17.3. Soliqlar va soliq tizimi
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda soliq-lar hal
qiluvchi ahamiyatga ega.
Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli
bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat ixtiyoriga majburiy va
qaytarilmaydigan
tarzda o’tkazuvchi to’lovlar soliqlar deyiladi.
Ular
mamlakat milliy daromadining bir qismi bo’lib, davlat byudjeti
tizimining barcha bo’g’inlari bo’ylab jalb qilinadi, qonunga muvofiq
oldindan belgilangan miqdorda va muddatlarda davlatning ixtiyoriga
borib tushuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning majburiy
to’lovlari
hisoblanadi. Soliqlar hisobidan davlatning funksiyalari va vazifalarini
bajarish uchun moliyaviy asos yaratiladi. Soliqlarsiz davlat faoliyat
ko’rsata olmaydi. Chunki ular bozor munosabatlari va xususiy
mulkchilik hukmronligi sharoitida daromadlarni byudjetga jalb qilishning
asosiy usuli bo’lib hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida aholi keng qatlamlari
daromadlarining 40% gachasi soliqlar orqali davlatning ixtiyoriga
o’tmoqda. Mamlakatlar yalpi ichki (milliy) mahsuloti va milliy
daromadida soliqlar salmog’i ortib, uning darajasi o’rtacha 18% dan
30-50% gacha etib bordi.
Soliqlar yalpi ichki mahsulot va
uning tarkibiy qismi bo’lgan milliy
daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etib, yagona takror ishlab
chiqarish jarayonining bir qismi, ishlab chiqarish munosabatlarining
o’ziga xos shakli hisoblanadi. Bular soliqlarning ijtimoiy mazmunini
shakllantiradi. Soliqlar jamiyatdagi taqsimlash munosabatlarining
tarki-
biy qismi sifatida ishlab chiqarish qonuniyatlarini o’zida ifoda
etadi.
Ijtimoiy
mazmundan
tashqari
soliqlar
moddiy
asosga
(mazmunga) ham egadir, ya’ni ular jamiyatning davlat tomonidan
jalb qilinadiga
n pul mablag’larining aniq summasini ham ifodalaydi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashda soliqlar davlat hokimiyat
organlarini pul shaklidagi yangi qiymatning bir
qismi bilan ta’minlaydi.
Majburiy ravishda va soliqlar shaklida mamlakatning yuridik va
jismo
niy shaxslaridan yig’ilgan milliy daromadning bu qismi davlatning
75
Bu o’rinlarda keltirilgan raqamlar keyingi bir necha yil davomida shu
yo’nalishda tarkib topgan ko’rsatkichlarning o’rtachasini o’zida mujassam
etadi.
markazlashtirilgan m
oliyaviy resurslari fondiga aylanadi. O‘ziga xos
tarzda majburiy chetlashtirishdan iborat bo’lgan bu jarayon ekvivalent
almashuvsiz qiymatning bir
tomonlama (soliq to’lovchidan davlatga)
harakatini ifodalaydi.
Davlatning soliq shaklida yig’ib olinadigan daromadlari ishlab
chiqarish jarayonida (mehnat, kapital va tabiiy resurslar ishtirokida)
yaratilgan yangi qiymat hisobidan shakllantiriladi. Ular davlatning
mulkiga
aylanadi hamda harbiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy
tadbirlarni mablag’ bilan ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish munosabatlarining alohida sohasi (tarkibiy
qismi) sifatida soliqlar qat’iy ichki xusu-siyatlari, rivojlanish
qonuniyatlari va namoyon bo’lishning farqlanuvchi shakllariga ega
bo’lgan o’ziga xos tarzdagi iqtisodiy kategoriyadir. Soliqlar milliy
daromad qiymatining bir qismining umumdavlat ehtiyojlari foydasiga
olinishi jarayonida namoyon bo’ladigan va aniq mavjud pul
munosabatlarini
ifodalaydi.
Soliq
munosa-batlari
moliyaviy
munosabatlarning tarkibiy qismi sifatida doimiy ravishda
o’zgarishda
bo’ladi.
Soliqlar faqat iqtisodiy kategoriya bo’lib qolmasdan, bir vaqtning
o’zida moliyaviy kategoriya hamdir. Ular moliyaviy munosabatlarga
xos bo’lgan umumiy xususiyatlarni ifoda etadi, o’zining farqlanuvchi
belgilari va xususiyatlariga, o’z harakat shakliga, ya’ni moliyaviy
munosabatlarning
barcha
to’plamidan
ajratib
turadigan
funksiyalariga ega.
Soliqlarning funksiyalari ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va
ichki mazmunini ochib beradi. Hozirgi sharoitda soliqlar ikki
funksiyani bajaradi:
1) fiskal funksiya;
2)
tartibga solish (rag’batlantirish) funksiyasi.
Bu funksiyalarning har biri soliqlarning moliyaviy kategoriya
sifatida alohida tomonlarini namoyon etadi.
Soliqlarning fiskal funksiyasi ularning asosiy funksiyasi bo’lib, bu
barcha davlatlar uchun xarakterlidir. Bu funksiya yordamida davlat
pul fondlari, ya’ni davlatning faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy asos
yaratiladi. Xuddi shu funksiyaning o’zi milliy daromad qiymatining bir
qismini jamiyatning eng kam
ta’minlangan ijtimoiy qatlamlari
foydasiga qayta taqsimlash uchun real imkoniyatni vujudga keltiradi.
Jamiyat rivojlanishi iqtisodiy darajasining oshib borishiga
muvofiq ravishda soliqlar fiskal funksiyasining ahamiyati ham o’sib
boradi. Insoniyat taraqqiyotining XX asri va XXI asrining boshlari
soliqlarni undirish hisobidan davlat daromadlarining juda katta
o’sishi
bilan xarak-terlanadiki,
bu narsa, o’z navbatida, davlat funksiyala-
rining kengayishi va hokimiyat tepasida bo’lgan ayrim ijtimoiy
guruhlar tomonidan ma’lum bir siyosatning hayotga tatbiq etilishi
bilan bog’liqdir. Keyingi yillarda davlat iqtisodiy va ijtimoiy
tadbirlarga, mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va boshqaruv
apparatini saqlashga katta miqdordagi moliyaviy mablag’larni
sarflamoqda. Ayniqsa, ikkinchi jahon uru
shidan so’ng dunyoning
rivojlangan mamlakatlariga soliq shaklida yig’iladigan daromadlar
o’sishining yuqori sur’atlari xos bo’lib, bu narsa faqatgina
iqtisodiyotning tiklanishi bilan emas, balki o’tgan asrning 60-70-
yillarida G’arbning juda ko’p mamlakatlarida takror ishlab chiqarish
sharoitlarining yomonlashuvi bilan ham izohlanadi. XX asrning 80-
yillari o’rtalarida soliq tushum-lari o’sish sur’atlari sekinlashdi va ularning
milliy daromaddagi salmog’i barqarorlashdi. Ammo, shunday bo’lishiga
qaramasdan,
milliy
daromadni
qayta
taqsimlashda
davlat
salmog’ining yuqoriligi hamon saqlanib qolmoqda.
Soliqlarning
fiskal
funksiyasi
iqtisodiy
munosa-batlarga
davlatning aralashuvi uchun
ob’yektiv shart-sharoit yaratadi, ya’ni u
tartibga solish funksiyasini taqozo etadi.
Tartibga solish
(rag’batlantirish) funksiyasi qayta taqsim-lash
jarayonlarining faol ishtirokchisi sifatida soliqlar-ning takror ishlab
chiqarishga uning
sur’atlarini rag’bat-lantirib yoki to’sqinlik qilib,
kapitalning jamg’a-rilishini kuchaytirib yoki susaytirib, aholining to’lovga
qobiliyati talabini kengaytirib yoki qisqartirib, keskin
ta’sir ko’rsa-tishi
mumkinligini anglatadi. Milliy daromad-ni jalb qilishning soliq metodini
davlat tomonidan kengaytirilishi orqali soliqlarning ishlab chiqarish
jarayoni ishtirokchilari bilan doimiy
ravishda to’qnash kelishiga sabab
bo’lib, bu narsa unga mamlakat iqtisodiyotiga va takror ishlab
chiqarishning barcha
bosqichlariga ta’sir ko’rsatishi uchun real
imkoniyat yaratadi.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida ishlab chiqarish kuchlarining
rivojlanishi davlatni ishlab chiqarish jara-yoniga aralashuvi uchun
ehtiyojni vujudga keltiradi. Bu narsa soliqni tartibga solishni
(rag’batlantirishni) yangi pog’onaga ko’tardi. Daromadlarni soliqqa
tortishning kengayishi bilan korxonalarning foydasi va aholining
daromadlari asosiy soliq
ob’ektlariga, jismoniy va yuridik shaxslar
esa, asosiy soliq sub’yektlariga aylanadi.
Soliqlar jami talab darajasi va uning tuzilmas
iga ta’sir ko’rsatadi.
Ular, bir vaqtning o’zida, talabning bozor mexanizmi orqali ishlab
chiqarishning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi yoki uning rivojlanishiga
to’sqinlik qilishi mumkin. Soliqlarning miqdori (hajmi) mehnatga haq
to’lash darajasini aniqlashga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Chunki ular
soliq to’lovlarining tarkibiga kiritiladi. Tadbirkorlar uchun ishlab
chiqarish quvvatlarini sotish yoki ulardan foydalanish jarayonida hal
qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar bahosi
bilan ishlab chiqarish xarajatlari o’rtasidagi nisbat ham soliqlarga
bog’liq.
Soliqlar va ularning funksiyalari bazis munosabat-
larini o’zida aks
ettiradi. Ulardan davlat soliq mexa-nizmini tashkil etadigan turli
xildagi vositalar (soliq stavkalari, soliqqa tortish usullari, soliq
imtiyozlari va shunga o’xshashlar) orqali soliq siyosatini yurgizishda
foydalanadi.
Soliqlarning asosiy elementlari quyidagilardan ibo-rat:
soliq sub’yekti – qonun bo’yicha soliqni to’lovchi shaxs
(yuridik yoki jismoniy);
soliq ob’yekti – mavjudligi egasini soliqqa tortishga asos
bo’ladigan predmet (mol-mulk, er va boshqalar);
soliq manbai
– hisobidan soliq to’lanadigan daromad (ish
haqi, foyda, foiz va boshqalar);
soliqqa tortish birligi
– soliq ob’yektini o’lchash bir-ligi
(masalan, yer solig’i bo’yicha erning bir gektari);
soliq stavkasi
– soliqqa tortish birligiga nisbatan o’rnatilgan
soliqning miqdori. Amaliyotda soliqlar regres-siv, proportsional va
progressiv stavkalar yordamida yig’ib olinadi. Regressiv usulda
(soliqlarni undirishning regressiv stavkasida) daromadning o’sib
borishi bilan uni soliqqa tortish foizi kamayadi. Tovarlarning
bahosidan undiriladigan egri (bilvosita) soliqlar doimo regressiv
usulda hisoblanadi. Proportsional soliqlarda (soliqlarni undirishning
proportsional stavkasida) daromadning miqdoriga bog’liq bo’lmagan
holda ular bir xil stavkada undiriladi. Progressiv soliqlarda (soliqlarni
undirish-ning progressiv stavkasida) esa daromadlarning ortib
borishiga qarab soliqning stavkasi ham ortib boradi. Progressiyalar
oddiy va murakkab bo’lishi mumkin. Oddiy progressiyada soliqning
stavkasi daromadning barcha qismi uchun ortadi (oshadi). Murakkab
progressiyada esa soliq to’lovchining daromadi qismlarga bo’linadi
va uning har bir qismiga nisbatan tegishli soliq stavkasi
qo’llaniladi;
soliq tizimi
– mamlakat hududida amal qiladigan soliqlar,
ularning tuzilishi usullari va printsiplari majmui.
soliq imtiyozlari
– amaldagi qonunchilikka muvofiq soliq
to’lovchini soliq to’lashdan to’liq yoki qisman ozod qilish;
soliqqa tortiladigan baza (asos, negiz)
– unga nisbatan soliq
stavkasi qo’llaniladigan daromad. Soliq to’lovchining yalpi
daromadidan amaldagi qonunchilik bo’yicha taqdim etilgan soliq
imtiyozlarini chegirish orqali aniqlanadi;
soliq okladi
– uning sub’yekti tomonidan to’lanadigan soliq
summasi.
Dostları ilə paylaş: |