vakolatlari esa quyidagilardan iboratdir
88:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetini, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini, tumanlar va shaharlar
byudjetlarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
hokimlarining taqdimno-
masiga muvofiq ko’rib chiqadi va qabul
qiladi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shahar-lar byudjetlarining
tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni tegishincha
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent
shahar,
tumanlar
va
shaharlar
hokimlarining
taqdimnomasiga muvofiq har chorakda ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi;
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning stavkalarini
qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilaydi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
Kengashlari qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida
boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi va joylardagi davlat
hokimiyat organlari ham davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida
bir nech
a vakolatlarga ega. Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi
88
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
27 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik organlari uchun bu
borada quyidagi vako-latlar xosdir
89
:
tegishli davlat byudjeti loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish
jarayonini tashkil etadi hamda muvofiq-lashtirib boradi;
davlat byudjeti so’rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning
loyihalarini tuzish to’g’risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash
tartibi va muddatlarini belgilaydi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tuman-lar va shaharlar
byudjetlari loyihalarini tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi
Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar,
tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko’rib chiqish va qabul qilish
uchun taqdim etadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesining, xalq
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
Kengashlarining qarorlariga muvofiq Qoraqalpo-
g’iston Respublikasi
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar
va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;
Moliya yili mobaynida Qoraqalp
og’iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet-lari, tumanlar va
shaharlar
byudjetlari
parametrlariga
o’zgartirishlar
kiritish
to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shahar-lar byudjetlarining
tegishli davrdagi ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga tasdiqlash
uchun taqdim etadi;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlariga tushumlar to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan
nazoratni tashkil etadi;
davlat byudjeti mablag’larining maqsadli sarfla-nishi ustidan
nazoratni tashkil etadi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning,
viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar
byudjetining, tumanlar va shaharlar byudjetlarining qo’shimcha
manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi;
qonun
hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo’yicha
belgilangan stavkalarga pasaytiruvchi va oshib boruvchi
89
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
28 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
koeffitsientlarni kiritish
to’g’risida hududlarning faoliyatni amalga
oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul
qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjeti-ning,
viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining,
tumanlar
va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari
mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokim-lari qonun
hujjatlariga muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni
ham amalga oshirishi mumkin.
O‘z navbatida, mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarishda
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi muhim rol o’ynab, u bu
sohada quyidagi vakolatlarga egadir
90
:
Davlat byudjeti hamda soliq va davlat byudjeti siyo-satining
asosiy yo’nalishlari loyihalarini tayyor-laydi;
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyiha-larini ko’rib
chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga byud-jetnoma
loyihasini ko’rib chiqish uchun taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi va Davlat
bojxona qo’mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
daromadlari prognozini har chorakda etkazadi;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarga va davlat
maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organ-larga ular uchun
nazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmlarini
etkazadi;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilarning xarajatlar
smetalari va jamlanma xarajatlar smetalari, shtat jadvallarini,
shuningdek
ular
ga kiritilgan o’zgartirishlarni ro’yxatdan
o’tkazadi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetining xara-jatlari
yoyilmasiga moliya yili mobaynida o’zgarti-rishlar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat
byudjeti, O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti va
davlat maqsadli jamg’armalari byudjet-lari parametrlariga
o’zgartirishlar kiritish bo’yicha takliflar taqdim etadi;
90
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
29 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
Moliya yili mobaynida Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining
Qoraqalpog’iston Respublikasi byud-jeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjet-larining tasdiqlangan parametrlariga
o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarini ko’rib chiqadi;
soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ularning man-balari
kesimida to’liq va o’z vaqtida tushishi ustidan monitoringni
amalga oshiradi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining
mablag’laridan maqsadli
foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobotlar,
shuningdek davlat byudjeti tashkilotlari hamda davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilarning moliyaviy hisobotlari shakllarini va
ularni taqdim etish tartibini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat
byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjet-larining
tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida hisobot taqdim etadi;
byudjetdan tashqari maxsus hisobvaraqlarda zaxiralar tashkil
etadi;
Davlat byudjetini ijro etish jarayonida unga tushum-larni
ko’paytirish bo’yicha qo’shimcha zaxiralarni aniq-laydi;
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat by
udjeti mablag’lari
oluvchilarning xarajatlarini maqbullash-tirishni amalga oshiradi;
davlat byudjeti ssudalarini beradi;
davlat tomonidan mablag’lar jalb qilish bo’yicha O‘zbe-kiston
Respublikasining
shartnomalari
va
davlat
kafolatlarini
ro’yxatdan o’tkazadi;
davlat qarzining hisobini va monitoringini yuritadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining kassa ijro-sini yuritadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining Yagona g’azna
hisobvarag’idagi
va
boshqa
bank
hisobvaraqlaridagi
mablag’larini boshqaradi;
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mab-
lag’lari
oluvchilarning
tovarlarni
(ishlarni,
xizmat-larni)
etkazib
beruvchilar bilan tuzilgan shartno-
malarini ro’yxatdan o’tkazadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlarida mablag’lar nazarda tutilgan
yuri
dik yoki jismoniy shaxslar nomidan va ularning topshirig’iga
ko’ra to’lovlarni amalga oshiradi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari ijrosining davlat byudjeti
hisobini yuritadi va davlat byudjeti hisobotini qabul qiladi;
davlat qarzi bo’yicha
xizmat ko’rsatadi, O‘zbekiston
Respublikasining davlat kafolatlarini bajaradi;
O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan insonparvarlik yordami
hamda texnik ko’maklashish mablag’lari hisobini yuritadi;
davlat byudjeti tizimi byudjetlari daromadlari va xarajatlarining
balansliligiga ta’sir ko’rsatuvchi normativ-huquqiy hujjatlarni
moliyaviy hamda iqtisodiy ekspertizadan
o’tkazadi;
o’z vakolatiga kiradigan masalalarga doir normativ-huquqiy
hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qonun hujjatlariga
muvofiq davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |