19-bob. Davlat byudjeti tizimi va byudjet tuzilmasi85
19.1.
Davlat byudjeti tizimi: ta’rifi, printsiplari, boshqarish
sohasidagi vakolatlar
Turli darajadagi byudjetlar va davlat byudjeti mablag’lari
oluvchilar yig’indisini, byudjetlarni tashkil etishni va tuzish
printsiplarini ifodalaydigan, davlat byudjeti jarayonida ular
o’rtasida, shuningdek, byudjetlar hamda davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar o’rtasida vujudga keladigan o’zaro
munosabatlar majmui davlat byudjeti tizimi deyiladi.
Ko’pchilik
hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti tizimi deyilganda esa
mamlakatdagi mavjud byudjetlar to’plami (majmui) tushuniladi.
Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining
tarkibiy qismi bo’lib, uning ma’lum bir qismini o’zida ifoda etadi. Shu
ma’noda, davlat byudjeti tizimi davlat byudjetiningo’zaro bog’liqlikda
bo’lgan bo’g’inlarining o’zaro yig’indisidan iboratdir. Mamlakatning
davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy tuzilishiga, davlatning
iqtisodiy tizimiga va uning ma’muriy-hududiy bo’linishiga bevosita
bog’liq.
U yoki bu mamlakatning davlat byudjeti tizimi ikki yoki uch
bo’g’inli bo’lishi mumkin. Unitar davlatlarda davlat byudjeti tizimi ikki
bo’g’indan (markaziy va mahalliy byudjetlar), federativ davlatlarda
esa uch bo’g’indan (markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari
va maha
lliy byudjetlar) iborat bo’lishi mumkin.
Davlat byudjeti tizimi ma’lum bir printsiplarga asoslanib tashkil
etiladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
“Byudjeti
kodeksi”da
mamlakatimiz davlat byudjeti tizimi shakllantirilishi va faoliyat
yuritishining printsiplari belgilab berilgan:
davlat byudjeti tizimining yagonaligi;
davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-
hududiy tuzilishiga muvofiqligi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va
o’zaro
bog’liqligi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish
va xarajatlarini rejalashtirish;
davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlari
mablag’laridan
foydalanishning aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi;
85
Darslikning 19-20-boblarini yozishda “O‘zbekiston Respublikasining
Byudjeti kodeksi” asos qilib olindi
.
Bu o’rinlarda “Byudjet tizimi” va
“Davlat byudjeti tizimi” iboralari bir xil tarzda talqin qilinadi.
davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlari
mablag’laridan
foydalanishning natijadorligi;
kassaning yagonaligi;
davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javob-garligi;
ochiqlik.
Davlat byudjeti tizimining yagonaligi printsipi huquqiy bazalar,
pul tizimi, davlat byudjeti hujjatlari shakllari, davlat byudjeti jarayoni
printsiplari,
davlat
byudjeti
qonunchiligini
buzganlik
uchun
sanktsiyalarning yagonaligi, mamlakat davlat byudjeti tizimi barcha
darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va davlat byudjeti
mablag’lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi bilan
belgilanadi.
Davlat byudjeti tizimining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-
hududiy tuzilishiga mu
vofiqligi har bitta ma’muriy-hududiy birlikning
o’z mustaqil byudjeti bo’lishi shartligi bilan izohlanadi. Ma’muriy –
hududiy birlik o’z byudjetini tashkil etish va uning mablag’laridan
foydala-
nishda muayyan vakolatlarga ega bo’ladi.
Davlat byudjeti tizim
i byudjetlarining balansliligi va o’zaro
bog’liqligi printsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti
mutlaqo balansli holda tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga
oshirilishi mo’ljallangan xarajatlar moliya yilida olinajak daromadlar
miqdoriga
teng bo’lishi kerak.
Byudjetlarning balansliligi printsipi byudjetda ko’zda tutilgan
xarajatlarning hajmi davlat byudjeti daromad-lari va uning defitsitini
moliyalashtirish manbalaridan tushadigan tushumlarning jami
hajmiga teng bo’lishi kerak-ligini bildiradi.
Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli
organlar davlat byudjeti defitsiti miqdorini minimallashtirish
masalasiga alohida e’tibor berishlari kerak.
Bundan tashqari, daromadlarni yig’ish va mablag’larni xarajat
qilishda byudjetlarning bir-
biriga bo’ysunadigan yuqori va quyi
zvenolari qat’iy o’zaro bog’liqlikda harakat qiladi.
Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi
byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va xarajatlarini rejalashtirish
o’ta muhim printsiplardan biri hisoblanadi. Daromadlarni prognoz
qilishning asosi bo’lib mamlakatni ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish
dasturlarining natural ko’rsatkichlari hisoblanadi. Ular bazasida
kelgusi davrda olinishi mumkin bo’lgan daromad-larning miqdorlari
prog
noz qilinadi. Xarajatlar ham o’z-o’zidan amalga oshirilmaydi,
balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida
byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha
prognoz qilinsa, xarajatlar yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning
aniq yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati printsipi davlat
byudjeti mablag’larini konkret oluvchilar ixtiyoriga ularning aniq
maqsadlarni moliyalash-tirilishi oldindan
belgilangan holda bo’lib
berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko’zda tutilgan mablag’lar
manzilliligini yoki yo’nalishini ko’zda tutil-magan maqsad-larga
o’zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat davlat
byudjeti qonunchiligini buzish hisob-lanadi
.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi printsipi
qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda mahalliy
o’zini o’zi boshqarish organ-larining mamlakat davlat byudjeti
tizimining tegishli darajalarida davlat byudjeti jarayonini mustaqil
amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu printsipning
amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat byudjeti
tizimining har bir darajasida byudjetlar daro-
madlarining o’z
manbalariga
egaligini,
byudjetlarning
tartibga
keltiruvchi
daromadlarini,
qonunchilikka
muvofiq
ravishda
tegishli
byudjetlarning daromadlarini shakllan-
tirish bo’yicha vakolatlarni,
davlat hokimiyat organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish
organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar
xarajatlarining
sarflanish yo’nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini
qonuniy biriktirilishini, byudjet to’g’risidagi qonunlarni ijro etish
jarayonida
olingan qo’shimcha daromadlar, davlat byudjeti
daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va davlat
byudjeti xarajatlari bo’yicha iqtisod qilingan summalarni olishning
mumkin emasligini, davlat byudjeti to’g’risidagi qonunlarning ijro
etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo’qotmalar va
qo’shimcha xarajatlarni davlat byudjeti tizimining boshqa daraja-lari
hisobidan kompensatsiya qilishga yo’l qo’ymas-likni (qonunchilikning
o’zgarishiga bog’liq holda vujudga kelgan holatlardan tashqari)
taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016 yilga qadar o’tgan davrda
mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida byudjetlarning mustaqilligi
printsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz berdi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanishning
natijadorligi printsipining mazmuni shundan iboratki, unga muvofiq
ravishda vakolatli organlar va davlat byudjet
i mablag’larini oluvchilar
byudjetlarni tuzish va
ularning ijrosini ta’minlashda, avvalo, ko’zda
tutilgan maqsadlarga erishishda mablag’larning kamroq hajmidan yoki
ma’lum bir hajmdagi mablag’lardan foyda-langan holda yuqori natijaga
erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak.
Kassaning
yagonaligi
printsipi
davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobva-rag’iga
kiritilishi va ularning xarajatlarini to’lash ushbu hisobvaraqdan
amalga oshirilishini anglatadi.
Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgar-ligi printsipi
davlat byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti
jarayonining har bir bos-
qichida o’z harakatlari uchun javobgar
bo’lishidan iboratdir.
Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik printsipi ochiq matbuotda
tasdiqlangan davlat byudjeti va uning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni,
albatta, e’lon qilinishini, davlat byudjeti ijrosi jarayonida
ma’lumotlarning to’liq va to’g’ri berilishini, davlat hokimiyati
qonunchilik organlari va ma
halliy o’zini o’zi boshqarish organlarining
qarorlariga oid boshqa ma’lumotlarni olish imkoniyatining
yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo’yicha qarorlarni ko’rib
chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati
qonunchi-lik organi ichida yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va
ijroiya organlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarni ifodalovchi
masalalar bo’yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot vositalari
uchun albatta, ochiq bo’lishini ko’zda tutadi. Bundan tashqari,
Davlat byudj
eti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi
to’g’risidagi axborot Moliya vazir-ligining rasmiy veb-saytida ham
joylashtirilishi va yangilanib borishi kerak.
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respub-lika byudjeti
tarkibida amalga oshiriladi.
Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli
hokimiyat
organlari
alohida
vakolatlarga
egadir.
Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti
tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat
86
:
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari,
shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosa-
tining asosiy yo’nalishlari
loyihalarini
ishlab
chiqish
jarayonini
tashkil
etadi
hamda
muvofiqlashtirib boradi;
Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlari,
shuningdek soliq va davlat byudjeti siyosa-
tining asosiy yo’nalishlari
loyihalarini ko’rib chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun
O‘zbekiston Respub-likasi Hisob palatasiga yuboradi;
86
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
25 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
byudjetnomani O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli-sining
palatalariga taqdim etadi;
davlat boshqaruvi organlarining Davlat byudjetini va davlat
maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ijro etish borasidagi faoliyatini
muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib
chiqadi;
o’tgan moliya yili uchun Davlat byudjetining va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risi-dagi hisobotlarni tashqi
audit o’tkazish hamda baholash uchun O‘zbekiston Respublikasi
Hisob palatasiga yuboradi;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni
tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasiga taqdim etadi;
Qonunchilikda
nazarda
tutilgan
holatlarda
moliya
yili
mobaynida Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’ar-malari
byudjetlari parametrlariga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni
ko’rib chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining qo’shimcha
manbalaridan
foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg’armasi mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul
qiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
qonun
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |