muhofaza qilish faoliyati va davlat xavfsizligini ta’minlash bo’limi
orqali moliyalash-tiriladi. Bu xarajatlarni rejalashtirish va moliyalash-
tirish smeta tartibida amalga oshiriladi.
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlar byudjetda, asosan, Qurolli
Kuchlar faxriylari va ularning oilalariga to’lanadigan pensiya va
nafaqalardan iborat. Bu xarajatlar davlat byudjetiningijtimoiy himoya
bo’limi bo’yicha moliyalash-tiriladi.
5. Davlat byudjetiningboshqaruv xarajatlari quyidagi guruh-
lardagi xarajatlardan iborat:
huquq-tartibot organlari, sudlar va prokuratura organlarini
saqlash xarajatlari;
davlat hokimiyat organlarini saqlash xarajatlari. Prezdent
Devoni, Vazirlar Mahkamasi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik
palatasi,
Konstitutsiyaviy
sud,
vazirliklar, mahalliy o’zini-o’zi
boshqarish organlari, diplomatik muassasalar va boshqa idoralarni
saqlash xarajatlari;
saylovlar va
referendumlarni o’tkazish xarajatlari. Bular
deputatlar, Prezident, mahalla oqsoqollarini saylash, referendumlar
o’tkazish xarajatlaridan iborat.
Boshqaruv xarajatlarini rejalashtirish va moliyalash-tirish ijtimoiy
ehtiyoj xarajatlari bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: