16.2. Davlat byudjetining daromadlari
Davlat byudjetining daromadlari
66
mamlakat yalpi ichki (milliy)
mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining
elementlaridan biri bo’lib, ular oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular
yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli
bo’lgan daromadlar va
jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga
keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan
mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’-lari
tashkil etadi. Bu moliyaviy (byudjet) katego
riyaning namoyon bo’lish
shakli byudjetga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar,
bojlar va ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetining daromadlari yaratilgan
yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda) davlatning ulushini
ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i mamlakatning yalpi
ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu
davrda davlatning oldida turgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa
va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga muvofiq davlat
byudjetida mablag’larni yig’ish miqdori va ularni undirishning shakl
va usullari aniqlanadi.
Davlat
byudjeti
daromadlarini
shakllantirish
jarayonining
quyidagi printsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:
– soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi
manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;
– soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim;
– soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fond-lari hajmiga
ta’sir ko’rsatmasligi;
– soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
– davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha kamxarajat
bo’lishi lozim;
– soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib
chiqarmasligi kerak;
– sub’yektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish.
Ya’ni, sub’yektlarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat
byudjetiga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga s
albiy ta’sir
ko’rsatmasligi kerak. Chega-radan o’tib ketilganda sub’yektlarning
66
“Davlat byudjetining daromadlari” iborasi byudjetga undirilayotgan
soliqlar, to’lovlar, bojlar, ajratmalar va boshqa shunga o’xshash barcha
daromadlarni o’z ichiga oladi.
mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga
kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning
o’sish
sur’atlarini
ta’minlashga
intilish
susayadi,
xufyona
iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi;
– sub’yektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan
holda vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga
olinishi.
Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha
daromadlar
davlatning ixtiyoriga o’tishi kerak. Bu printsipning ta’siri
ostiga sub’yektlar ma’muriyatining noto’g’ri, noqonuniy harakati
(masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida
olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim;
– ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun
korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga
olish.
Bu
printsip
davlat
byudjeti
daromadlarini
davlat
korxonalarining mablag’lari hiso-bidan tashkil etishda qo’llanilishi
mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi
va bir
vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlat-ning
manfaatlarini
ta’minlaydi;
– davlat byudjeti mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini
ta’minlash. Mablag’larni sub’yektlar ixtiyoridan byudjetga o’tkazilishi
ularni
samarali faoliyat ko’rsatishga rag’batlantirishi kerak. Bunda
maqsad faqat davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy jihatdan
ta’minlash emas, balki shu yo’l bilan korxonada faoliyat
ko’rsatayotgan
mehnat
jamoalarining
manfaatlariga,
ular
faoliyatining
sifat
ko’rsatkichlariga to’lovlarning ta’sirchanligini
kuchaytirish-dir;
– davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok
etish. Bu printsip davlat byudjeti daromadlarini aholi mablag’lari
hisobidan shakllantirishda qo’llanilib, uning natijasida aholi
daromadlari darajasiga
bog’liq ravishda bir qismi byudjetga o’tkaziladi.
Kezi kelganda shuni ham alohida qayd etish kerakki, davlat
byudjetini adolat printsiplari asosida tashkil etish masalasiga
xalqimizning buyuk mutafakkirlari va davlat arboblari juda katta hissa
qo’shishgan
67
.
Davlat byudjetining daromadlari o’zlarining manba-lari, ijtimoiy-
iqtisodiy xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va to’lovlarning turi,
mablag’larning tushish shakli va ularni byudjetga undirish usullariga
muvofiq tasniflanishi ( klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
67
Bu to’g’risida dasrlikning 1.5 -paragrafida umumiy tushuncha berilgan.
Davlat byudjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi
guruhlarga bo’linadi:
soliq tushumlari (soliq shaklidagi daromadlar);
soliq bo’lmagan daromadlar;
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkazila-digan pul
mablag’lari.
Davlat byudjetiningsoliq shaklidagi daromadlari tarkibi mam-
lakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari,
mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari va
boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Davlat byudjetining soliq bo’lmagan daromadlari tarkibiga
quyidagilar kiradi:
davlat mulkidan foydalanish tufayli olingan daro-madlar
(soliqlar va yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan
soliq va yig’imlardan so’ng);
davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli
xizmatlardan kelgan daromadlar (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi
qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
fuqarolik-huquqiy,
ma’muriy va jinoiy choralarni qo’l-lash natijasida
olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to’lashlar
va
davlat sub’yektlariga etkazilgan zararlarni tiklash bo’yicha olingan
mablag’lar hamda majburiy undirilgan boshqa mablag’lar;
moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti
ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
boshqa soliq bo’lmagan daromadlar.
Tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham davlat byudjeti daro-
madlarining tarkibida hisobga olinishi mumkin:
davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida
ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar;
kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti
mablag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan
mablag’lar;
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni garovga yoki ishonchli
boshqaruvga berishdan olinadigan
mablag’lar;
qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti
mablag’laridan foydalanganlik uchun haq;
davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav
kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha divi-dendlarga to’g’ri
keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar;
davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va
yig’imlardan so’ng);
davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida
olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat
by
udjetiningdaromadlar
qismini
to’ldirishning
manbalaridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan
dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar yoki mablag’larni
qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan
moliyaviy yordamdir
. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni oluvchi
davlat
byudjetiningdaromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. Jismoniy
va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar
hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan-maydigan shaklda
o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetiningshunday
daromadlari tarkibiga kiradi.
Hozirgi amaliyotda davlat byudjetining daromadlari quyidagi
tartibda tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi):
1.
To’g’ri (bevosita) soliqlar. Ularning tarkibiga yuridik shaxslarning
foydasidan olinadigan soliq; savdo va umumiy ovqatlanish
korxonalari uchun yagona soliq to’lovidan davlat byudjetiga
ajratmalar; yagona soliq to’lovidan (mikro-firmalar va kichik
korxonalar bilan birgalikda) davlat byudjetiga ajratmalar; jismoniy
shaxslarning daroma-didan olinadigan soliqlar va tadbirkorlik
faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxs-larning
daromadidan olinadigan qat’iy soliqlar kiradi.
2.
Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qo’shilgan
qiymat solig’i; aktsizlar; bojxona bojlari; jismoniy shaxslardan
olinadigan yagona boj to’lovi; transport vositalari uchun benzin,
dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga jismoniy shaxslardan olinadigan
soliqdan iborat.
3.
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i. Bu guruhga kiruvchi
soliql
ar va to’lovlar mol-mulk solig’i; yyer solig’i; er osti boyliklaridan
foydalanganlik uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik
uchun soliqni o’z ichiga oladi.
4. Ustama foydadan olinadigan soliq.
5. Boshqa daromadlar.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjetining
daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
– xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daromad-lar;
– aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjetining daro-madlari
quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
– davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
– aholidan olinadigan mablag’lar.
Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab
o’tilgan har bir
guruhlari
daromadlarning manbalari, to’lovlarning turlari va hokazolar
bo’yicha kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat
xo’jaliklaridan olinadigan daromadlarga davlat korxona va
tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan
daromadlar,
davlat
tashki-
lotlari
tomonidan
ko’rsatiladigan
xizmatlardan olina-digan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib
tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan
iborat bo’lishi mumkin. O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga
biriktirilgan davlat byudjetining daromadlari tushumlarning alohida
turidan iborat. Masalan, davlat korxonalari tomonidan byudjetga
o’tkaziladigan daromad-larning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i,
aktsizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi.
Shuningdek, davlat mulkidan olinadigan daromadlar tar-kibi
bojxona daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni,
talab qilib olinmagan yuklar va pochta jo’natmalarini, meros huquqi
bo’yicha davlatga o’tgan mol-mulklarni realizatsiya qilishdan olingan
tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan
ko’rsatilgan xizmatlar uchun olingan daromadlarga davlat avtomobil
inspektsiyalari tomonidan undiriladigan yi-
g’imlar, tovar belgilarini
qayd etganlik uchun yig’imlar, o’lchov asboblarini davlat
tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari
hamda notarial idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar
uchun olinadigan haq va boshqalar kiradi.
Davlat byudjetining daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda
olinishi mumkin. Bunda daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal
qiluvchi rol o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat
obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini realizatsiya qilishdan
olingan
tushumlar
kiradi.
Davlat
byudjeti
daromadlarini
shakllantirishdagi majburiylik yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi
zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy
deb e’tirof etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini
ko’zda tutadi. Bu holat davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta
ahamiyatga ega
bo’lib, mablag’larni to’liq va o’z vaqtida byudjetga jalb
etish uchun xizmat qiladi.
Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil
usulda olinishi mumkin:
1) soliq usulida;
2)
soliq bo’lmagan usulda.
Soliq usuli uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq
belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda
undirilishi xarakterlidir. Soliq-larning undirilishi mamlakat yalpi ichki
(milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar va aholiga tegishli bo’lgan mab-lag’larning bir qismi
davlat ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat
solig’i, aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, yyer solig’i, mol-mulk solig’i
va boshqa soliqlar kiradi.
Soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlar davlatga tegishli
bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarishni talab etmaydigan
mablag’lar ham davlat byudjetining daromadlari bo’lishi mumkin. Biroq
ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun
o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan mablag’larni
sarf etsa-da, u bu
mablag’larni belgilangan muddatlarda va to’liq
ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti
daromadlarining
ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini sotishdan
olingan tushumlar hisoblanadi. Davlat byudjetining daromadlariga
ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai
nazaridan kiritilishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish
nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas.
Ular umumiy fondga tushiriladi va odatdagi moliyalashtirish tartibida
foydalaniladi. Byud-
jet daromadlarining faqat ba’zi birlarigina
oldindan belgilangan maqsadlar uchun
mo’ljallangan. Ularning tarki-
biga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning
alohida
shakllari
va
turlarining
yig’indisi
davlat
byudjeti
daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli sub’yektlardan kelib
tushadigan davlat byud-jetining daromadlari umumdavlat ehtiyojlarini
ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy
emas. Ular mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning
o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi.
Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari
tizimining samaradorligi mablag’larning byudjetga tushumini tashkil
etishga bevosita bog’liq. Bu jarayon o’z ichiga quyidagilarni oladi:
– byudjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar,
ajratmalar va boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish;
– mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi;
– daromadlarni (to’lovlarni) byudjetga o’tkazish tartibi;
– byudjetga daromad o’tkazuvchilarni hisobga olish;
– byudjetga daromad o’tkazuvchilarning javobgarligi;
– byudjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazi-lishini
ta’minlashga yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi;
– byudjetga daromadlarni undirishda soliq organ-larining huquq
va majburiyatlari.
Yuqorida bayon etilgan choralarni ishlab chiqish va amalga
oshirishda davlat va byudjetga daromadlarni to’lovchilar o’rtasidagi
manfaatlarning oqilonaligini ta’minlashga katta e’tibor bermoq
lozim
68
.
Dostları ilə paylaş: |