Bahs-munozara yoki nazorat uchun savollar
Davlat byudjeti daromadlari deb nimaga aytiladi?
Nima uchun davlat byudjeti daromadlari oraliq xarakteriga
ega?
Davlat byudjeti daromadlari nima uchun zarur?
Davlat byudjeti daromadlari qanday jarayonda vujudga
keladigan iqtisodiy munosabatlarni o’zida ifoda etadi?
Davlat byudjeti daromadlari qanday organlarning ixtiyoriga
kelib tushadi?
Mamlakatlarning davlat tuzilishiga
bog’liq ravishda davlat
byudjeti daromadlari bir-biridan qanday farq qiladi?
Miqdoriy jihatdan qaysi tushuncha katta: davlat daromadlarimi
yoki davlat byudjeti daromadlari? Nima uchun?
Davlat
byudjeti
daromadlarining
moddiy-buyumlash-gan
shaklini nimalar tashkil etadi?
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy moddiy man-baini nima
tashkil etadi?
Davlatning ehtiyojlarini qondirishga milliy boylik ham jalb
etilishi mumkinmi? Qanday hollarda?
Milliy daromadning muayyan qismini davlat ixtiyoriga o’tkazish
qanday usullar yordamida amalga oshiriladi?
Davlat kreditiga qanday holatlar inobatga olingan holda
murojaat qilinadi?
Davlat kreditini olishning qanday ikki yo’li mavjud?
Qanday vaziyatlarda davlat
qog’oz pullar emissiyasiga
murojaat qiladi?
Davlat byudjeti daromadlari
kategoriyasining namoyon bo’lish
shakllari nimalardan iborat?
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetiningdaromadlari o’zida nimani
ifodalaydi?
Davlat byudjeti daromadlarining absolyut hajmi va salmog’i
qanday omillarga
bog’liq?
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jara-yonining
asosiy printsiplarini bilasizmi?
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar
yordamida byudjetga undirilishi tufayli bu jara-yonda ularga nisbatan
qanday printsiplardan foydalani-ladi?
Davlat byudjeti daromadlari qanday mezonlar asosida
tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin?
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalariga ko’ra
qanday guruhlarga
bo’linadi?
Davlat byudjetiningsoliq daromadlari tarkibini aytib bering.
Davlat byudjetiningsoliq xarakteriga ega
bo’lmagan daromad-lari
tarkibiga nimalar kiradi?
Tushumlarning qanday
turlari (ko’rinishlari) davlat byudjeti
daromadlarining tarkibiga olinishi mumkin?
Amaliyotda davlat byudjetining daromadlari qanday tartibda
tasniflanayapti (klassifikatsiya qilinayapti)?
To’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarning tarkibini aytib
bering.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti
daromadlari qanday guruhlarga bo’linishi mumkin?
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari qanday
ko’rinishlarga ega bo’lishi mumkin?
Yuridik nuqtai nazardan, davlat byudjeti daromadlari qanday
guruhlardan tashkil topadi?
Davlat byudjeti daromadlariga qanday daromadlar kiritiladi?
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti qanday
daromadlarni o’z tarkibiga oladi?
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
daromadlari qanday daromadlar hisobidan shakllantirilishi mumkin?
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjet-larga
biriktiri
lishiga qarab, qanday guruhlarga bo’linishi mumkin?
Davlat byudjeti daromadlari qay tarzda (shaklda) jalb qilinishi
mumkin?
Qanday
metodlarni
qo’llash
evaziga
sub’yektlarning
daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga olinayapti?
Hozir davlat byudjeti daromadlarining tarkibi nimalardan iborat
va uning tuzilmasi qanday?
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari
tizimining samaradorligi bevosita qanday omillarga bog’liq va u o’z
ichiga nimalarni oladi?
“Davlat byudjeti daromadlari” va “Davlat daromad-lari”
tushunchalari o’rtasiga tenglik belgisini qo’yish mumkinmi?
Soliqning ta’rifi qanday?
Soliqlarning ijtimoiy mazmunini bilasizmi?
Soliqlarning moddiy asosini nimalar tashkil etadi?
Soliqlar qanday xarakterli belgilarga ega?
Soliqlar qanday funksiyalarni bajaradi?
Soliqlarning fiskal funksiyasining mazmunini ni-mada?
Soliqlarning tartibga solish
(rag’batlantirish) funk-tsiyasiga
xarakteristika bering.
Soliqlarning asosiy elementlari tarkibini aytib bering.
Soliq
sub’yekti nima?
Soliq ob’yektini tushuntirib bering.
Soliq manbai tarkibini aytib bering.
Soliqqa tortish birligi qanday ataladi?
Soliq stavkasi nima va uning qanday
ko’rinishlari bo’lishi
mumkin?
Soliq imtiyozlari deyilganda nimalar tushuniladi?
Soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz) nima?
Soliq okladi deyilganda nima nazarda tutiladi?
Soliq tizimi tushunchasini tushuntirib bering.
Soliq mexanizmining ta’rifini aytib bering.
Unitar davlatlarda soliq tizimi
o’z ichiga qanday soliqlarni
oladi?
Federativ davlatlarda
soliq tizimi necha
bo’g’indan tarkib
topadi?
Byudjetga tushumlarning katta qismini ta’minlaydigan qanday
asosiy soliqlar davlat byudjetiga biriktiriladi?
Zamonaviy soliq tizimining vazifalarini aytib bering.
O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi qanday belgilar bilan
xarakterlanadi?
Soliqqa tortish jarayonlari bilan tartibga solina-digan soliq
tizimining asosiy printsiplarini aytib bering.
Sizningcha, hozirgi sharoitda soliq tizimida qanday nuqsonlar
bor?
Yangi sharoitda soliq islohotlarini
amalga oshirish bo’yicha
davlat siyosatining asosiy yo’nalishlarini tushun-tirib bering.
Mamlakatning soliq tizimi qanday belgilar va omil-larga
muvofiq tasniflanadi (klassifikatsiya qilinadi)?
Soliqqa tortishning ob’yekti hamda soliq to’lovchi va davlat
o
’rtasidagi o’zaro munosabatlarga bog’liq ravishda soliqlar qanday
guruhlarga
bo’linadi?
Nega soliqlarning bir guruhi to’g’ri (bevosita) va ik-kinchi
guruhi esa egri (bilvosita) soliqlar deb yuritiladi?
Qanday soliqlar to’g’ri (bevosita) soliqlarning tarkibiga kiradi?
Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibi nimalardan iborat?
Foydalanilishi bo’yicha soliqlar qanday soliqlardan iborat
bo’lishi mumkin?
Yig’ilishi va tegishliligi qaysi organga bog’liqligiga qarab,
soliqlar qanday soliqlarga
bo’linadi?
Umumdavlat soliqlari nima va ularning tarkibiga qanday
soliqlar kiradi?
Qo’shilgan qiymat solig’i deganda nima tushuniladi?
Boshqa soliqlarga nisbatan qo’shilgan qiymat solig’i qanday
afzalliklarga ega?
Kimlar qo’shilgan qiymat solig’ini to’lovchilar hisob-lanadi?
Qo’shilgan qiymat solig’i orqali soliqqa tortishda qanday soliq
imtiyozlari
ko’zda tutiladi?
Odatda, qo’shilgan qiymat solig’ini to’lashning qanday
muddatlari belgilanishi mumkin?
Aktsiz solig’i nima va qanday mahsulotlarga aktsiz solig’i
solinadi?
Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan
soliqning ahamiyati nimadan iborat va kimlar uning to’lovchilari
hisoblanadi?
Korxona va tashkilotlarning daromadi (foydasi)dan olinadigan
soliq uchun soliqqa tortish ob’yekti bo’lib nima xizmat qiladi va uning
tarkibi qanday elementlardan tashkil topgan?
Korxonalarga tegishli bo’lgan daromad (foyda)ni soliqqa
tortishda qanday soliq imtiyozlari beriladi va soliqni hisoblashda
soliqqa tortiladigan baza qanday summalarga kamaytiriladi?
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i qanday
o’rnatilgan progressiv stavkalarda undiriladi va bu soliq yordamida
soliqqa tortishning qanday ikki tizimi mavjud?
Kimlar bu soliqning to’lovchilari hisoblanadi va u qanday
shakllarda to’lanishi mumkin?
Mahalliy soliqlar va
yig’imlar nima va ularning tarkibi qanday?
Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’z-o’zini boshqarish
organlari vakolatiga, o’zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish
davriga qarab mahalliy soliq va
yig’imlar qanday guruhlarga bo’linadi
va ular har birining tarkibi qanday?
|