T. Malikov O. Olimjonov moliya


-bob. Davlat byudjeti jarayoni



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

20-bob. Davlat byudjeti jarayoni 
 
20.1. 
Davlat byudjeti jarayoni: ta’rifi, bosqichlari, vazifalari, 
ishtirokchilari va printsiplari 
 
Davlat byudjeti 
tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish, ko’rib 
chiqish, qabul qilish, tasdiqlash va ijro etish, ularning ijrosini nazorat 
qilish, davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi 
hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek ular o’rtasidagi 
o’zaro munosa-batlarga davlat byudjeti jarayoni deyiladi
97
Uning mazmuni mamlakatning davlat va davlat byudjeti tuzilishi, 
tegishli organlar va yuridik shaxslarning davlat byudjeti huquqlari 
talablari bilan belgilanadi. Shuning-dek, davlat byudjeti jarayonining 
mazmunini belgilashda byudjetni ishlab chiqish, tartibi, uning 
normativ-huquqiy va tashkiliy asosi, mamlakat byudjetini tuzishning 
nazariy va uslubiy masalalari muhim rol o’ynaydi. 
Davlat byudjeti jarayoni, odatda, davlat byudjeti faoliyatining 
quyidagi to’rt bosqichini o’z ichiga oladi: 

davlat byudjeti loyihasini tuzish; 

byudjetni muhokama qilish va tasdiqlash; 

byudjetni ijro etish; 

davlat byudjetiningijrosi to’g’risidagi hisobotni tayyorlash va 
uni tasdiqlash. 
Davlat byudjeti jarayonining davomiyligi yuqoridagi to’rt 
bosqichning barchasidan iborat bo’lib, odatda, uch yilga yaqin 
davom etadi. Buning bir yilga yaqini davlat byudjeti loyihasini ishlab 
chiqish, uni muhokama qilish va tasdiqlashga, bir kalendar yili (1 
yanvardan 31 dekabr-gacha) byudjetni ijro etishga (davlat byudjeti 
davri) va besh oyi yaqini davlat byudjetiningijrosi to’g’risidagi 
hisobot
ni tayyorlashga va uni tasdiqlashga to’g’ri keladi. 
Davlat byudjeti jarayonining oldiga quyidagi muhim vazifalar 
qo’yiladi: 

alohida soliqlar va boshqa to’lovlar bo’yicha, shuningdek, 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning bashorat-lari va maqsadli dasturlariga 
muvofiq davlat byudjeti daromadlari va ularning umumiy hajmini 
aniqlash; 

maqsadga 
mo’ljallanganligi bo’yicha, shuningdek, byud-jetda 
ko’zda tutilgan umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan barcha tadbirlarni 


97
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 
3 modda
: T.: 
“Adolat”, 2014 y. - 
9-b.


uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda davlat byudjeti 
xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash 
(o’rnatish); 

iqtisodiyotdagi 
inflyatsion 
tendentsiyalar 
va 
pul-kredit 
tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birli-gining barqarorligini 
ta’minlashga yo’naltirilgan moliya-viy baqarorlashtirishning umumiy 
dasturini davlat byud-jeti bilan muvofiqlashtirish; 

iqtisodiy jihatdan maq
sadga muvofiq bo’lgan manbalar 
hisobidan davlat byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni 
qisqartirish; 

muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish 
maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish; 

iqtisodiy mintaqalar, x
o’jalik sohalari va byudjet-lar o’rtasida 
davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli 
darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga 
solishni amalga oshirish; 

keng ko’lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi 
va proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli 
byudjetni rejalashtirishning rolini oshirish; 

soliq 
majburiyatlarini 
bajarishda 
alohida 
fuqaro-lar 
daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan 
nazoratni 
ta’minlash; 

zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish 
asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi 
orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish 
va boshqalar. 
Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirok-chilari 
quyidagilar hisoblanadi: 

mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat 
organlari; 

ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat sub’yektlarining yuqori 
mansabdor shaxslari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari 
rahbarlari, moliya organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish 
bilan shug’ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar); 

pul-kredit tizimini tartibga solish organlari; 

davlat va mahalliy nazorat organlari; 

davlatning byudjetdan tashqari j
amg’armalari; 

davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va boshqalar. 
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda quyidagi printsiplarga 
rioya qilinadi: 

yagonalik; 



mustaqillik; 

balans usuli. 
Yagonalik printsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona 
davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi, 
mamlakatning 
konsolida- 
tsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo’ladigan statistik va 
davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari 
shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi. 
Mustaqillik printsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning 
har bir ishtirokchisi uchun 
mustaqil bo’lish imkoni berilganligi bilan 
belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning 
o’z va tartibga soluvchi manbalari hamda ulardan foydalanishning 
yo’nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga egadirlar. 
Balans usuli printsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari 
o’rtasida to’g’ri nisbatlar o’rnatishda gavda-lanadi. Unga rioya 
qilinishi davlat byudjetining barqa-
rorligini va xo’jalik sohalari 
o’rtasida mablag’larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi 
kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining 
daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu 
printsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin