T. Malikov O. Olimjonov moliya


 Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi(klassifikatsiyasi)



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

19.2. Davlat byudjeti tuzilmasi va tasnifi(klassifikatsiyasi) 
Davlat byudjetini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan 
munosabatlar majmui (uning ichki bo’linmalari tarkibi va 
tuzilmasi, 
ulardan 
foydalanish 
sohalarining 
funk-tsional 
cheklanganligi, o’zaro bo’ysunuvchanligi, o’zaro aloqadorligi
va 
ta’sirchanligi hamda huquqiy tomon-larini inobatga olgan 
holda) davlat byudjeti tuzilmasi deyiladi. 
Har bir mamlakatning 
davlat byudjeti tuzilmasi uning milliy-
davlat yoki ma’muriy-hududiy 
tuzilishi bilan belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti: 

Respublika byudjetini; 

Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
byudjetini 
va 
mahalliy 
byudjetlarni 
o’z ichiga oladi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti 
tarkibida 
davlat maqsadli jamg’armalari ham jamlanadi. 
O‘z 
navbatida, 
Qoraqalpog’iston 
Respublikasi 
byudjeti 
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetini hamda shu 
respublikaga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlarini o’z 
ichiga oladi. Viloyatlar byudjeti esa viloyat byudjetidan, viloyatga 
bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan iboratdir. 
Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharlarning byudjeti shahar 
byudjetini va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlarini o’z 
ichiga oladi. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan 
tumanning byudjeti tuman byudjetidan va tuman b
o’ysu-nuvidagi 
shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. 


Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari o’zlarining 
manbalari, ma’lum maqsadlarga mo’ljallan-ganligi va boshqa 
belgilariga 
ko’ra xilma-xildir. Bir vaqtning o’zida ular umumiy 
belgilarga ham ega. Butun mamlakat miqyosida davlat byudjeti 
daromadlari va xarajatlarining to’g’ri rejalashtirilishi va hisobga 
olinishini ta’minlash uchun ular tasniflanadi (klassi-fikatsiya qilinadi). 
Davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar daromadlari va 
xarajatlari, shuningdek, uning taqchilligini moliyalashtirish manbalarini 
guruhlarga 
ajratishda 
yoki 
guruhlashda 
davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi muhim rol o’ynaydi. Undan davlat byudjetini tuzish, 
ko’rib chiqish, qabul qilish va ijro etish maqsadida davlat byudjeti 
ma’lumotlarini yagona bir tizimga keltirish uchun foyda-laniladi va 
davlat byudjeti klassifikatsiyasi davlat byudjeti ma’lumotlari xalqaro 
tasnif tizimlarining aynan shunday ma’lumotlari bilan taqqoslanishini 
ta’minlaydi. Shu ma’noda, 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin