T. Malikov O. Olimjonov moliya


minimum xarajat qilib, maksimum samara olish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

minimum xarajat qilib, maksimum samara olish
. Davlat 
byudjeti 
mablag’lari ulardan foydalanishning eng yuqori samarasi 
ta’minlangandagina taqdim qilinishi kerak. Bunday samara, bir 
tomondan, 
mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining 
turli 
vazifalarini hal etish, ikkinchi tomondan esa, davlat byudjeti 
mablag’larini oluvchilarning daromadlari o’sishi hisobidan pul 
mablag’larining byud-jetga qayta oqib kelishi bilan ifodalanishi 
mumkin; 

davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli 
xarakterdaligi
. Yuridik shaxslar oldindan maqsadlari aniqlangan va 
tasdiqlanga
n davlat byudjeti asosida byudjetdan mablag’ olishi 
mumkin. Bu printsipga qat’iy rioya qilish davlat byudjeti 
mablag’laridan sama-rasiz foydalanishga to’sqinlik qiladi; 

ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan 
mablag’larning foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat 
byudjeti mablag’larini taqdim etish
. Byudjetdan moliyalashtirish 
ko’rsatkichlarning bajarilishiga bog’liqligi moliyaviy organlarga 
korxona, tashkilot va muassasalarning faoliyati ustidan samarali va 
ta’sirchan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi; 

davlat byudjeti mablag’larining qaytariluvchan emasligi

Davlat byudjeti mablag’lari sub’yektlarga ularni majburiy ravishda 
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan taqdim etiladi; 

davlat byudjeti mablag’larining tekinligi (bepul-ligi). 
Byudjetdan mablag’lar sub’yektlarga foiz ko’rinishida qandaydir 
daromadlarni davlatga to’lamasdan yoki mab-lag’larni to’lashning 
boshqa ko’rinishlarisiz ajratiladi. 


Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamo-yillar bilan 
birgalikda xususiy printsiplardan ham foydalaniladi. Ularning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 

davlat byudjeti mablag’larini faqat ishlab chiqarishni kengaytirish 
xarajatlariga ajratish; 

davlat byudjeti 
mablag’larining hajmini aniqlashda “qoldiq” 
yondashuvidan foydalanish; 

byudjetdan moliyalashtirishda rejalashtirilayotgan xarajatlarni 
kredit usuli orqali ta’minlash bilan birgalikda foydalanish; 

korxonalarning moliyaviy holatini davlat byudjeti orqali tartibga 
solish printsipi va boshqalar. 
Davlat 
byudjeti 
mablag’lari 
amaliyotida 
byudjetdan 
moliyalashtirishning turli usullaridan foydalaniladi. Uning quyidagi 
ikki usulini alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 


Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin