Davlat byudjeti me’yorlari (normalari).
Davlat
byudjeti
mablag’larini sarf qilishning asosiy printsipi ularning mo’ljallanganligi
va vaqt bo’yicha qat’iy tartibga solinganligidir. Tashkilot pul
mablag’laridan smetada ko’zda tutilmagan maqsadlar uchun
foydalanish huquqiga ega emas. Davlat byudjeti tashkiloti
smetasining
xarajatlari
ularning ro’yxatini o’z ichiga olib, tarkibiga
quyidagilar kiradi:
xodimlarning mehnat haqini
to’lash;
davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalariga badallar;
aholiga transfertlar (qonunga muvofiq
ravishda belgilangan
pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar, kompen-satsiyalar va boshqa
ijtimoiy
to’lovlar);
xizmat safari xarajatlari va
xodimlarga berilgan boshqa
kompensatsion
to’lovlar;
sotib olinishi kerak bo’lgan tovarlar, bajarilishi lozim bo’lgan ishlar
va ko’rsatilajak xizmatlarga haq to’lash.
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar aniq ehtiyojni qondirish o’lchovi
sifatida pul
mablag’larining ma’lum summasida ifodalangan xarajatlar
me’yori (normasi) asosida amalga oshiriladi. Amaliyotda pulli
me’yorlarning har xil turlaridan foydalaniladi:
moddiy boyliklardan foydalanishning natural
ko’rsatkichlariga
asoslangan normalar (ovqatlanish, tibbiyot uskunalari, dori-darmonlarni
sotib olish, yumshoq inven-tarlar va h.k.lar xarajatlari normasi).
Bunday normalar moddiy normalarning puldagi ifodasini namoyon
etadi;
umumlashtirilgan yakka tartibdagi to’lovlar –
ish haqi,
pensiyalar, stipendiyalar, xizmat safari xarajatlari va boshqalar;
o’tgan davrlarda mablag’larning sarflanish ko’rsatkich-larini
umumlashtirish asosida tajriba-statistika usuli yordamida va davlat
byudjetiningimkoniyatlarini hisobga olgan
holda vujudga keltirilgan
normalar.
O‘zining murakkablik darajasiga qarab, davlat byudjeti me’yorlari
ikkiga bo’linadi:
1)
oddiy me’yorlar (xarajatlarning oddiy yoki aniq turiga tegishli
bo’lgan me’yorlar);
2)
kombinatsiyalashtirilgan yoki yiriklashtirilgan me’yorlar (bir
necha xarajatlar turlarini qamrab oladigan, alohida bir xarajatlar
moddasini va o’xshash xarajatlar moddalarini shakllantiradigan yoki
muassasaning barcha xarajatlarini qamrab oladigan
me’yorlar).
Hozirgi sharoitda ijtimoiy soha tashkilotlarining
barcha turdagi
xarajatlarini qamrab oladigan yiriklash-
tirilgan me’yorlar muhim
ahamiyat kasb etmoqda. Bunday normalardan foydalanish
muassasalar ishini yuqori yakuniy nat
ijalarga erishishga yo’naltiradi:
bolalarni o’qitish,
mutaxassislarni tayyorlash, bemorlarga yordam
ko’rsatish va h.k. Bundan tashqari, yiriklashtirilgan normalarning
qo’lla-nilishi
turli
xarajatlar
yo’nalishida
davlat
byudjeti
mablag’laridan foydalanish bo’yicha tashkilotlarning
mustaqilligini
kengaytiradi va resurslardan oqilona va tejamli foydalanishda
ularning manfaatdorligini kuchaytiradi.
Davlat byudjeti normalari juda ko’p omillar ta’siri ostida o’zgarib
turishi mumkin. Masalan, baho va tariflar tizi
mining o’zgarishi, milliy
xo’jalikda ish haqining o’sishi, mahalliy byudjetlarda xarajatlarni
moliyalashtirish bo’yicha qo’shimcha imkoniyatlarning paydo bo’lishi
kabi omillar me’yorlarning miqdoriga ta’sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: