“netto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish .
Pul
mablag’larini taqdim etishning bu usuli shu bilan xarakterlanadiki,
unga ko’ra davlat byudjeti mablag’lari tasdiqlangan byudjetda ko’zda
tutilgan xarajatlarning cheklangan bir qismiga ajratiladi;
“brutto-byudjet” tizimi bo’yicha moliyalashtirish . Bu usul
byudjetdan
to’liq moliyalashtiriladigan korxona va tashkilotlar uchun
qo’llaniladi. Davlat byudjeti mablag’lari bu holda davlat byudjeti
tashkilotini joriy saqlash va uning faoliyatini kengaytirish bilan bog’liq
bo’lgan xarajat-larning barcha turlari uchun ajratiladi.
Pul mablag’larini taqdim etishning yuqorida keltirilgan usullari
byudjetdan moliyalashtirishning quyidagi shakllari yordamida
amalga oshiriladi:
davlat byudjeti tashkilotini saqlash uchun
mablag’lar;
davlat va
mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining
shartnomalari
bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
bajarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlarni to’lash uchun mablag’lar;
aholiga transfertlar;
jismoniy va yuridik shaxslarga subventsiya va subsi-diyalar;
quyi
byudjetlarga
va
davlatning
byudjetdan
tashqari
jamg’armalariga dotatsiya, subventsiya va subsidiyalar;
harakatdagi (amaldagi) yoki yangidan tashkil etilayotgan
yuridik shaxslar ustav kapitaliga investitsiyalar;
narxlardagi farqni qoplash.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirish, yuridik nuqtai nazardan,
quyidagi ikki k
o’rinishda amalga oshiriladi:
1)
xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalash-tirish;
2)
xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudje-tidan va
mahalliy byudjetlardan moliyalashtirish.