Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar
amalga oshiriladi
78
:
1)
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
xarajatlari, shu jumladan:
78
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
72 modda
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
tumanlar (shaharlar) xalq ta’limi bo’limlari va maktabgacha
ta’lim bo’limlarini, shuningdek ular tasar-rufidagi maktabgacha ta’lim,
umumiy o’rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini
saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar
byudjet-
laridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi
tadbirlar xarajatlari;
tuman tibbiyot birlashmalari, tuman markaziy poliklinikalari va
koykasiz dispanserlar, tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari
tasarrufidagi
davolash-profilaktika
muassasalari,
oilaviy
poliklinikalar, qishloq vrachlik punktlarini saqlab turish xarajatlari;
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning
sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
tumanlar (shaharlar) madaniyat bo’limlari tasarru-fidagi
madaniyat muassasalarini, tumanlar (shaharlar) jismoniy tarbiya va
sport bo’limlari tasarrufidagi jismoniy tarbiya va sport muassasalarini
saqlab turish, shuningdek madaniyatni, jismoniy tarbiya va sportni,
bolalar musiqa va san’at maktablarini rivojlantirishga doir maqsadli
tadbirlar xarajatlari;
uyda ijtimoiy yordam ko’rsatish, Chernobil AES halokati
oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro
ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan pensiya yoshidagi shaxslarni
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
tumanlar
va
shaharlar
davlat
veterinariya
bo’lim-lari,
laboratoriyalarni saqlab turish;
shaharlar
va
boshqa
aholi
punktlaridagi
ko’chalarni,
shuningdek xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini ta’mirlash;
uy-joy-
kommunal xo’jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib
borish;
aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3)
tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo’limlarini
saqlab turish xarajatlari;
4)
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish
xarajatlari;
5)
tumanlar va shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalarini
shakllantirish xarajatlari;
6) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjat-larida
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashti-rilishi nazarda
tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlar-ning xarajatlari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning
daromadlari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik
xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va
ularning bir-
biriga o’zaro ta’sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir
tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti xarajatlarining hajmi
davlat byudjeti daromadlarining miqdori bilan cheklanadi. O‘z
navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning
iqtisodiy imkoniyatlari darajasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham
bu yerda davlat byudjeti xarajatlarining shunday hajmini va milliy
xo’jalikda pul fondlarini shakllantirishda davlat byudjeti mablag’la-
ridan foydalanishning shunday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular
minimal xarajatlar qilib, maksimal samaraga erishish orqali davlat
oldidagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini
ta’minlasin. Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’si-shiga
ijobiy ta’sir qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va milliy
xo’jalikdagi
nisbatlarni
optimallashtirish
orqali
davlat
byudjet
iningxarajatlari uning daromadlari darajasining ortishiga o’z
ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi
ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni
juda dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning
yakuniy natijasini baholab, faqat unga tegishli bo’lgan daro-
madlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish bilan
cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bu yerda, bir vaqtning o’zi-da,
jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muammolarning qay
darajada hal etilganligi ham nazardan chetda qolmasligi kerak.
Albatta, milliy xo’ja-likning yakuniy natijasi davlat byudjeti
xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga, davlat
byudjeti mablag’laridan to’g’ri, iqtisod qilib va samarali foydalanishga
bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat
byudjeti xarajatlarining ilmiy asoslangan holda rejalashtirilishiga,
davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan moliyaviy
nazoratning butu
n tizimiga alohida e’tibor berish lozim.
Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan
biri ham davlat byudjetining xarajat-laridir. Bu yerda, odatda,
moliyaviy tartibga solish deyilganda, milliy xo’jalikdagi oqilona
proportsiyalarni
ta’minlash maqsadida davlat byudjeti mablag’larini
tarmoqlar va hududlar bo’yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning
shakllari va usullari majmui tushuniladi. Milliy xo’jalikni moliyaviy
tartibga solishning ob’yektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan
x
arakterlanadigan uning murakkab organizmi bo’lgan turli qismlarida
moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlari-ning turli-chaligi bilan
izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini sarf qilish orqali davlat pul
mablag’larini taqsimlashda vujudga
kelgan
proportsiyalarni
o’zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning
(hududlarning) rivoj-lanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojla-
nishini rag’batlantirmasdan, milliy xo’jalikning rivojlanishini tartibga
solishi mumkin. Davlat byudjeti mab-
lag’larining katta qismini muhim
ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash
sekin-
astalik bilan chuqur sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishiga –
ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasining o’zgarishiga olib
keladi.
M
amlakatning milliy xo’jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish
davlat
byudjeti
daromadlarini
rejalash-tirish
va
byudjetdan
moliyalashtirish
jarayonlari
davomida
amalga
oshiriladi.
Rejalashtirish jarayonining o’zidayoq davlat byudjeti xarajatlarining
umumiy hajmi gorizon-taliga (tarmoq, vazirlik va maqsadli
kesimlarda) va vertikaliga (boshqaruvning turli darajalariga muvofiq
ravishda) taqsimlanib, iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarish-larning sodir
bo’lishi uchun tegishli sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliya-lashtirish
jarayonida esa davlat o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul
mablag’larini rejalash-tirilgan tadbirlar doirasida va undan tashqarida
keng manyovr qilish imkoniga ega bo’ladi. Mablag’larni aniq
taqsimlovchilarga davlat byudjeti kreditlarini ochish, davlat byudjeti
mablag’larini berish va ulardan samarali foydalanish ustidan nazorat
qilib, iqtisodiyotning rivojlanishi ustidan moliya organlari diqqat bilan
kuzatuvni amalga oshiradilar va zarur hollarda taqsimlanayotgan
davlat byudjeti mablag’larining nisbat-larini o’zgartiradilar.
Byudjetda daromadlarni xarajatlarning konkret turlari va
yo’nalishlari bo’yicha biriktirilishi printsipi bo’lmaganligi uchun bu
yerda davlat byudjeti resurslari bilan keng manyovr qilish va shunga
muvofiq ravishda davlatning ixtiyoriga kelib tushuvchi pul
mablag’laridan har qanday zarur yo’nalishda foydalanilishi mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi
davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy
xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda davlat byudjeti mexanizmi
orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning
ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va
uning tuzilmasi keyingi yillarda quyidagi
ma’lumotlar bilan
xarakterlanishi mumkin: O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti
xarajatlarining yarmidan ko’prog’ini (56,55%) ijtimoiy soha va aholini
ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash
xarajatlari
tashkil
etmoqda.
Bu
xarajatlarning tarkibida
asosiy o’rinni maorif (32,65%), sog’liqni
saqlash (11,82%) va oilalarga ijtimoiy nafaqalar (9,56%) egallamoqda.
Umumiy holda esa ana shu uch guruhdagi xarajatlar Davlat
byudjetidan ijti-moiy soha va aho
lini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga
mo’ljallangan mablag’larning 95,02%ga teng bo’lmoqda
79
.
Umuman olganda, davlat byudjetining bu guruhga kiruvchi
xarajatlari yosh avlodni tarbiyalash va ularga zamonaviy bilimlarni
berish, milliy xo’jalik uchun zarur bo’lgan yuqori malakali kadrlarni
tayyorlash, aholiga malakali tibbiyot xizmati ko’rsatish, ijtimoiy
sug’urta va ijtimoiy ta’mi-notni yanada yaxshilash, aholini ijtimoiy
jihatdan himoya qilish va uni har tomonlama qo’llab-quvvatlash
masala-
lariga O‘zbekistonda qanday e’tibor berila-yotganligini
yaqqol ko’rsatmoqda.
Iqtisodiyot xarajatlari va markazlashtirilgan investi-tsiyalarni
moliyalashtirish xarajatlari o’zlarining salmo-g’iga ko’ra O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetining xarajatlari tarkibiy tuzilmasida
keyingi o’rinni egallab, ularning har biriga, mos ravishda, davlat
byudjeti xarajatlarining 11,97% va 7,51% qismlari to’g’ri kela-yapti
80
.
Bu raqamlar davlat byudjeti mablag’lari hisobidan mamlakat
iqtisodiyotining barqaror o’sishini ta’minlash, uning tarkibiy
tuzilmasini takomillashtirish va
o’zgartirish, milliy xo’jalik sektorlarida
iqtisodiy
samaradorlikning
o’sishini
ta’minlash,
ilmiy-texnika
taraqqiyotining
o’sish sur’atlarini tezlashtirish, yagona texnikaviy
siyosatni yurgizishga jiddiy
e’tibor berilayotganligidan darak beradi.
Dostları ilə paylaş: |