ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash
xarajatlari
tashkil
etmoqda.
Bu
xarajatlarning tarkibida
asosiy o’rinni maorif (32,65%), sog’liqni
saqlash (11,82%) va oilalarga ijtimoiy nafaqalar (9,56%) egallamoqda.
Umumiy holda esa ana shu uch guruhdagi xarajatlar Davlat
byudjetidan ijti-moiy soha va aho
lini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga
mo’ljallangan mablag’larning 95,02%ga teng bo’lmoqda
79
.
Umuman olganda, davlat byudjetining bu guruhga kiruvchi
xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni
berish, milliy xo’jalik uchun zarur bo’lgan yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, aholiga malakali tibbiyot xizmati ko’rsatish, ijtimoiy
sug’urta va ijtimoiy ta’mi-notni yanada yaxshilash, aholini ijtimoiy
jihatdan himoya qilish va uni har tomonlama qo’llab-quvvatlash
masala-
lariga O‘zbekistonda qanday e’tibor berila-yotganligini
yaqqol ko’rsatmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investi-tsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari o’zlarining salmo-g’iga ko’ra O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari tarkibiy tuzilmasida
keyingi o’rinni egallab, ularning har biriga, mos ravishda, davlat
byudjeti xarajatlarining 11,97% va 7,51% qismlari to’g’ri kela-yapti
80
.
Bu raqamlar davlat byudjeti mablag’lari hisobidan mamlakat
iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash, uning tarkibiy
tuzilmasini takomillashtirish va
o’zgartirish, milliy xo’jalik sektorlarida
iqtisodiy
samaradorlikning
o’sishini
ta’minlash,
ilmiy-texnika
taraqqiyotining
o’sish sur’atlarini tezlashtirish, yagona texnikaviy
siyosatni yurgizishga jiddiy
e’tibor berilayotganligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: