sotish bahosi va ularning boshlang’ich (yoki qoldiq) qiymati
o’rtasidagi farq (inflyatsiya indeksiga oshirilgan qayta baholashni
hisobga olgan holda) ko’rinishida hisoblanadi. Realizatsiyadan
tashqari operatsiyalardan olingan daromad (foyda)larning tarkibiga
boshqa korxo-nalarning faoliyatiga hissali ishtirok etishdan, mol-mulkni
ijaraga berishdan olingan daromad (foyda)lar
hamda mahsulotni
ishlab chiqarish va sotish bilan
bevosita bog’liq bo’lmagan
operatsiyalardan olingan boshqa daromad (foyda)lar kiradi.
Korxonalarga tegishli bo’lgan daromad (foyda)ni soliqqa
tortishda soliq imtiyozlari muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi. Shu munosabat bilan soliqni hisob-lashda soliqqa tortiladigan
baza quyidagi summalarga kamaytiriladi:
ishlab
chiqarish
maqsadlariga
mo’ljallangan
kapital
qo’yilmalarni moliyalashtirishga, xuddi shu maqsadlar uchun olingan
va foydalanilgan bank kreditlarini qaytarishga (foizlarini ham
qo’shgan holda) yo’naltirilgan daromad (foyda)ning summasiga;
iqtisodiyotning barcha tarmoqlari korxonalari uchun uy-joy
qurilishini moliyalashtirishga yo’naltirilgan daromad (foyda) ning
summasiga;
mahalliy
o’zini-o’zi
boshqarish
organlari
tomonidan
tasdiqlangan normativlarga muvofiq ravishda
ijtimoiy-madaniy soha
ob’ektlari va uy-joy fondini saqlashga yo’naltirilgan korxonalarning
haqiqiy xarajatlari summasiga;
xayriya fondlariga badallar summasi va boshqalarga.
Korxonalarning daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqning
stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli yil uchun
asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va davlat byudjetining asosiy
parametrlari
to’g’risidagi Qarorlariga muvofiq o’rnatiladi. Bu
soliq joriy
etilgan dastlabki yilda uning stavkasi 38% darajasida belgilangan
bo’lsa, uning darajasi 2007 yilda 10% ga teng bo’lgan. 2019 yilda esa
uning darajasi 12,0% qilib belgilangandir (tijorat banklari uchun esa
20% darajasida).
Soliqning summasi soliq to’lovchilar tomonidan buxgal-teriya
hisoboti ma
’lumotlari asosida (yil boshiga nisba-tan o’sib borish
tartibida), mustaqil ravishda aniqlanadi. U byudjetga soliq to’lovchi
tomonidan
choraklik hisob-
kitoblar bo’yicha choraklik buxgalteriya
hisobotini taqdim etish muddati uchun belgilangan kundan besh
kunlik muddatda, yillik hisob-
kitoblar bo’yicha esa yillik buxgalteriya
hisoboti va balansini taqdim etish
muddati uchun belgilangan
kundan
o’n kunlik muddatda o’tkaziladi. Chorak davomida bu
soliqni to’lovchilar har oyning 15-kunidan kechiktirmasdan choraklik
soliq summasining 1/3 qismi miqdorida avans to’lovlarini amalga
oshirishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: