O‘zbekiston Respublikasining respublika byudje-tidan
quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi
76
:
1) ijtimoiy soha va
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari,
shu jumladan:
maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, maktabdan
tashqari ta’lim, kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash muassasalari, bolalar uylari, ta’lim muassasalarini axborot-
uslubiy jihatdan ta’minlash muassasalari, vazirliklar va idoralar
tasarrufidagi
ta’lim muassasalari, boshqa yordamchi muassasalarni
saqlab turish, shuningdek qonun hujjatlarida
O‘zbekiston
76
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 70 modda: T.:
“Adolat”, 2014 y. - 9-b.
Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda
tutilgan ta’lim tizimi tadbirlarining xarajatlari;
respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi, OITSga qarshi
kurashish respublika markazi, Davlat sanitariya-epidemiologiya
nazorati, karantin va
o’ta xavfli infektsiyalar profilaktikasi, ilmiy-tadqiqot
institutlari va oliy
o’quv yurtlarining klinikalari, qon quyish xizmati va
sud-tibbiyot
ekspertizasi
respublika
muassasalari,
respu-blika
vazirliklari va idoralari tasarrufidagi boshqa davolash-profilaktika
muassasalari hamda yordamchi tashki-lotlarni saqlab turish,
shuningdek qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan moliya-lashtirilishi nazarda tutilgan xizmatlar
haqini to’lash xarajatlari;
qonun hujjatlariga muvofiq ayrim toifadagi fuqa-rolarga tibbiy
xizmatlar ko’rsatilganligi uchun respublika ixtisoslashtirilgan markazlari
xa
rajatlarining o’rnini qoplash (subsidiyalar);
qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqaro-larning
sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi madaniyat,
jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, tele- va
radiodasturlar yaratish hamda ularni tarqatishga doir xizmatlar
ta’minoti va ularga haq to’lash, hukumatning alohida qarorlariga ko’ra
ommaviy axborot vositalarini saqlab turish, kino- va videomahsulotlar
yaratish, mada
niy meros ob’ektlarida restavratsiya ishlarini bajarish,
tasdiqlangan kalendar rejalarga muvofiq madaniyat va sportni
rivojlantirish bo’yicha qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan maqsadli
tadbirlar xarajatlari;
fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsiya ishlarining davlat
ilmiy-texnik
dasturlari doirasida grantlar bo’yicha amalga oshiriladigan
ilmiy-texnik loyihalar, noyob ilmiy
ob’ektlarni va fanga xizmat
ko’rsatuvchi muassasalarni saqlab turish, ilmiy loyihalar ekspertizasini
o’tkazish
hamda
qonun
hujjatlariga
muvofiq
O‘zbekiston
Respublikasining respublika byudjeti hisobidan amalga oshiriladigan
fanga doir alohida tadbirlar xarajatlari;
davlat arxivlarini saqlab turish xarajatlari;
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda
mehnat faxriylari uchun pansionatlar va sanatoriylarni, aholini ijtimoiy
muhofaza qilish muassasalarini saqlab turish, shuningdek qonun
hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan
moliyalashtirilishi nazarda tutilgan, aholini ijtimoiy muhofaza qilishga
doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
davlat mukofotlari, davlat pul mukofotlari bilan taqdirlanganligi
munosabati bilan bir
yo’la beriladigan davlat pul mukofotlari va
mukofotlarini to’lash xara-jatlari;
bolalikdan nogironlarga va bola
tug’ilganda berila-digan
nafaqalarni, qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan
kompensatsiyalarni to’lash uchun vakolatli organga mablag’lar ajratish
xarajatlari;
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan
shaxslarni va radiatsiya-
yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o’tagan
pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash, ayrim
toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va
kompensatsiyalarni to’lash xarajatlari jamoat ishlarini moliyalashtirish;
2) davlat grantlari, subsidiyalar va ijtimoiy buyurtma shaklida
nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlari faoliyatini davlat tomo-
nidan qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
3) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
qishloq va suv
xo’jaligi sohasidagi respublika nazorat
organlarining xarajatlari, suv,
qishloq, o’rmon xo’jaligi xarajatlari,
qishloq xo’jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashish
muassasalarining xizmatlariga haq
to’lash va ularni saqlab turish
xarajatlari;
hosildorligi past erlarda davlat ehtiyojlari uchun
qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini etishtiruvchi fermer
xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-
quvvatlash xarajatlari;
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan
to’lanadigan yagona yer solig’i bo’yicha tushumlarga muvofiq
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar va O‘zbekiston Respu-blikasi
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sug’oriladigan erlarning meliorativ
holatin
i yaxshilash jamg’armasining har yili tasdiqlanadigan asosiy
parametrlari doirasida byudjetdan ajratiladigan maqsadli
mablag’lar;
qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining respublika
byudjetidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan standartlashtirish va
sertifikatlashtirish, topografiya-geodeziya, kartografiya va kadastr,
shuningdek geologiya qidiruv ishlari, davlat shaharsozlik kadastrini
yuritish xarajat-lari, chegaradosh davlatlarga haq evaziga yerdan
foydalanish to’lovi, gidrometeorologiya xizmati muassasalarini saqlab
turish xarajatlari;
atrof muhit va landshaftning muhofaza qilinishini, biologik xilma-
xillikning himoya qilinishini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlar;
«Sof ichimlik suvi» jamg’armasi orqali ichimlik suvi bilan
ta’minlash tizimini rivojlantirish bilan bog’liq xarajatlar.
4)
respublika vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari
buyurtmachi
bo’lgan
markazlashtirilgan
investitsiya-larni
moliyalashtirish xarajatlari;
5) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari, shu jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komis-siyasini;
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari
bo’yicha vakili (ombudsman) kotibiyatini;
qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasining res-publika
byudjeti mablag’laridan saqlab turilishi nazarda tutilgan davlat
boshqaruvi organlarini;
O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi muassasa-larini
saqlab turish xarajatlari;
adliya va prokuratura organlarini.
6) sudlarni saqlab turish xarajatlari;
7)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira
jamg’armasini shakllantirish xarajatlari;
8) boshqa xarajatlar:
siyosiy partiyalarga ularning ustavida belgilangan faoliyatini
moliyalashtirish uchun ajratiladigan
mablag’lar;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qo’shilgan qiymat
solig’ining o’rnini qoplash;
O‘zbekiston
Respublikasi
ishtirokchi
bo’lgan
xalqaro
tashkilotlarga a’zolik badallarini to’lash va ularni moliyalashtirishda
ishtirok etish xarajatlari;
davlat qarzi bo’yicha xizmat ko’rsatish va O‘zbekiston
Respublikasining
kafolatlangan majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq
xarajatlar;
davlat buyurtmasi bo’yicha statistika ishlariga haq to’lash;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiya-sining
saylovlar va
referendumlarga tayyorgarlik ko’rish hamda ularni
o’tkazish bo’yicha xarajatlari, shu jumladan okrug va uchastka saylov
komissiyalarini, siyosiy partiyalarni moliyalashtirish;
xo’jalik jamiyatlaridagi davlat ulushini boshqarish bo’yicha davlat
ishonchli vakillarining xizmatlariga haq
to’lash;
davlat zaxiralari va strategik zaxiralarni vujudga keltirish, saqlab
va
yangilab turish bilan bog’liq xarajatlar;
mudofaaga, jamoat tartibi va
xavfsizligini ta’minlashga, bojxona
organlariga ajratiladigan mablag’lar, shu jumladan harbiy xizmatni,
ichki
ishlar organlarida, bojxona organlarida xizmatni o’tagan shaxslar
hamda ularning oilalariga pensiyalar va nafaqalar uchun xarajatlar,
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq faoliyati O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudje-tidan
moliyalashtiriladigan
muassasalar, tashkilotlar va idoralarga ajratiladigan
mablag’lar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa xarajatlar.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan:
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va
Toshkent shahar
mahalliy byudjetlariga subventsiyalar, o’tkazib
beriladigan daromadlar dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar;
davlat maqsadli jamg’armalariga davlat byudjeti ssudalari va
dotatsiyalar;
yuridik shaxslarga davlat byudjeti ssudalari va kredit liniyalari
hamda chet davlatlarga kreditlar belgilangan tartibda ajratilishi
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |