T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

va 
tashkilotlarning 
daromadi 
(foydasi)dan 
olinadigan soliq
. Bozor munosabatlari sharoitida daromad 
(foyda)ning roli keskin oshishi munosabati bilan undan olinadigan 
soliq nafaqat fiskal funksiyani baja-rishi, balki ishlab chiqarish 
samaradorligini oshirishga ham ta’sir ko’rsatishi kerak. Bu soliq 
davlat 
byudjetiningmuhim 
daromadlaridan 
biri 
hisoblanadi. 
Quyidagilar uni to’lovchilardir: 

yuridik shaxslar (shu jumladan, davlat byudjeti tashkilotlari 
ham), shuningdek, mamlakat hududida xorijiy kapital ishtirokida 
tuzilgan yuridik shaxslar ham; 

korxonalarning alohida tugallangan balansi va hisob- var
ag’i 
bo’lgan filiallari va shunga o’xshash boshqa bo’lin-malari; 

soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimiga o’tmagan kichik 
korxonalar. 
Bu soliq uchun korxonalarning yalpi daromadi (foydasi) soliqqa 
tortish ob’yekti bo’lib xizmat qiladi. Uning tarkibi quyidagi 
elementlardan tashkil topadi: 

mahsulotni 
sotish, 
ishlarni 
bajarish 
va 
xizmatlarni 
ko’rsatishdan olingan daromad (foyda); 

asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni sotishdan olingan 
daromad (foyda); 

realizatsiyadan tashqari operatsiyalardan olingan daro-mad 
(foyda)lar 
(bu operatsiyalar bo’yicha xarajatlar chegirilgan). 
Mahsulot (ish, xizmat)ni sotishdan olingan daromad (foyda) 
mahsulotni sotishdan olingan tushum bilan (QQS va aktsizlarsiz) 
mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xara-
jatlari o’rtasidagi farq 
sifatida aniqlanadi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi 
mamlakat hukumati tomonidan tasdiqlangan “Xarajatlar tarkibi 
to’g’risida”gi nizomga muvofiq belgilanadi. Soliqqa tortish 
maqsadlarida aniqlanadigan asosiy fondlar va boshqa mol-mulkni 
sotishdan olingan daromad (foyda) shu fondlar va mol-mulklarning 


sotish bahosi va ularning boshlang’ich (yoki qoldiq) qiymati 
o’rtasidagi farq (inflyatsiya indeksiga oshirilgan qayta baholashni 
hisobga olgan holda) ko’rinishida hisoblanadi. Realizatsiyadan 
tashqari operatsiyalardan olingan daromad (foyda)larning tarkibiga 
boshqa korxo-nalarning faoliyatiga hissali ishtirok etishdan, mol-mulkni 
ijaraga berishdan olingan daromad (foyda)lar hamda mahsulotni 
ishlab chiqarish va sotish bilan 
bevosita bog’liq bo’lmagan 
operatsiyalardan olingan boshqa daromad (foyda)lar kiradi. 
Korxonalarga tegishli bo’lgan daromad (foyda)ni soliqqa 
tortishda soliq imtiyozlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb 
etadi. Shu munosabat bilan soliqni hisob-lashda soliqqa tortiladigan 
baza quyidagi summalarga kamaytiriladi: 

ishlab 
chiqarish 
maqsadlariga 
mo’ljallangan 
kapital 
qo’yilmalarni moliyalashtirishga, xuddi shu maqsadlar uchun olingan 
va foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini ham 
qo’shgan holda) yo’naltirilgan daromad (foyda)ning summasiga; 

iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari uchun uy-joy 
qurilishini moliyalashtirishga yo’naltirilgan daromad (foyda) ning 
summasiga; 

mahalliy 
o’zini-o’zi 
boshqarish 
organlari 
tomonidan 
tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda ijtimoiy-madaniy soha 
ob’ektlari va uy-joy fondini saqlashga yo’naltirilgan korxonalarning 
haqiqiy xarajatlari summasiga; 

xayriya fondlariga badallar summasi va boshqalarga. 
Korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning 
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yil uchun 
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjetining asosiy 
parametrlari 
to’g’risidagi Qarorlariga muvofiq o’rnatiladi. Bu soliq joriy 
etilgan dastlabki yilda uning stavkasi 38% darajasida belgilangan 
bo’lsa, uning darajasi 2007 yilda 10% ga teng bo’lgan. 2019 yilda esa 
uning darajasi 12,0% qilib belgilangandir (tijorat banklari uchun esa 
20% darajasida). 
Soliqning summasi soliq to’lovchilar tomonidan buxgal-teriya 
hisoboti ma
’lumotlari asosida (yil boshiga nisba-tan o’sib borish 
tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi. U byudjetga soliq to’lovchi 
tomonidan choraklik hisob-
kitoblar bo’yicha choraklik buxgalteriya 
hisobotini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan besh 
kunlik muddatda, yillik hisob-
kitoblar bo’yicha esa yillik buxgalteriya 
hisoboti va balansini taqdim etish muddati uchun belgilangan 
kundan 
o’n kunlik muddatda o’tkaziladi. Chorak davomida bu 


soliqni to’lovchilar har oyning 15-kunidan kechiktirmasdan choraklik 
soliq summasining 1/3 qismi miqdorida avans to’lovlarini amalga 
oshirishlari kerak. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin