo’yicha progressiv stavka-larda undiriladi. Daromad solig’i 
yordamida aholi daro-madlari soliqqa tortilayotgan paytda soliqqa 
tortilmay-
digan minimum (soliq to’lovchi daromadining soliqqa 
tortilmaydigan qismi) qo’llaniladi. 
Rivojlangan mamlakatlardagi soliqqa tortishga xos bo’lgan 
muhim tendentsiyalardan biri korporatsiyalar (korxo-nalar) daromadi 
(foydasi)dan olinadigan soliq bo’yicha tushumlar salmog’ining 
pasayishidir. Bu narsa doimiy va uzluksiz ravishda soliq
imtiyozlarini kengaytirish va soliq stavkalarini pasaytirish evaziga 
qo’lga kiritilayapti. 
Soliq tizimida qo’shilgan qiymat solig’i va aktsizlar o’ziga xos 
o’ringa ega. Qo’shilgan qiymat solig’i Yevropa Itti-foqining barcha 
mamlakatlarida amal qiladi. Yetakchi xorijiy mamlakatlardan faqat 
AQSh va Yaponiyada bu soliq qo’llanilmaydi. 
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda bojxona bojlari 
ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tovarlar eksporti va 
importid
a olinadigan soliqlardir. Keyingi yillarda dunyo xo’jalik 
hayotining globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining yanada 
rivojlanishi natijasida bojxona bojlarining davlat byudjeti daro- 
madlarini shakllantirish manbai sifatidagi roli ham birmuncha 
pasayib bormoqda. Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlar 


byudjetlari daromadlarining o’rtacha 1-4% shu soliq hisobidan tarkib 
topayapti. 
Davlat fiskal monopoliyalari yoki fiskal monopol soliqlarda davlat 
ommaviy iste’molga ega bo’lgan qandaydir bir mahsulotni (aroq, 
sigareta va 
shunga o’xshashlar) ishlab chiqarish va uni sotish ustidan 
monopoliya o’rnatadi va o’rnatilgan monopol bahodan tadbirkorlik 
daromadi bilan bir qatorda yirik soliqlar ham undiradi. Davlat byudjetiga 
kelib tushadigan fiskal monopol soliqlar Fransiya, Italiya, GFR va 
Yaponiya kabi 
mamlakatlarda qo’llaniladi. 
Mahalliy byudjetlarga fiskal nuqtai nazaridan etarli darajada 
samarali bo’lmagan va ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi 
soliqlar 
biriktiriladi. 
Mahalliy 
byudjet-larning 
ixtiyoriga 
kelib 
tushadigan soliqlarning asosiysi mol-
mulk solig’idir. 
Federativ tuzilishga ega bo’lgan davlatlarda federatsiya a’zolari 
byudjetlarining daromadlariga tegishli bo’lgan masala turlicha hal 
qilingan. Masalan, AQShda shtatlarning byudjetlari egri (bilvosita) 
soliqlarga tayangan bo’lib, ularning orasida sotuvdan olinadigan soliq 
asosiy o’rin tutadi. GFRda esa aholidan olinadigan daromad solig’i va 
korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq bo’yicha tushumlar 
ma’lum foizlarda federal va er byudjetlari o’rtasida bo’linadi. Juda 
ko’p mamlakatlarda mahalliy byud-jetlarga yo’naltiriladigan soliqlarga 
nisbatan ustamalar 
(qo’shilmalar) qo’llash amaliyoti joriy etilgan. 
Shunday 
bo’lishiga 
qaramasdan 
mahalliy 
hokimiyat 
organlarining o’z funksiyalarini to’liq amalga oshirishlari uchun 
soliqlar, aksariyat hollarda, etarli emas. Shu sababli mahalliy 
byudjetlarga yuqori byudjetdan dotatsiya, subven-tsiya, subsidiya, 
kredit va boshqa shakllarda mablag’lar yo’naltiriladi. 
O‘zbekiston hududida qirqdan ortiq soliq va yig’imlar undiriladi. 
Ular 
sonining ko’pligi xilma-xil vazifalarni hal qilish va turli-tuman 
funksiyalarni bajarish imkonini bersa-
da, bir vaqtning o’zida bu 
holat, ularni undirish bo’yicha xarajatlarning ortishiga olib keladi va 
soliqlarni to’lashdan bo’yin tovlashga sharoit yaratadi. 
Zamonaviy soliq tizimi quyidagi vazifalarni bajarishi kerak bo’ladi: 
1) 
davlat byudjeti daromadlarini to’liq va o’z vaqtida jalb 
qilinishini ta’minlash. Aks holda, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatini amalga oshirish mumkin emas; 
2) yoppasiga va 
xo’jalik yuritishning alohida sohalari bo’yicha 
ishlab chiqarish va 
iste’molni tartibga solish uchun sharoit yaratish. 
Bunda aholining turli guruhlari daromad-larini shakllantirish va qayta 
taqsimlashning 
o’ziga xos xususiyatlari inobatga olinishi kerak. 


O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi quyidagi belgilar bilan 
xarakterlanadi: 

huquqiy asosga egaligi va nisbatan bo’lsa-da, barqa-rorligi 
(soliqlar va soliqqa tortishning barcha masalalariga nisbatan emas); 
daromadlarni taqsimlash va qayta taqsim-
lash bilan bog’liq barcha 
iqtisodiy munosabatlarga kirib boradi. Barcha soliqlar va yig’imlarni 
joriy etish va ularni bekor qilish faqat davlat hokimiyati organlari 
tomonidan amalga oshiriladi; 

soliqlarni hisoblash va undirishning yagona prin-tsiplari va 
mexanizmi. Barcha soliqlar va yig’imlar ustidan yagona nazorat 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mi-tasi va uning quyi 
organlari tomonidan amalga oshiriladi; 

yangi soliqlarning jori
y qilinganligi (qo’shilgan qiymat solig’i va 
boshqalar) hamda soliq imtiyozlari va oldin amal qilgan soliqlar 
bazasini hisoblash tartibida keskin o’zgarishlarning sodir etilganligi; 

soliq kalendariga muvofiq qonunchilik yo’li bilan soliqlarni 
to’lashda aniq ketma-ketlik o’rnatilganligi. Masalan, yuridik shaxslar 
birinchi navbatda umumdavlat soliqlarini, undan keyin esa mahalliy 
soliqlar va yig’imlarni to’lashadi; 

barcha soliq to’lovchilarga nisbatan teng talablarning 
qo’llanilishi va soliqlar ro’yxatini aniqlash, stavkalarni unifikatsiya 
qilish, imtiyozlar va ularni taqdim etish mexanizmini tartibga solish 
hamda mablag’lardan foyda-lanish huquqiga aralashmaslik yo’li 
bilan ishlab, topilgan mablag’lardan foydalanish uchun teng 
sharoitlarning yaratilganligi; 

s
oliqlarning ikkita asosiy turi birgalikda qo’llani-layotganligi: 
to’g’ri (daromadlarga va mol-mulkka) va egri (tovarlar va 
xizmatlarga). Avval egri (bilvosita) soliqqa tortish Vatanimiz iqtisodiy 
amaliyotida to’liq inkor qilingan edi; 

avvalo, jismoniy emas, yuridik shaxslarning soliqqa tortilishi. 
Bu O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar soliq 
tizimlaridan farqini ko’rsatadi. Barcha yuridik 
shaxslar va yakka tartib-dagi tadbirkorlar soliq organlarida 
ro’yxatdan 
o’tishga majbur. Soliq organlarida ro’yxatdan o’tganligi to’g’risidagi 
ma’lumotnomani olmasdan turib banklar ularga hisobva-raqlarini 
ochish huquqiga ega emaslar. 

soliq 
qonunchiligini 
buzganligi 
uchun 
juda 
qattiq 
sanktsiyalarning, shu jumladan, moliyaviy, ma’muriy va jinoiy 
javobgarlik choralarining qo’llanilayotganligi; 



soliq to’lovchilar uchun ularning iltimosiga ko’ra joriy yil 
doirasida soliqlar va yig’imlarni byudjetga to’lash, shuningdek, 
moliyaviy sanktsiyalar summalari (agar ularni to’lash korxonani 
kasodga uchrashga olib kelsa 
– 6 oy muddatgacha), bo’yicha to’lov 
muddatlarini kechiktirish yoki uzaytirish imkoniyatining mavjudligi. 
Soliqqa tortish jarayonlari soliq tizimining asosiy printsiplari 
yordamida tartibga solinadi. Bunday printsiplar quyidagilardan 
iborat: 

soliqlar jamiyat va 
davlatning faoliyat ko’rsatishi va rivojlanishini 
moliyaviy ta’minlash maqsadida o’rnati-ladi; 

o’rnatilgan tartibga ko’ra soliq to’lovchi bo’lgan har bir shaxs 
(yuridik yoki jismoniy) soliq qonunchiligiga binoan belgilangan 
soliqlarni to’lashga majburdir; 

soliqlar siyosiy, mafkuraviy, etnik, konfessional va shunga 
o’xshash boshqa mezonlar asosida qo’llanilmasligi lozim; 

mamlakatning soliq tizimi va yagona iqtisodiy makonini 
buzishga 
xizmat qiladigan soliqlar o’rnatilmasligi kerak; 

soliq to’lovchining mulkchilik shakli, tashkilotning tashkiliy- 
huquqiy maqomi, jismoniy shaxsning fuqaroligi, shuningdek, ustav 
kapitali yoki mulkning kelib chiqish davlati, mintaqasi yoki geografik 
joylashuviga bog’liq bo’lgan holda qo’shimcha soliqlarni joriy etish, 
soliq stavkalari va imtiyozlarini oshirish yoki ularni tabaqalashtirishga 
yo’l qo’yilmaydi. 
Mustaqillikka yaqinda erishilganligi bilan bog’liq ob’yektiv 
sabablarga ko’ra, soliq apparati xodimlarida bu sohada tajribaning 
hali kamligi, beqaror iqtisodiy sharo-itda ishlab chiqilgan soliq 
siyosati asosida yaratilgan soliq tizimi oldindan ko’ra bilish qiyin 
bo’lgan ayrim nuqson-larga ega bo’ladiki, bu holat soliq
to’lovchilarni ham, soliq organlarini ham qoniqtira olmaydi. Masalan: 

soliqqa tortishda fiskal yondashuvning ustuvorligi. Soliqlar 
to’g’risidagi muammoni hal etishda davlat byudjetiningdaromadliligi 
birinchi o’ringa qo’yiladi va soliqlarning tartibga soluvchi roliga etarli 
darajada e’tibor qara-tilmaydi; 

yuridik shaxslarni soliqqa tortishning yuqori dara-jadaligi. Jami 
soliq to’lovlari, turli baholashlarga ko’ra, yuridik shaxslar 
daromadining (foyda va mehnat haqining) 40% dan 80% gachasini 
tashkil etayapti. Egri (bilvosita) soliqlarning (QQS va aktsizlar) yuki 
ha
m og’ir bo’lib, aynan ular inflyatsion jarayonlarning generatori 
bo’lib maydonga chiqmoqda. Ba’zi bir mutaxassislarning baholariga 


ko’ra yalpi ichki mahsulotga nisbatan soliq bosimi 30% atrofida bo’lib, 
bu narsa jahon amaliyotidagiga nisbatan ancha yuqoridir; 

soliqqa tortishni murakkablashtiradigan soliqlar, yig’imlar, 
ajratmalar, badallar (umumdavlat, mintaqaviy, mahalliy, maq-sadli va 
h.k.) sonining 
ko’pligi; 

soliq qonunlarining beqarorligi, soliqlarni hisob-lash tartibining 
tez-
tez o’zgartirib turilishi, soliq qonunlarining ayrim moddalari puxta 
ishlanmaganligi va ularning o’zaro ziddiyatliligi. Soliq qonunlarining 
qayta-riluvchan (orqa muddatga) kuchga ega 
bo’lish hollarining 
mavjudligi. 
Soliq 
amaliyotining 
nisbatan 
kuchsiz 
axborot 
(informatsion) bazaga ega ekanligi; 

soliq 
vakolatlarining 
markaz 
va 
joylarda 
aniq 
chegaralanmaganligi natijasida ular o’rtasida turli nifoqlarning kelib 
chiqayotganligi; 

qonunda belgilangan davrda bir ob’ektning bir necha marta 
soliqqa tortilayotganligi; 

va boshqalar. 
Soliq tizimidagi bunday kamchiliklar uni isloh qilishini taqozo 
etadi. 2016 yilda boshlangan yangi iqti-sodiy siyosat talablaridan 
kelib chiqib, soliq islohot-
larini amalga oshirish bo’yicha davlat 
siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagicha bo’lishi maqsadga 
muvofiq : 

moliyaviy yil davomida soliqlar va soliq xarakteriga ega 
bo’lmagan to’lovlarning yagonaligi, ziddiyatsizligi va o’zgarmasligini 
ta’minlovchi barqaror soliq tizimini yaratish; 

etarli darajada tushum bermaydigan maqsadli soliqlarni bekor 
qilish va ularni yiriklashtirish bilan soliqlar sonini kamaytirish; 

pul mablag’laridan maqsadli foydalanish yo’nalishi va davlat 
byudjetiningdaromadli qismini shakllantirishning normativ tartibini 
saqlab qolgan holda davlatning 
byudjetdan tashqari jamg’armalarini 
davlat byudjetiga konsolidatsiya qilish; 

mahsulot ishlab chiqaruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat 
ko’rsatuvchilarga nisbatan soliq yukining og’irligini engillashtirish va 
bir vaqtning o’zida soliqlarning undirilish darajasini oshiruvchi 
mexanizmni joriy etishni aniq belgilash asosida ikki marta soliqqa 
tortilishga yo’l qo’ymaslik; 

byudjetlarning turli darajalariga har bir soliqdan tushumning 
minimal hissalarini o’rnatish orqali soliq federalizmini rivojlantirish; 

soliq imtiyozlarini kamaytirish va ularni soliqqa tortishning 
umumiy tartibidan (rejimidan) chiqarish; 



aktsizlarning 
o’ziga xos stavkalarini o’rnatish amali-yotini 
kengaytirish; 

mineral xomashyoning alohida turlaridagi aktsizlarni resurs 
to’lovlari bilan almashtirish; 

ekologik soliqlar va jarimalarning salmog’ini oshirish; 

va boshqalar. 
Bunda asosiy vazifa, soliqlarning undirilish (yig’ilish) darajasini 
oshirish hisobiga yalpi ichki (milliy) mahsu-lotda soliq tushumlari 
hissasining o’sishini ta’minlashga erishishdir. 
Mamlakatning soliq tizimi bir necha belgilar va omillarga muvofiq 
quyidagicha tasniflanishi (klassifi-katsiya qilinishi) mumkin: 
1. 
Soliqqa tortishning ob’yekti hamda soliq to’lovchi va davlat 
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liq ravishda soliqlar to’g’ri 
(bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarga 
bo’linadi. 
To’g’ri (bevosita) soliqlar sub’yektga tegishli bo’lgan bevosita 
daromadlar 
va 
mol-mulkdan 
olinadi. 
Ularning 
tarkibiga 
korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliq, jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig’i, korxonaning mol-mulkidan 
olinadigan soliq va boshqalarni kiritish mumkin. 
Egri (bilvosita) soliqlar tovarlar va xizmatlarga nisbatan 
o’rnatiladi va tovar to’lanadigan baho yoki xizmatning tarifi tarkibida 
bo’ladi. Tovar yoki xizmatning egasi ularni realizatsiya qilganda soliq 
summalarini oladi va ularni davlat byudjetiga o’tkazadi. Tovar yoki 
xizmatni sotib oluvchi bunday soliqlarning haqiqiy to’lovchilari bo’lib 
hisoblanadi. QQS, aktsizlar va bojxona bojlari egri (bilvosita) 
soliqlarning tarkibiga kiradi. 
2. 
Foydalanilishi bo’yicha soliqlar umumiy va maxsus (maqsadli) 
soliqlardan iborat bo’lishi mumkin. 
Turli-tuman 
tadbirlarni 
moliyalashtirish 
uchun 
byudjetga 
tushadigan soliqlar umumiy soliqlar deyiladi. Maxsus (maqsadli) 
soliqlar esa oldindan belgilangan ma’lum bir maqsadlarga 
mo’ljallangan bo’ladi. Masalan, transport vositalari uchun benzin, 
dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan 
soliq yo’llarni qurish, rekonstruktsiya qilish va joriy remont qilishga 
mo’ljallangan. 
3. 
Soliqlar yig’ilishi va qaysi organga tegishliligiga qarab, 
umumdavlat va mahalliy soliqlarga 
bo’linadi. 
Hozirgi davrda davlat byudjeti daromadlarini belgilashda to’rtta 
soliq hal qiluvchi rol o’ynamoqda. Bular qo’shilgan qiymat solig’i, 
aktsizlar, korxonalarning daromadi (foydasi) dan olinadigan soliq va 


jismoniy shaxslarning daromadidan olinadigan soliqdir. Ular hisobidan 
davlat byudjeti daromadlarining ¾ qismi shakllanmoqda. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin