ma’lum bir tizimga kelti-rilgan va
o’rnatilgan tartibda kod (shifr)lashtirilgan davlat byudjeti
daromadlari va
xarajatlarining bir xil belgilari bo’yicha ilmiy
asoslangan
iqtisodiy
guruhlanishidavlat
byudjeti
tasnifi
(klassifika-tsiyasi) deyiladi.
Odatda, davlat byudjeti klassifikatsiyasining asosida daromadlar
bo’yicha ularning manbalari, xarajatlar bo’yicha esa mablag’larning
maqsadli sarflanish yo’nalishlari yotadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi o’zining keng yo’nalishi bilan
ajralib turadi. Uning bo’linmalariga qat’iy rioya etgan holda davlat
byudjeti
rejalashtirilishi
amalga
oshiriladi,
davlat
byudjeti
tashkilotlarining individual va umumiy hamda yig’ma tarmoq
smetalari tuziladi, mahalliy, respublika va davlat byudjetining ishlab
chiqilishi amalga oshiriladi.
Davlat byudjetiningmamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish
rejalari, xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va ularning yuqori
tashkilotlarini moliyaviy rejalari bilan bog’liqligini ta’minlashda, bir
turdagi davlat byudjeti tashkilotlarining xarajatlari va alohida
ma’muriy-hududiy birliklarning byudjetlarini taqqoslashda, ij-timoiy-
madaniy xarakterdagi u yoki bu ehtiyojlarning qondirilish darajasini
aniqlashda davlat byudjeti klassi-fikatsiyasi muhim rol
o’ynaydi.
Davlat
byudjeti
ijrosi
jarayonida
ham
davlat
byudjeti
klassifikatsiyasi (tasnifi) alohida ahamiyatga ega. Tasdiq-langan
davlat byudjeti va davlat byudjeti tashkilot-larining xarajatlar
smetasida
ko’zda
tuzilgan
tadbirlar-ning
maqsadli
moliyalashtirilishini ta’min-lashda u zaruriy shart hisoblanadi. Davlat
byudjeti klassifi-katsiyasi (tasnifi) moliya organlarida, davlat byudjeti
tash-kilotlarida
va
boshqa
muassasalarda
davlat
byudjeti
daromadlari
va
xarajatlarining
sintetik
va
analitik
hisobi
yagonaligining asosini tashkil etadi. U
O‘zbekiston Respublikasi
davlat byudjetining ijrosi
to’g’risidagi hisobotni tayyorlash uchun ham
zarurdir.
Davlat byudjeti tasnifi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining
daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini
qoplash manbalarini guruh-
lashdan iborat bo’lib, davlat byudjeti
tizimi byudjet-larini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlash-tirish
uchun foydalaniladi. Davlat byudjeti tasnifi xalqaro tasnif tizimlariga
muvofiq ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tas-diqlanadi
91
.
Davlat byudjeti tasnifining asosiy printsiplari to’liqlik, yagonalik
va o’zaro muvofiqlikdan iboratdir
92
.
Davlat byudjeti tasnifining to’liqlik printsipi dav-lat byudjeti
jarayonining barcha ishtirokchilari qamrab olinishini nazarda tutadi.
Davlat byudjeti tasnifining yagonalik printsipi dav-lat byudjeti
jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan yagona davlat byudjeti
tasnifi qo’llanilishini anglatadi.
Davlat byudjeti tasnifining o’zaro muvofiqligi printsipi davlat
byudjeti tasnifining kodlari bir vaqtning o’zida davlat byudjeti
jarayonining
turli
xil
operatsiyalarini
hisobga
olish
uchun
qo’llanilmasligini anglatadi.
Davlat
byudjeti
klassifikatsiyasi
(tasnifi)da
belgi-langan
daromadlar va xarajatlarning iqtisodiy guruhlanishi byudjetni tuzish va
ijro etish hamda uning resurslaridan foydalanishda moliya-davlat
byudjeti intizomiga rioya etilishini nazorat qilishga imkon beradi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) tashkiliy ahamiyatga
ham egadirki, bu
uning bo’linmalariga muvofiq ravishda byudjetni
tuzish va ijrosini ta’minlash borasida katta ishlarning amalga
oshirilishi
orqali namoyon bo’ladi. Bu yana shu narsa orqali
ifodalanadiki, davlat byudjeti tasdiqlanganidan
so’ng barcha xo’jalik
yurituvchi su
b’yektlar va ularning yuqori organlari davlat byudjeti
daromadlari tushumining to’liqligini ta’minlashga va tasdiqlangan
byudjetdagi klassifika-tsiyaning
bo’linmalariga muvofiq ravishda
xarajatlarni amalga oshirishga majburdirlar. Demak, davlat byudjeti
klassifikatsiyasining tashkiliy ahamiyati byudjetni rejalashtirish va
uning ijrosini ta’minlashga bir xilda tegishlidir.
91
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
18 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
92
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
20 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
Tasdiqlangan davlat byudjeti qonun kuchiga ega bo’lgan-ligi va
uning ko’rsatkichlarini barcha xo’jalik yurituvchi sub’yektlar aniq va
to’liq bajarishga majbur bo’lganligi uchun davlat byudjeti
klassifikatsiyasi huquqiy ahamiyat ham kasb etadi.
Davlat byudjeti klassifikatsiyasi (tasnifi) o’z ichiga quyidagilarni
oladi
93
:
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;
Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi)ni qoplash manbalari tasnifini
o’z ichiga oladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi
tuzilmasi quyidagilardan iborat
94
:
davlat byudjeti tizimi byudjetl
ari mablag’larining manbalari va
darajalari tasnifi;
daromadlarning turlari;
tashkiliy tasnif;
hududiy tasnif.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va
darajalari
tasnifi
kelib
tushayotgan
daromadlarning
tegishli
mablag’lar manbalariga va ushbu byudjetlar darajalariga
mansubligini aniqlash uchun qo’llaniladi. Daromadlarning turi bo’lim,
paragraf va daromad tipidan iboratdir. Daromadlar bo’limi daromad-
larni ularni olish manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Daromadla
r paragrafi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni,
shuningdek soliq bo’lmagan to’lovlarni ularni undirish bazasi
bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Daromad tipi davlat byudjeti
tizimi byudjetlari daromadining aniq turidan iborat bo’ladi. Tashkiliy
tasnif kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni
ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga mansubligini
identifikatsiyalash maqsadida qo’llaniladi. Hududiy tasnif kelib
tushayotgan daromadlarning ushbu daromadlar shakllantirilayotgan
yoxud o
’tkazib berilayotgan tegishli ma’muriy-hududiy birlikka
mansubligini identi-fikatsiyalash maqsadida
qo’llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifi davlat
byudjeti tizimi byudjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo’ladi va
ularn
ing yo’nalishini aks ettiradi. Davlat byudjeti tizimi byudjetlari
xarajatlari tasnifining tuzilmasi quyidagilardan iborat
95
:
93
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
19 modda
: T.: “Adolat”, 2014 y. -
9-b.
94
“O‘zbekiston
Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
21 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
95
“O‘zbekiston Respublikasining
Davlat byudjeti kodeksi”
22 modda
: T.: “Adolat”, 2014 y. -
9-b.
davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va
darajalari tasnifi;
vazifa jihatidan tasnif;
tashkiliy tasnif;
iqtisodiy tasnif;
hududiy tasnif.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va
darajalari tasnifi amalga oshirilayotgan xarajatlarning tegishli
mablag’lar manbalari va byudjetlar darajalariga mansubligini
aniqlash uchun qo’llaniladi. Xarajatlarning vazifa jihatidan tasnifi
davlat funksiyalarini bajarish uchun mablag’lar yo’nalishini aks
ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdir. Xarajatlarning tashkiliy tasnifi
d
avlat byudjeti tizimi byudjetlarining mablag’larini taqsimlovchilar
bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi. Xarajatlarning iqtisodiy tasnifi
xarajatlarni iqtisodiy yo’nalishiga ko’ra kodlashdan iborat bo’ladi.
Hududiy tasnif davlat byudjeti tashkilotlarining va davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilarning tegishli ma’muriy-hududiy birlikka
mansubligini aniqlash maqsadida
qo’llaniladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining iqtisodiy belgilar bo’yicha
xarajatlari quyidagi xarajatlar guruhlarini o’z ichiga oladi
96
:
birinchi guruh
— ish haqi, pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar,
kompensatsiya to’lovlari va kam ta’minlangan oilalarga moddiy
yordam;
ikkinchi guruh
— ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
uchinchi guruh
— kapital qo’yilmalar (rivojlanish davlat
dasturlarida
nazarda tutilgan aniq yo’naltirilgan ro’yxatlarga
muvofiq);
to’rtinchi guruh — boshqa xarajatlar.
Xarajatlar guruhlari bo’yicha aniq moddalar davlat byudjeti
tasnifiga muvofiq belgilanadi.
Davlat byudjeti defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirish manbalari
klassifikatsiyasi (tasnifi) defitsiti (taqchilligi) ni moliyalashtirishning
ichki va tashqi manbalari bo’yicha guruhlashdan iborat bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |