Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha tashkilotlarining barcha turdagi
xarajatlarini qamrab oladigan yiriklash-
tirilgan me’yorlar muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish
muassasalar ishini yuqori yakuniy nat
ijalarga erishishga yo’naltiradi:
bolalarni o’qitish, mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga yordam
ko’rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning
qo’lla-nilishi
turli
xarajatlar
yo’nalishida
davlat
byudjeti
mablag’laridan foydalanish bo’yicha tashkilotlarning mustaqilligini
kengaytiradi va resurslardan oqilona va tejamli foydalanishda
ularning manfaatdorligini kuchaytiradi.
Davlat byudjeti normalari juda ko’p omillar ta’siri ostida o’zgarib
turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizi
mining o’zgarishi, milliy
xo’jalikda ish haqining o’sishi, mahalliy byudjetlarda xarajatlarni
moliyalashtirish bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlarning paydo bo’lishi
kabi omillar me’yorlarning miqdoriga ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: