davlat byudjeti
daromadlari
katego-
riyasining namoyon bo’lish shakllarining
o’zgarib borganligiga qaramasdan, bu kategoriyaning saqlanib
qolganligini angla-
tadi. Demak, byudjetga to’lovlar ko’rinishining
o’zgarishi, bir to’lovning boshqa biri bilan almashtirilishi iqtisodiy
kategoriya mazmunining emas, balki shakllarining evolyu-tsiyasidir.
Biroq bundan moliyaviy va
davlat byudjeti kategoriyalari qat’iyan
ob’yektiv, ularning namoyon bo’lish shakllari esa sub’yektivdir, degan
xulosa chiqarmas-lik kerak. Iqtisodiy qonunlarning harakati,
iqtisodiyotning
taraqqiyot
darajasi,
ishlab
chiqarish
munosabatlarining etukligi va
boshqa omillar, ma’lum darajada,
davlat byudjeti daromad-larining shakllarini ham belgilab beradi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida eng asosiy vazifalardan biri iqtisodiy
taraqqiyotga
erishish,
uning
samaradorligini
ta’minlash,
raqobatbardoshlikka
erishish
hisoblansa,
bu
vazifalarning
bajarilishiga byudjetga to’lovlarning shakllari ham o’zining sezilarli
hissasini qo’shishi kerak. Ular davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy
jiha
tdan
ta’min-labgina
qolmasdan,
balki
ishlab
chiqarish
samaradorligini oshirish va moliyaviy resurslarning oqilona va
maqsadli taqsimlanishini rag’batlantirishi ham kerak. Shunday qilib,
davlat tomonidan o’rnatilgan tartib natijasida vujudga kelgan
byudjetg
a to’lovlarning turli shakllari davlatning qonunlarida,
moliyaviy boshqaruv organlarining normativ hujjatlarida o’z ifodasini
topgan ob’yektiv omillarga ma’lum darajada bog’liq bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda, yuqorida qayd etilganidek, hududiy va
ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan turli fondlarning shakllanishi yuz
beradi, ya’ni umumdavlat pul fondini taqsimlashning murakkab
jarayoni amalga oshiriladi. Tashqi tomondan u barcha ijtimoiy
bo’linmalardan ajralgan ichki davlat byudjeti jarayonidek ko’rinadi.
Haqiqatda esa bu taqsimlash ijtimoiy munosabatlarning barcha
sohalarini qamrab oladi. Bu bosqichda jamiyatdagi barcha
sub’yektlarning manfaatlari o’zaro to’qnash keladi. Mamlakatdagi
har bir ma’muriy-hududiy birlik o’z byudjetiga ega bo’lganligi uchun
bu bosqichda
ana shu byudjetlarning (ya’ni hududlarga mo’l-
jallangan fondlarning) umumiy hajmini to’g’ri aniqlash alohida
ahamiyat kasb etadi. U yoki bu davlat byudjetiningxarajatlari
joylarda olingan daromadlarning hajmi bilan mos kelmasligi
oqibatida
ularni qo’shimcha mablag’lar bilan ta’minlash zaruriyati
vujudga keladi, barcha quyi byudjetlarni balanslashtirish zarurati
paydo bo’ladi. Shunday qilib, murakkab taqsimlash jarayoni sodir
bo’ladiki, unda mamlakat ma’muriy-hududiy bo’linmalarining barchasi
ishtirok
etib, ularning ayrimlari o’z mablag’larini berishsa, boshqalari
esa davlat byudjeti mexanizmi orqali bu mablag’larni oladi.
Sirtdan qaralganda, davlat byudjeti mablag’larini hududlararo
taqsimlash byudjetlarning yuqori va quyi bo’g’inlari o’rta-sidagi
munosabatlardek ko’rinadi. Chunki bu jarayon yuqori byudjetlarning
mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Biroq o’z daromadlari
hisobidan quyi bo’g’inlarning davlat byudjeti munosabatlarini tartibga
soluvchi har bir davlat byudjeti bo’linmasi amalda bu
munosabatlarning tar-
kibiga yuqorida ko’rsatilgan balanslashtirish
sodir bo’layotgan ko’plab ma’muriy-hududiy birliklarni kiritadi. Ular
esa, o’z navbatida, byudjetlararo munosabatlarni tartibga solish-da
xo’jalik yurituvchi sub’yektlar va aholidan tushgan mablag’larni
sarflaydi. Demak, bu jarayonda ham turli sub’yektlar o’rtasida
murakkab va ko’p tomonlama taqsimlash munosabatlari vujudga
keladi.
Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti va uning barcha bo’linma-
larida iqtisodiyot, ijtimoiy soha, ijtimoi
y ta’minot, markazlashtirilgan
investitsiyalar, hokimiyat va boshqaruv organlari, mudofaa va
boshqalarning ehtiyojlarini qondi-
rishga yo’naltirilgan maqsadli fondlar
tashkil etiladi. Bunda, albatta, iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy
sohaning bo’linmalari va hokazolar o’rtasida mablag’larni qayta
taqsimlash sodir
bo’ladi.
Davlat byudjeti fondlari o’zining miqdoriga ko’ra ko’p sonlidir.
Ular davlat byudjetining barcha bo’g’inlarida va bo’linma-larida
yaratiladi. Shu bilan birgalikda, tashkil etilgan har bir yirik davlat
byudjeti fondlari nisbatan tor doiralarga mo’ljallangan boshqa
fondlarga bo’linadi. Masalan, “Iqtisodiyot xarajatlari” fondi alohida
tar-
moqlar fondi, ular esa, o’z navbatida, yana bir necha fondlarga
bo’linishi mumkin. Bularning hammasi davlat byudjetining asosi
sifatida umumdavlat pul fondi turli maqsadlarga mo’ljallanganligi,
ma’muriy hududlarga tegishliligi va o’zgaruvchanligi bilan
xarakterlanadigan ko’p sonli fondlar konglomeratidan iboratdir,
degan xulosa chiqarishga asos bo’la oladi. Bu fond ko’p sonli
taqsimlash kanallari orqali bir tomondan, xarajat qilinib, ikkinchi
tomondan esa, to’ldirilib boriladi.
Uchinchi bosqichda davlat byudjeti fondlari hududlar va
maqsadga mo’ljallanganligi bo’yicha xarajat qilinadi, ya’ni ko’pchilik
hollarda, bir mulkchilik shakli doirasida davlat byudjeti mablag’larini
qaytarilmaslik tarzida berish sodir bo’ladi. Ularning haqiqatda
sarflanishi esa byudjetni taqsimlash jarayonining oxirgi bosqichida
davlat byudjeti mablag’larini olganlar tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjetining xarajatlari, xuddi uning daromad-lari singari,
ikkiyoqlama xarakterga ega. Bir tomondan, bu davlatning xarajatlari,
boshqa tomondan esa
– sub’yekt-larning ixtiyoriga tushadigan
qaytarilmaydigan mablag’lar bo’lib, ularning daromadlariga aylanadi
va ular tomonidan turli maqsadlarga mo’ljallangan tegishli fondlarni
shakllantirishda foydalaniladi. Ana shu ik-kiyoqlama xarakter davlat
byudjeti
xarajatlarining
yakuniy
emas,
balki
taqsimlash
jarayonlarining oraliq bosqichi ekan-ligidan dalolat beradi. Bu yerda
davlat byudjeti fondlarining egasi
– davlat va pul mablag’larini
oluvchilar
– sub’yektlar o’rtasida yangi taqsimlash munosabatlari
paydo bo’ladi. Bu bosqichda (birinchisidan farqli o’laroq) davlat va
aholi o’rtasida bevosita taqsimlash munosabatlari vujudga kelmaydi.
Chunki bu bosqichda iste’mol maqsadlari uchun ajra-tilgan barcha
davlat byudjeti resurslari tegishli sub’yektlarning fondlarini (masalan,
ijtimoiy soha xodimlarining ish haqi fondi, ijtimoiy iste’mol fondlari va
boshqalar) shakl-
lantirishga yo’naltiriladi.
Daromadlar singari, davlat byudjetining xarajatlari ham
ob’yektiv
iqtisodiy (byudjet) kategoriya(si)dir. U kategoriya sifatida byudjetni
taqsimlash munosabatlarining ma’lum bir yakuniy qismini abstrakt
holda
umumlashtiradi.
Ularning
moddiylashuvi
byudjetdan
sub’yektlarga pul mablag’larining teskari oqimi bilan xarakterlanadi.
Bu munosabatlarning asosida moliya tizimining barcha
bo’lin-malariga
xos bo’lgan taqsimlash jarayoni – pul fondlarini shakllantirish va
ulardan foydalanish yotadi. Lekin bu yerda jarayon teskari tartibda
sodir bo’ladi: pul fond-larini shakllantirish ulardan foydalanishidan
oldin
sodir
etilmasdan,
davlat
byudjeti
mablag’laridan
foydalanuvchilarda fondlarning shakllanishiga olib keladi.
Davlat
byudjeti mablag’larini olgandan keyin sub’yektlar o’zlari-ning
pul fondlarini
tashkil qiladilar. Bu pul fondlari, o’z navbatida, ma’lum
maqsadlarga mo’ljallangan kichik fond-larga bo’linadi. Shuning uchun
ham davlat byudjetining xarajatlari tranzit
xarakterga ega bo’lib,
ularni tom ma’nodagi xarajatlar deb bo’lmaydi. Davlat byudjeti bu
xara-
jatlarning o’lchamini limitlashtiradi (biroq to’liq dara-jada emas),
xarajatlar esa sub’yektlarning o’zi tomonidan amalga oshiriladiki,
bunda byudje
tdan moliyalashtirish tartibida pul mablag’lari yo’naltiriladi
va shu
erning o’zida taqsimlashning yangi bosqichi boshlanadi.
Yuqorida bayon etilgan holatlarni inobatga olgan holda,
xarajatlar
emas,
balki
amalda
(haqiqatda)
byudjetdan
assignovaniyalari ajr
atiladigan mablag’larni tushunila-digan davlat
byudjetining xarajatlarini iqtisodiyot moliyasi bilan tenglashtirish
maqsadga muvofiq emas. Masalan, maorifga qilinadigan davlat
byudjeti xarajatlarini maorif moliyasi deb atash mumkin emas. Xuddi
shuningdek, mudofaa xarajatlarini Qurolli Kuchlar moliyasi deb
bo’lmaydi.
Davlat byudjeti kategoriyasi sifatida davlat byudjetining
xarajatlari o’zining turli shakllariga ega. Ular quyidagi ko’rinishlarda
bo’lishi mumkin:
– smetali moliyalashtirish (bunda korxona yoki tashkilot o’z
daromadlariga ega bo’lmasdan davlat byudjetining mablag’lari
hisobidan to’liq moliyalashtiriladi)
64
;
– davlatning korxona va tashkilotlariga mablag’ berish (bunda
moliyalashtirish ob’ektlari sifatida faqat kapital qo’yilmalar, aylanma
mablag’lar va operatsion xarajatlar maydonga chiqadi);
– dotatsiya va subventsiyalar (bunda davlat byudjeti rejali-
zararga ishlaydigan korxonalarning zararlarini qoplaydi) va
boshqalar.
Davlat byudjeti xarajatlari davlat byudjeti daromadlarining ayrim
shakllariga o’xshash baholarni shakllantirish bilan bog’liq bo’lishi
ham mumkin. Bunda davlat byudjeti xarajatlari tovar-larning bahosi
uning haqiqiy qiymatidan past darajada o’rnatilib, sotilganda vujudga
kelgan zararlarni qoplash manbai sifatida maydonga chiqadi.
“Davlat byudjetining xarajatlari” va “byudjetdan moliyalashtirish”
tushunchalari bir-biriga yaqin, lekin aynan bir-biriga teng
bo’lgan
tushunchalar emas. Agar davlat byudjetining xarajatlari davlat
byudjeti kategoriyasini ifoda etsa, byudjetdan moliyalashtirish esa
bu kategoriyaning amalda sub’yektlarga aloqador barcha tadbirlar
bilan
mablag’larni berish shaklidagi ifodalanishidir. Pul fondlarini shakl-
lantirish jarayoni byudjetdan tegishli sub’yektlarga mab-lag’lar
berilganidan so’ng ham davom etadi. Lekin u endilikda byudjetdan
tashqarida davom etib,
sub’yektlar (iqtisodiyot, ijtimoiy soha va
ularning
tarmoqlari,
korxo-nalar
va
boshqalar)
moliyasining
elementlarini tashkil etadi. Biroq yuqorida bayon etilgan usullarning
64
Biroq bozor iqtisodiyoti sharoitida shunday sub’yektlarga ham o’zining
asosiy faoliyati natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatmagan holda daromad
ishlab topish imkoniyati berilishi mumkin. Buning ustiga, hozirgi
sharoitdagi davlat va biznes hamkorligi ham, o’z navbatida, shuni taqozo
etadi.
birortasini mustaqil davlat byudjeti kategoriyasi sifatida talqin qilish
mumkin emas. Chunki ularning har biri davlat byudjeti kategoriyasi
hisoblangan davlat byudjeti xarajatlarining namoyon bo’lish
shaklidir.
Shunday qilib, davlat byudjetining iqtisodiy mazmuni deganda
umumdavlat pul fondini shakllantirish, mablag’-larni byudjetlar ichida
taqsimlash va sub’yektlarni byud-jetdan moliyalashtirish natijasida
vujudga keladigan, o’zaro bog’langan taqsimlash munosabatlarining
butun kom-pleksi tushuniladi.
Lekin ishlab chiqarish munosabatlari har doim buyum-lashgan
tarzda vujudga keladi. Bu munosabatlarning buyum-lashgan qatlami
yalpi ichki (milliy) mahsulot hisoblanadiki, u taqsimlash jarayonida
qiymat shaklida ishtirok etadi. Byudjetli taqsimlash munosabatlariga,
ichki jihatdan, qator iqtisodiy
qonunlarning ta’siri ostida bo’lgan
moliyaviy aloqalarning keng doirasi xarakterlidir. Davlat byudjeti
ko’p
sonli va
bo’lingan taqsimlash aktlarining majmui orqali yalpi ichki
(milliy) mahsulot harakatining asosiy
yo’na-lishlarida namoyon bo’ladi.
Aynan
davlat
byudjeti
iste’mol va jamg’arish fondlarining
shakllanishiga, iste’mol fondining qismlarga ajralishiga, sof
daromadning davlat va
sub’-ektlar o’rtasida bo’linishiga hal qiluvchi
ta’sir ko’rsatadi.
Davlat byudjetining turli belgilari va xususiyatlarining yuqorida
bayon qilingan tavsiflariga tayangan holda uning mohiyatini aniqlab
beruvchi quyidagi ta’rifni berish mumkin:
Dostları ilə paylaş: |