16.4.
Davlat byudjeti defitsiti71 va uni moliyalashtirish
Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat
byudjetiningsog’lom
(normal) faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daro-madlar va
xarajatlarning tengligini taqozo etadi. Haqi-qatdan ham u yoki bu
miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish uchun davlat byudjeti shu
miqdordagi daromadlarga ega
bo’lishi kerak. Aks holda bu
xarajatlarni to’la amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Davlat byudjeti
daromadlari va xa-rajatlari miqdorlarining
o’zaro tengligi davlat
byudjetiningmuvozanatlashtirilganligidan(balanslashtirilganligidan)
dalolat beradi.
Amaliyotda
davlat
byudjeti
daromadlari
va
xarajatlari
hajmlarining tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim
hollarda davlat byudjetiningdaromadlari uning xara-
jatlaridan ko’p
bo’lishi mumkin. Bunday davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti
deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa davlat byudjetiningxarajatlari
uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga muvofiq ravishda
davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daro-
madlaridan ko’p
bo’lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi.
Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti
vujudga kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat
bo’lishi mumkin:
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital
qo’yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi;
favqulodda hodisalar yuz berishi;
iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning emirilishi;
moliya-kredit tizimlarining etarli darajada samarali emasligi;
hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada
nazorat qilolmasligi;
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
70
Davlat byudjeti xarajatlariga oid ushbu paragrafda ko’tarilgan masalalar
dars-likning 18-bobida yanada batafsilroq ko’rib chiqiladi.
71
O‘zbek tilida “davlat byudjeti defitsiti” iborasining o’rnida ko’pchilik
hollarda “byud-jet kamomadi”, “davlat byudjeti taqchilligi”, “davlat
byudjeti etishmovchiligi” kabi iboralar ishlatilmoqda. Bu iboralarning
mavjudligi ona tilimizning nihoyatda boy ekanligini yana bir bor ko’rsatsa-
da, bizning fikrimizcha, bu ishlatilayotgan iboralarning hech biri “davlat
byudjeti defitsiti” iborasi bilan mazmun va mohiyat jihatidan teng kuchga
emas. Shuning uchun vaziyat, holat, jarayon yoki voqelikning asl holda aks
ettirilishini nazarda tutib, o’zbek tilida ham bu o’rinda “davlat byudjeti
defitsiti” iborasini ishlatish maqsadga muvofiqdir. Muammoni hal etishga
aynan shu tarzda yondashish o’zbek tilining sofligiga ziyon etkazmaydi.
Aksincha, bu holat, jahon hamjamiyatida va xalqaro maydonda deyarli bir
xil shaklda qo’llanilib, bir xil ma’noni anglatib kelayotgan yana bir xalqaro
ibora bilan ona tilimizni boyitgan va bir-birimizni bir xil tushunishda
o’zining munosib hissasini qo’shgan bo’lur edi.
tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi;
davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)-ning
oqilona emasligi;
mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan
yashashga intilish;
harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda
boshqa mamlakatlarga yordam berilishi;
davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivoj-lantirishga
rag’batlantiruvchi sifatida foydalanish imko-nini bermaydigan va
etarli darajada
samarali bo’lmagan davlat byudjeti mexanizmining
mavjudligi;
boshqa sabablar.
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra-
tegik yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor
berilishini taqozo etadi:
davlat byudjeti defitsit
ining mavjudligini matematik yo’l bilan
hal qilishga harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning
“davolanish”i o’rniga “kasalligi” kuchayadi;
davlat byudjetiningbalansliligi, daromadlarning xarajat-lardan
ko’pligi
ba’zan
iqtisodiyotning
sog’lom
va
uzluksiz
rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi;
davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi
ichki (milliy) mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana
shu chegaradan oshilsa, uni tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga
kel
tirish) choralarini ko’rish kerak;
davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat
kreditining turli shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat
qimmatbaho qog’ozlarini moliyaviy bozorga joylashtirish ham
maqsadga muvofiq. Muomalaga ko
’proq miqdorda pul chiqarish
yo’lidan esa foydalanmaslik kerak;
davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga
barham
berish uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini
“davolamoq” lozim. Aks holda, ana shu maqsadga erishish uchun
ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffa-qiyatsizlikka
uchraydi.
Davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga
barham berish borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-
tadbirlarning eng asosiy yo’nalishlari quyidagi-lardan iborat:
davlat byudjeti mablag’larining investitsion yo’nalishini
o’zgartirish, ularni eng ko’p samara beradigan tarmoq va sohalarga
sarflash;
xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi
moliyaviy imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
Davlat byudjetidan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti
sohasini qisqartirish;
harbiy xarajatlar miqdori ni kamaytirish;
eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab
qolish, yirik davlat byudjeti xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul
qilishni to’xtatib turish;
Markaziy bankning
qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari
shaklida rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit
berishini taqiqlab
qo’yish;
xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
va boshqalar.
Davlat
byudjeti
defitsiti
vujudga
kelgan
paytda
uni
moliyalashtirish
manbalarini
aniqlab
olmoq
zarur.
Uni
moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biri davlatning qarz
olishidir.
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni
olishdan iborat bo’lib, hukumat oldida qarz oluvchi yoki boshqa qarz
olganlarning qarzlarni qaytarishi bo’yicha kafolatchi sifatidagi majbu-
riyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom
va
kreditlarni olishdan iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki
boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha ham
kafolatchi sifatida
hukumatning o’z milliy valyutasida ifodalangan
qarz majburiyatlari paydo
bo’ladi.
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy
davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom
va kreditlarni olishdan iborat
bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki
boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarish bo’yicha kafolatchi
sifatida
hukumatning
xorijiy
valyutada
ifodalangan
qarz
majburiyatlari vujudga keladi.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari
jalb qilingan mablag’larning asosiy turlari bo’yicha navbatdagi
moliyaviy yilga
mo’ljallangan davlat byudjeti to’g’risidagi qonunda
qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan albatta tasdiqlanishi kerak.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning manbai sifa-tida
mamlakat Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan
hukumatning sotib olingan qarz majbu-riyatlari maydonga chiqishi
maqsadga muvofiq emas.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-
larin
i ikki guruhga bo’lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba-lari
sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy
valyutasida kredit tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat
hukumati
nomidan
qimmatbaho
qog’ozlarni
chiqarish orqali amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan
tushumlar;
davlat zaxiralari va rezervlar
bo’yicha daromad-larning
xarajatlardan o’sgan qismi summasi;
davlat byudjeti
mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraq-
laridagi mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi;
va boshqalar.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi manba-lari
qatoriga quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni
chiqarish orqali xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati
tomonidan jalb qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro
moliyaviy tashkilotlarning kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar
va xalqaro huquqning boshqa sub’yekt-lari oldidagi (davlat
kafolatlari bo’yicha majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat
hukumatining qarz majburiyatlari hukumatning davlat qarzini
vujudga keltiradi. Bu qarz davlat byudjetini tashkil etadigan davlat
mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak. Bunda
davlat
hokimiyati
organlari
mamlakat
hukumatining
qarz
majburiyatlari va davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika
byudjetining
daromadlarini
shakllantirish
bo’yicha
barcha
vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi
mumkin:
qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit
tashkilotlari, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan
tuzilgan kredit bitimlari va shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni
chiqarish orqali amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish
to’g’risidagi shartnomalar;
o’tgan
yillardagi
mamlakatning
qarz
majburiyatlarini
restrukturizatsiya
qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risi-dagi
mamlakat hukumati nomidan tuzilgan (shu jumladan, xalqaro)
bitimlar va shartnomalar;
va boshqalar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab
qisqa muddatli (bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh
yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin.
Ular zayomning konkret shartlariga muvofiq ravishda (zayom
sh
artlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz to’lovlarining miqdori,
muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidag-ilardan
iborat bo’lishi mumkin:
hukumatning
davlatni
qimmatbaho
qog’ozlari bo’yicha
qarzining asosiy nominal summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning
hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar
bo’yicha
majburiyatlar hajmi;
va boshqalar.
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va
xalqaro moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan
taqdim etilgan davlat kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va
x
alqaro moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha
asosiy qarz hajmidan iborat
bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |