16-bob. Davlat byudjeti
16.1. Davlat byudjetining mohiyati, funksiyalari va ahamiyati
Davlat byudjeti kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir
bosqichida paydo bo’lgan. Davlat byudjeti tashkil etishga ehtiyoj,
eng avvalo, siyosiy tashkilot sifatida davlatning vujudga kelishi bilan
bevosita bog’liqdir. Har bir davr ijtimoiy tuzumiga tegishli bo’lgan
ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy belgilari davlat faoliyati va
davlat byudjetiningtaqsimlash mexanizmi sifatidagi mazmunini belgilab
beradi.
Hozirgi sharoitda davlat byudjeti ijtimoiy (ishlab chiqarish)
munosabatlarning bir qismini ifoda etib, davlatning ixtiyoriga
mamlakatda yaratilgan yalpi ichki mahsulot va milliy daromadning
muayyan qismini to’plash va uni jamiyat taraqqiyotining turli
sohalarini (iqtisodiyot, maorif, sog’liqni saqlash, fan, madaniyat,
ijtimoiy ta’minot, boshqaruv, mudofaa va boshqalar) mablag’ bilan
ta’minlash imkonini beradigan muhim taqsimlash vositasi
(instrumenti)dir.
Mohiyatiga ko’ra davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining
tarkibiy qismi bo’lib, shunga mos ravishda moliya tizimiga doir
barcha belgi (xususiyat)larga ega va unga
tegishli bo’lgan barcha
funksiyalarni bajaradi. Bir
vaqtning o’zida, davlat byudjeti faqat o’ziga
xos bo’lgan xarakterli xususiyatlarga ham egadirki, ular o’z
navbatida, davlat byudjetini moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan
ajrati
b turadi va unda markaziy o’rinni egallashga asos bo’ladi.
Uning ana shunday xususiyatlaridan biri bevosita davlatga tegishli
ekanligidir. Haqiqatdan ham har bir mamlakatda davlat barcha
moliyaviy munosabatlarning tashkilotchisi bo’lsa-da, uning bu xislati,
ya’ni mamlakatning moddiy va moliyaviy resurslarni asosiy
taqsimlovchi sifatidagi roli faqat byudjetda katta kuch bilan namoyon
bo’ladi.
Davlat byudjeti juda keng qamrovli va murakkab tushuncha
bo’lib,
uni
boshqarishda
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi, tegishli kodeks, qonun, farmon, qaror va qonunosti
hujjatlari huquqiy asos bo’lib xizmat qiladi. Ularning ichida eng
muhimlaridan biri “O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti
Kodeksi” hisoblanadi”
63
.
Yagonalik (birlik) va yuqori darajada markazlashuv davlat
byudjetining muhim xususiyatlaridandir. Turli
ma’muriy-hududiy
63
Darslikning davlat byudjeti bilan bog’liq boblarini tayyorlashda
mazkur kodeks
muhim manba
sifatida ishlatildi.
byudjetlar
ko’pligiga
qaramasdan,
ularning
barchasi
quyi
bo’g’inlarning yuqori bo’linmalarga ketma-ket bo’ysunishiga rioya
qilgan holda yagona davlat byudjetiga birlashadi. Bir
vaqtning o’zida
davlat byudjeti resurslarini shakllantirish va ulardan foydalanishda
demokratizm printsiplariga ham rioya qilinadi. Chunki davlat
hokimiyatining
barcha
organlari
o’zlarining
davlat
byudjeti
mablag’lariga ega va o’zlariga tegishli davlat byudjeti huquqlaridan
foydalanadilar. Davlat byudjetiga xos ana shu xarakterli belgilar
mabla
g’lar bilan manyovr qilish va davlat byudjeti siyosatini oqilona
tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Moliya tizimining boshqa bo’linmalaridan farqli holda, davlat
byudjetida, ikki tushunchaning terminologik qo’shi-lishi mavjud: 1)
davlat byudjeti
– iqtisodiy (moliyaviy) kategoriya sifatida; 2) davlat
byudjeti
– mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifatida. Ayrim
hollarda davlat byudjetining mohiyati faqat mamlakatning asosiy
moliyaviy rejasi sifatida talqin etiladi. Buni to’g’ri deb e’tirof etib
bo’lmaydi. Chunki iqtisodiyotga tegishli bo’lgan har qan-day reja u
yoki bu iqtisodiy kategoriyaning namoyon bo’lish shakllaridan biri
hisoblanadi. Shunga muvofiq ravishda, davlatning asosiy moliyaviy
rejasi davlat byudjeti (umumdavlat moliyasi) kategoriyasining
namoyon bo’lish shaklidir. Ya’ni davlat byudjeti davlatning asosiy
moliyaviy rejasi sifatida iqtisodiy kategoriya va byudjetga xos bo’lgan
xususiyatlar majmuining namoyon bo’lishidir. Iqtisodiy kategoriya va
mamlakatning asosiy moliyaviy rejasi sifati-
da ularning “davlat
byudjeti” deb bir xil nomlanishi predmetning mohiyatini o’zgartirmaydi
va davlat byudjetini iqtisodiy (moliyaviy) kategoriyalar tarkibidan
chiqarishga asos bo’la olmaydi. Bundan kelib chiqadigan asosiy
xulosa shuki, davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki
tushunchaning qo’shilishini tushunmoq kerak: 1) davlat miqyosida
yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash natijasida vujudga keladigan
iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya); 2) shu
kategoriyaning na
moyon bo’lish shakli sifatida davlatning asosiy
moliyaviy rejasi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlashning moliyaviy vositasi
(instrumenti) sifatida davlat byudjeti boshqa xususiyatlarga ham ega.
Agar moliya yordamida taqsimlash qiymatning shakllari
o’zgargan
sharoitda va ko’plab oldi-sotdilar natijasida amalga oshirilsa, yalpi
ichki (milliy) mahsulotning davlat byudjeti orqali taqsimlanishi
ma’lum
darajada, almashuvdan ajralgan holda sodir bo’ladi. Qiymatning
davlat
byudjeti
orqali
harakatlanishi
moddiy
mahsulotning
harakatidan to’liq uziladi va sof qiymat xarakterini kasb etadi. Faqat
davlat
byudjetidan
tashqarida,
davlat
byudjeti
resurslari
sarflanayotganda taqsimlash va almashuv operatsiyalarining qayta
qo’shilib ketishi sodir bo’ladi.
Moliya tizimining boshqa barcha bo’linmalari va iqtisodiy
(moliyaviy) kategoriyalar (baho, ish haqi, kredit va boshqalar) bilan
chambarchas bog’liqligi ham davlat byudjetiga xos xususiyatdir.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda u orqali amalga
oshiriladigan taqsimlash jarayonlarining mazmunini ko’rib chiqish
alohida ahamiyat kasb etadi.
Yalpi ichki (milliy) mahsulotni davlat byudjeti orqali taqsimlash bir
vaqtning o’zida, o’zaro bog’langan va ma’lum darajada mustaqil
bo’lgan uch bosqichdan iborat bo’ladi:
1) umumdavlat pul fondini shakllantirish (davlat byudjeti
daromadlari);
2) hududiy va
ma’lum maqsadlarga mo’ljallangan ko’p sonli davlat
byudjeti fondlarini yaratish;
3) davlat
byudjeti
fondidan
foydalanish
(davlat
byudjeti
xarajatlari).
Davlat
byudjeti
orqali
yalpi
ichki
(milliy)
mahsulotni
taqsimlashning bu bosqichlari bir vaqtning o’zida va uzluksiz sodir
bo’lsada, bu ularning nisbatan alohidaligini ham inkor etmaydi. Bu
bosqichlarni bo’lish va ularni alohida-alohida ko’rib chiqish orqali
byudjetli taq
simlashning xarakteri, shakli va metodlari to’g’risida
osonroq va aniqroq tasavvur hosil qilish mumkin.
Birinchi bosqichda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli pul
mablag’larining bir qismi davlatning qo’lida to’planishi (jamlanishi)
sodir bo’ladi. Ana shu asosda mablag’larni oluvchi sifatida davlat
bilan mablag’larni to’lovchilar o’rtasida moliyaviy (byudjet)
munosabatlar vujudga keladi. Bu munosabatlar, asosan, majburiylik
xarakteriga egadir. Bu bosqichdagi taqsimlash jarayonlarining
xarakterli xususiyati shundaki, byudjetga tushuvchi
mablag’lar ajratib
olingan bo’lib, ular qat’iy chegaralanmagan. Ularning barchasi hozircha
yagona
maqsadga
– umumdavlat ehtiyojlarini qondi-rishga
yo’naltirilgan. Davlat pul fondining alohidaligiga aniq maqsadlarga
mo’ljallangan fondlarni kristallizatsiya qilish boshlanganda barham
beriladi.
Davlat byudjeti fondini shakllantirishda ikki xil tushunchadan
foydalaniladi:
1) byudjetga
to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va boshqalar);
2) davlat byudjetining daromadlari.
Bu tushunchalar bir xil ma’noni anglatadi. Chunki ularning
ikkalasi ham davlat va
mablag’ to’lovchilar o’rtasida vujudga
keladigan bir xildagi taqsimlash munosabatlarini ifoda etadi. Bu
yerda faqat ma’no jihatidan emas, balki miqdoriy jihatdan ham bir
xillikka erishilgan. Zero, ularning har ikkalasi ham milliy daromadning
yagona qismiga tegishlidir. Biroq bu tushunchalarning ikkiyoqlamalik
xarakterga egaligini ham unutmaslik lozim.
Davlat byudjetiga to’lovlar (soliqlar, ajratmalar, bojlar va
boshqalar), eng avvalo, to’lovchilarning xara-jatlaridan iborat bo’lib,
ularning daromadlaridan chegirilsada, bir vaqtning o’zida ular davlat
byudjetida davlatning daromadlari sifatida gavdalanadi. Ana
shundan taqsimlash munosabatlariga kirishgan ishtirokchilar (tomon-
lar) o’rtasidagi manfaatlarda ba’zi bir farqli jihatlar vujudga keladi.
Davlat davlat byudjetiningdaromadlarini oshi-rishdan manfaatdor
bo’lsa, bu narsa u yoki bu darajada to’lovchilarning (yuridik va
jismoniy
shaxslarning)
manfa-atdorligini
(qiziquvchanligini)
pasaytiradi.
Shunday qilib, “byudjetga to’lovlar” va “davlat byudje-tining
daromadlari” tushunchalari yuqorida ko’rsatilgan umumiylikka ega
bo’lsalar-da, bir vaqtning o’zida, ular o’rtasida ob’yektiv farqlar ham
mavjud. Byudjetga to’lovlar xo’jalik yurituvchi sub’yektlar yoki
to’lovchilar moliyasining tarkibiy elementlaridan hisoblanadi va
boshqa taqsimlash munosabatlari bilan o’zaro organik bog’liqlikda
ko’riladi; davlat byudjetida ular daromadlar shaklini oladi va davlat
byudjetiningsu
b’yektlar
(xo’jaliklar)
bilan
davlat
byudjeti
munosabatlari keng sohalarining boshqa elementlari bilan o’zaro
bog’liqlikda tahlil qilinadi. Bu holda, taqsimla-nayotgan milliy
daromadning yagona qismi ikki xil iqtisodiy mazmun kasb etadi va
moliya tiziminin
g turli bo’lin-malarida turlicha ko’rinishga ega bo’ladi.
Davlat byudjetining daromadlari o’zining yaxlitligi (yagonaligi,
birligi) bilan farqlanadi va ular yagona maqsadga
– ijtimoiy
ehtiyojlarni
qondirishga
xizmat
qiladi.
Undirish
metodlari,
to’lovchilarning tarkibi, to’lash muddat-lari va hokazolarda katta
farqlanishlar
bo’lishiga qara-masdan, ularning barchasi davlat pul
fondini
shakllantirish bo’yicha davlat va to’lovchilar o’rtasida vujudga
kelgan taqsimlash munosabatlarini tashuvchilar (ifodalovchilar)dir. Bu
o’z navbatida, mablag’larni to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi
munosabatlarning
barchasi
orasidan
moliyaviy
(byudjet)
kategoriyaning bir
ko’rinishi sifatida alohida munosabatlarni ajratib
olishga asos yaratib beradi. Agar
Dostları ilə paylaş: |