T. Malikov O. Olimjonov moliya


ma’lum bir tizimga kelti-rilgan va



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

ma’lum bir tizimga kelti-rilgan va 
o’rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan davlat byudjeti 
daromadlari va 
xarajatlarining bir xil belgilari bo’yicha ilmiy 
asoslangan 
iqtisodiy 
guruhlanishidavlat 
byudjeti 
tasnifi 
(klassifika-tsiyasi) deyiladi. 
Odatda, davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida daromadlar 
bo’yicha ularning manbalari, xarajatlar bo’yicha esa mablag’larning 
maqsadli sarflanish yo’nalishlari yotadi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi o’zining keng yo’nalishi bilan 
ajralib turadi. Uning bo’linmalariga qat’iy rioya etgan holda davlat 
byudjeti 
rejalashtirilishi 
amalga 
oshiriladi, 
davlat 
byudjeti 
tashkilotlarining individual va umumiy hamda yig’ma tarmoq 
smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va davlat byudjetining ishlab 
chiqilishi amalga oshiriladi. 
Davlat byudjetiningmamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish 
rejalari, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori
tashkilotlarini moliyaviy rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir 
turdagi davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlari va alohida 
ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ij-timoiy- 
madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini 
aniqlashda davlat byudjeti klassi-fikatsiyasi muhim rol 
o’ynaydi. 
Davlat 
byudjeti 
ijrosi 
jarayonida 
ham 
davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiq-langan 
davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilot-larining xarajatlar 
smetasida 
ko’zda 
tuzilgan 
tadbirlar-ning 
maqsadli 
moliyalashtirilishini ta’min-lashda u zaruriy shart hisoblanadi. Davlat 
byudjeti klassifi-katsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat byudjeti 


tash-kilotlarida 
va 
boshqa 
muassasalarda 
davlat 
byudjeti 
daromadlari 
va 
xarajatlarining 
sintetik 
va 
analitik 
hisobi 
yagonaligining asosini tashkil etadi. U 
O‘zbekiston Respublikasi 
davlat byudjetining ijrosi 
to’g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun ham 
zarurdir. 
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining 
daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini 
qoplash manbalarini guruh-
lashdan iborat bo’lib, davlat byudjeti 
tizimi byudjet-larini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlash-tirish 
uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga 
muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
tomonidan tas-diqlanadi
91

Davlat byudjeti tasnifining asosiy printsiplari to’liqlik, yagonalik 
va o’zaro muvofiqlikdan iboratdir
92

Davlat byudjeti tasnifining to’liqlik printsipi dav-lat byudjeti 
jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi. 
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik printsipi dav-lat byudjeti 
jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat byudjeti 
tasnifi qo’llanilishini anglatadi. 
Davlat byudjeti tasnifining o’zaro muvofiqligi printsipi davlat 
byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida davlat byudjeti 
jarayonining 
turli 
xil 
operatsiyalarini 
hisobga 
olish 
uchun 
qo’llanilmasligini anglatadi. 
Davlat 
byudjeti 
klassifikatsiyasi 
(tasnifi)da 
belgi-langan 
daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va 
ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat 
byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga 
ham egadirki, bu 
uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni 
tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga 
oshirilishi 
orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu narsa orqali 
ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan 
so’ng barcha xo’jalik 
yurituvchi su
b’yektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti 
daromadlari tushumining to’liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan 
byudjetdagi klassifika-tsiyaning 
bo’linmalariga muvofiq ravishda 
xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti 
klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va 
uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir. 
91
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 
18 modda
: T.: 
“Adolat”, 2014 y. - 
9-b.


92
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 
20 modda
: T.: 
“Adolat”, 2014 y. - 
9-b.


Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’lgan-ligi va 
uning ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aniq va 
to’liq bajarishga majbur bo’lganligi uchun davlat byudjeti 
klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi. 
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o’z ichiga quyidagilarni 
oladi
93


davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini; 

davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini; 

Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifini 
o’z ichiga oladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi 
tuzilmasi quyidagilardan iborat
94


davlat byudjeti tizimi byudjetl
ari mablag’larining manbalari va 
darajalari tasnifi; 

daromadlarning turlari; 

tashkiliy tasnif; 

hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va 
darajalari 
tasnifi 
kelib 
tushayotgan 
daromadlarning 
tegishli 
mablag’lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga 
mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Daromadlarning turi bo’lim, 
paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo’limi daromad- 
larni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. 
Daromadla
r paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni, 
shuningdek soliq bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi 
bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Daromad tipi davlat byudjeti 
tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo’ladi. Tashkiliy 
tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni 
ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini 
identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. Hududiy tasnif kelib 
tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan 
yoxud o
’tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka 
mansubligini identi-fikatsiyalash maqsadida 
qo’llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat 
byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va 
ularn
ing yo’nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari 
xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat
95

93
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 
19 modda
: T.: “Adolat”, 2014 y. - 
9-b. 
94
“O‘zbekiston 


Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 
21 modda
: T.: 
“Adolat”, 2014 y. - 
9-b. 
95
“O‘zbekiston Respublikasining 
Davlat byudjeti kodeksi” 
22 modda
: T.: “Adolat”, 2014 y. - 
9-b.



davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va 
darajalari tasnifi; 

vazifa jihatidan tasnif; 

tashkiliy tasnif; 

iqtisodiy tasnif; 

hududiy tasnif. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va 
darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli 
mablag’lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini 
aniqlash uchun qo’llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi 
davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag’lar yo’nalishini aks 
ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi 
d
avlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar 
bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi 
xarajatlarni iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi. 
Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti 
mablag’lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka 
mansubligini aniqlash maqsadida 
qo’llaniladi. 
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha 
xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi
96

birinchi guruh 
— ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar, 
kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy 
yordam; 
ikkinchi guruh 
— ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar; 
uchinchi guruh 
— kapital qo’yilmalar (rivojlanish davlat 
dasturlarida 
nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga 
muvofiq); 
to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar. 
Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar davlat byudjeti 
tasnifiga muvofiq belgilanadi. 
Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirish manbalari 
klassifikatsiyasi (tasnifi) defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirishning 
ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin