T. Malikov O. Olimjonov moliya


moliya  iqtisodiy kategoriya sifatida  e’tirof etilgan bo’lsa,  davlat byudjeti



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

moliya 
iqtisodiy kategoriya sifatida 
e’tirof etilgan bo’lsa, 
davlat byudjeti 
bu kategoriyaning tarkibiy qismi, 


ko’rinishlaridan biridir. O‘z navbatida, davlat byudjeti o’ziga tegishli 
bo’lgan (byudjet) kategoriyalarni vujudga keltiradi. Ular 
davlat 
byudjeti 
deb nomlangan kategoriyaga nisbatan 
ma’lum darajada 
bo’ysunuvchanlik xarakteriga ega bo’lib, uning tarkibiy qismlari sifatida 
maydonga chiqadi. Ana shunday davlat byudjeti kategoriyalaridan 
biri 
davlat byudjetining daromadlaridir. 
Davlat byudjeti daromadlarining 
davlat byudjeti kategoriya- 
larining ko’rinishlaridan biri sifatida ajratilishi ularning umumiy 
iqtisodiy asoslari va xarakterli belgilarini yaxshiroq tushunishga 
imkon yaratadi. Davlat byudjeti daromadlari davlatning sub’yektlar 
(xo’jaliklar va aholi) bilan o’zaro munosabatlarining aniq 
chegaralangan, aniq-langan qismini ifoda etadi. Bu munosabatlar 
xilma-
xil bo’lishiga qaramasdan, ular umumiy belgilarga ega va 
umumlashtirilgan, 
abstrakt 
holda 
ishlab 
chiqarish 
(byudjet) 
munosabatlarining alohida elementi sifatida maydonga chiqadi. Davlat 
byudjeti daromadlari 
o’zlarining iqtisodiy tabiatiga ko’ra ob’yektiv bo’lib, 
ular 
davlatning sub’yektlar (xo’jaliklar va aholi) bilan barqaror 
aloqalarini ifodalaydi. Ularning ob’yektiv zarurligi davlatning o’ziga xos 
funksiyalarga ega 
bo’lgan mavjudligi bilan belgilanadi. 
Keng ma’noda daromadlar moliya fanining emas, balki iqtisod 
ilmining kategoriyasi hisoblanadi. Ular taqsimlash ob’yekti (masalan, 
korxonaning yalpi yoki sof daromadi) yoki taqsimlash natijasi 
(masalan, aholining oxirgi daro-
madlari) bo’lishi mumkin. Davlat 
byudjeti daromadlarining farqlanuvchi belgisi shundan iboratki, ular 
taqsimlash natijasi (byudjetga to’lovlar) va yanada taqsimlash 
ob’yekti (davlat byudjeti ichidagi fondlarni shakllantirish va moliya- 
lashtirish) sifatida maydonga chiqadi. Demak, davlat byudjetining 
daromadlari aniq ifodalangan davlat byudjeti kategoriyasi bo’lib, 
ularni shakllantirish va ulardan foydalanish taqsimlashning davlat 
byudjeti mexanizmi orqali amalga oshiriladi. 
Davlat byudjeti daromadlarining turli ko’rinishlarini (qo’shilgan 
qiymat solig’i, aktsizlar, daromad solig’i va boshqalar) davlat byudjeti 
kategoriyalarining navbatdagi ko’rinish-lari sifatida talqin qilish uchun 
asoslar etarli emas. Chunki mazmuniga 
ko’ra iqtisodiy kategoriyalar 
ob’yektiv bo’lib, ular iqtisodiy qonunlarning harakatini ifodalasa, 
ularning namoyon bo’lish shakli esa, ma’lum darajada, sub’yektiv 
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham daromadlarning har bir 
ko’rinishiga tegishli bo’lgan xususiyatlar ob’yektiv harakatdagi 
(amaldagi) iqtisodiy kategoriyaning 
– davlat byudjeti daromadlarining 
namoyon bo’lish, ifodalanish shaklidir. Bu xulosaning to’g’riligini ko’p 
yillik amaliyot ham tasdiqlaydi. 


Davlat bor ekan, davla
t byudjetiga to’lovlar ham mavjud bo’ladi. 
Lekin byudjetga to’lovlarning shakli ma’lum bir bosqichda 
jamiyatning oldiga qo’yilgan vazifalarga muvofiq ravishda o’zgarib 
boradi. Tarixiy taraqqiyotning ma’lum bir bosqichida byudjetga 
to’lovlarning u yoki bu turi hal qiluvchi rol o’ynashi, vaqt o’tishi bilan 
esa ular o’z ahamiyatini yo’qotib, boshqa to’lovlar bilan 
almashtirilishi mumkin. Bu esa, o’z navbatida, 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin