noishlab chiqarish maqsadlariga mo’ljal-langan asosiy fondlarning
yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirish uchun pul
mablag’larini taqdim etishga kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish
deyiladi. Davlat byudjeti resurslari cheklanganligi uchun ular
investitsiyalarning cheklangan doirasiga, ya’ni maqsadli dasturlarga
kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori bo’yicha amalga
oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning
muhim yo’nalishi
yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar
berishdir. Bu ko’rinishdagi davlat byudjeti mablag’lari davlat, mahalliy
o’z-o’zini boshqarish organlari va xususiy korxonalarning turli joriy
xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana shunday
xarajatlarning asosiy qismi yoqilg’i-energetika sanoati, agrosanoat
kompleksi, uy-
joy kommunal xo’jaligi, shahar transporti va
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo’nal-tiriladi.
Davlat byudjetining ijtimoiy ehtiyojlarga mo’ljal-langan xarajatlari
davlat tomonidan ijtimoiy funksiya-ning bajari
lishi bilan bog’liq. Bu
xarajatlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
maorif;
madaniyat, san’at va kinematografiya;
ommaviy axborot vositalari;
sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
ijtimoiy siyosat.
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish printsiplari
asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning
turlari bo’yicha moliyalash-tiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o’zaro
bog’liq bo’lgan ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta
va
moliya organlarida tuzilgan mablag’lar hisob-kitobi asosida
aniqlanadi.
Hisob-
kitoblar
asosida
xizmat
ko’rsatiladigan
kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko’rsatkichlari
(masalan, o’quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda
ularning yil davomida faoliyat ko’rsatish vaqti ham hisobga olinadi. Bu
ko’rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo’lib xizmat qiladi. Hisob-kitob
birligiga to’g’ri keluvchi pulli xarajat davlat byudjeti tashkilotining
f
aoliyat ko’rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo’yicha
o’rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: