tumanlar
va
shaharlar
davlat
veterinariya
bo’limlari,
laboratoriyalarni saqlab turish;
shaharlar
va
boshqa
aholi
punktlaridagi
ko’chalarni,
shuningdek xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’lla-rini ta’mirlash;
uy-joy-
kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib
borish;
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3)
tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo’limlarini
saqlab turish xarajatlari;
4)
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish
xarajatlari;
5) tumanlar va shaharlar
byudjetlarining zaxira jamg’armalarini
shakllantirish xarajatlari;
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjat-larida
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashti-rilishi nazarda
tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbir-larning xarajatlari.
Mablag’larni byudjetdan taqdim etishning (byudjetdan mablag’
ajratishning) usullari byudjetdan moliyalashti-rishning muhim elementi
bo’lib hisoblanadi. Ularning yordamida moliya organlari byudjetda
ko’zda tutilgan tadbirlarni pul mablag’lari bilan ta’minlaydi, pul
mab
lag’laridan foydalanishda yuqoriroq natijalarga erishish uchun
mablag’larni qayta o’zgartirib, taqdim etishni amalga oshiradi,
moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib
topayotgan nisbatlarni
tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy,
kommunal xo’jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini
moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda davlat byudjeti mablag’lari
vazirliklar, idoralar va korxonalarga ishlab chiqarishni kengaytirish
bo’yicha xarajatlarga (kapital qo’yilmalarga), oddiy takror ishlab
chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va transfertlar),
operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,
idoralar va korxonalar bo’yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning
o’zida ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan bo’ladi.
Bunda davlat
byudjeti mablag’-larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo’jaligi va
transportga yo’naltiriladi.
Davlat byudjeti mablag’laridan maqsadli foydalanish nuqtai
nazaridan kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni
rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljal-langan asosiy fondlarning
yangilarini yaratish va harakatdagilarini
kengaytirish uchun pul
mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish
deyiladi. Davlat byudjeti resurslari cheklanganligi uchun ular
investitsiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga
kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga
oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning
muhim yo’nalishi
yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar
berishdir. Bu ko’rinishdagi davlat byudjeti mablag’lari davlat, mahalliy
o’z-o’zini boshqarish organlari va xususiy
korxonalarning turli joriy
xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana shunday
xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati, agrosanoat
kompleksi, uy-
joy kommunal xo’jaligi, shahar transporti va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo’nal-tiriladi.
Davlat byudjetining ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljal-langan xarajatlari
davlat tomonidan ijtimoiy funksiya-ning bajari
lishi bilan bog’liq. Bu
xarajatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
maorif;
madaniyat, san’at va kinematografiya;
ommaviy axborot vositalari;
sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
ijtimoiy siyosat.
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali
rejalashtirish printsiplari
asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning
turlari bo’yicha moliyalash-tiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro
bog’liq bo’lgan ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta
va
moliya organlarida tuzilgan mablag’lar hisob-kitobi asosida
aniqlanadi.
Hisob-
kitoblar
asosida
xizmat
ko’rsatiladigan
kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko’rsatkichlari
(masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda
ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu
ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob
birligiga to’g’ri keluvchi pulli xarajat davlat
byudjeti tashkilotining
f
aoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo’yicha
o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: