T. Malikov O. Olimjonov moliya


“netto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

“netto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish

Pul 
mablag’larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki, 
unga ko’ra davlat byudjeti mablag’lari tasdiqlangan byudjetda ko’zda 
tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi; 

“brutto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish
. Bu usul 
byudjetdan 
to’liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar uchun 
qo’llaniladi. Davlat byudjeti mablag’lari bu holda davlat byudjeti 
tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog’liq 
bo’lgan xarajat-larning barcha turlari uchun ajratiladi. 
Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari 
byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida 
amalga oshiriladi: 

davlat byudjeti tashkilotini saqlash uchun 
mablag’lar; 

davlat va 
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining 
shartnomalari 
bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan 
bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to’lash uchun mablag’lar; 

aholiga transfertlar; 

jismoniy va yuridik shaxslarga subventsiya va subsi-diyalar; 

quyi 
byudjetlarga 
va 
davlatning 
byudjetdan 
tashqari 
jamg’armalariga dotatsiya, subventsiya va subsidiyalar; 

harakatdagi (amaldagi) yoki yangidan tashkil etilayotgan 
yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar; 

narxlardagi farqni qoplash. 
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai nazardan, 
quyidagi ikki k
o’rinishda amalga oshiriladi: 
1)
xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalash-tirish; 


2)
xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudje-tidan va 
mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin