mamlakatning asosiy
moliyaviy rejasi
ko’ri-nishida qonuniy rasmiylashtirilgan, davlat
pul fond-larini yaratish (shakllantirish) va ulardan foydalanish
borasidagi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar majmui davlat
byudjeti deyiladi.
Davlat byudjetiga uning faqat amaliy ahamiyatini tavsiflovchi
q
uyidagicha
ta’rif
berish
ham
mumkin:
“O‘zbe-kiston
Respublikasining Davlat byudjeti (Davlat byud-jeti)
– davlatning
davlat vazifalari va funksiyala-
rini moliyaviy jihatdan ta’minlash
uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul jamg’armasi”65.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa
taqsimlash instrumentlari va moliya tizimining bo’lin-malari bilan
o’zaro aloqalari muhim rol o’ynaydi. Shu bois ta’kidlash joizki, davlat
byudjeti jamiyatning boshqa taqsimlash instrumentlari (baho, kredit,
ish haqi va bosh-
qalar) va moliya tizimining bo’linmalari bilan uzviy
bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik davlat byudjetining
65
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”: T.: “Adolat”,
2014 y. - 9-b.
mohiyatidan, taqsimlash
munosabatlari tizimidagi roli va o’rnidan
kelib chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy taq-simlash mexanizmi
sifatida
foydalanadi,
u
ijtimoiy-iqtisodiy
hayotdagi
nisbat
(proportsiya)larni tartibga solishga yordam beradi.
Davlat byudjetining baho
bilan o’zaro bog’liqligi ikki yoqlamalik
xarakterga ega. Bir tomondan, davlat byudjeti baho mexa-nizmidan
moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun foyda-lanadi. Masalan, davlat
byudjeti daromadlarning bir qismi
qo’shilgan qiymat solig’i shaklida
bo’lib, bu soliq bahoning, aniqrog’i, sof daromadning elementlari
tarkibiga kiradi. Bu baho
ko’rinishida davlat byudjeti tomonidan sof
daro-madning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida
mexanizm rolini o’ynamoqda. Boshqa tomondan esa, davlat byudjeti
mol
etkazib beruvchilarning yo’qotganlarini qop-lash (kompensatsiya
qilish) yo’li bilan bahoning qiymatdan farqlanishida moliyaviy
imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham ishtirok etadi.
Masalan, mamla-
katimizda agrar soha uchun qishloq xo’jaligi
texnikalari va mineral o’g’itlar etkazib berish bu sohada faoliyat ko’r-
satuvchi sub’yektlarga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda
amalga oshirilib, baholar o’rtasidagi farq davlat byudjeti hisobidan
qoplanadi. Bunday hollarda davlat byudjeti baholarni shakllantirish
mexanizmidan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tarmog’ini bilvosita
qo’shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb
etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi ham
xuddi shu mexanizmga asoslangan.
Davl
at byudjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan o’zaro
bog’liqligi ham o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo,
amaliyotda davlat byudjeti va kredit resurslarining o’zaro
almashuvchanligi
tarkib
topganligini
e’tirof
etish
kerak.
Mablag’larning kredit va davlat byudjeti manbalari bir-birini to’ldirib
turishi mumkin. Albatta, bunday o’zaro ta’sirchanlik (bog’liqlik)
ob’yektiv ravishda o’zining chegara-siga ega bo’lib, undan chetga
chiqish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Masalan,
shunday fa
oliyat sohalari va moliyalashtirish ob’ektlari mavjudki,
unda faqat davlat byudjeti va aksincha, faoliyatning tijorat turlarida,
asosan, kredit hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin.
Davlat byudjeti va kreditning o’zaro bog’liqligi bank-larning kredit
resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon
bo’ladi.
Davlat byudjeti, avvalo, zarur hollarda banklarning qat’iy passivlarini
shakllantirish-ning muhim manbai sifatida maydonga chiqadi. Ular,
o’z
navbatida, uzoq muddatli kreditlashtirish (ustav fondi, zaxira fondi,
banklarning kredit resurslarini to’ldirish uchun ajratiladigan davlat
byudjeti mablag’lari va boshqalar) uchun zarur. Bundan tashqari,
davlat byudjeti hisobvaraqlarida va davlat byudjeti tashkilotlarining
hisobvaraqlarida bo’lgan davlat byud-jetining vaqtincha bo’sh
mablag’lari qisqa muddatli kredit-lashtirish yo’li bilan banklarning
kredit resurslarini to’ldirishi mumkin. Shu bilan birgalikda,
banklarning kredit operatsiyalari daromadlarni shakllantirib, bu
ularning daromadining
bir qismini byudjetga olishda manba bo’lib
xizmat qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan
uzviy bog’langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan
xodimlarning ish haqi fondini shakllantirishda davlat byudjetining
mablag’lari hal qiluvchi rol o’ynaydi.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o’rin
egallab, uning barcha bo’linmalari bilan bog’langan. Bunday
bog’lanish ikki yo’nalish – byudjetga to’lovlar va byudjetdan
moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa
bo’linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi:
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati
namoyon bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga
oshirilayotgan taqsimlash munosabatlarining mazmu-nida yaqqol
ko’rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga oshiriladigan taqsimlash bu
jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning uchun ham davlat
byudjetining taqsimlash funksiyasi o’ziga xos bo’lgan xususiyatga
ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta
taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida
davlat byudjeti mablag’lari (byudjetga to’lovlar) milliy daromadda
davlatning ulushi sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi
bosqichida esa ana shu ulush qismlarga bo’linadi va ko’p sonli
kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va fondlarni
shakllantirishga
yo’naltiriladi.
Aholining byudjetga to’lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga
ega. U
larning byudjetga turli soliqlar ko’rinishida kelib tushishi
ikkinchi taqsimlash aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada
faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar tomonidan turli ko’rinishdagi
soliqlarning byudjetga to’lanishi ham bu mablag’larning ko’p sonli
t
aqsimlash bosqichlaridan o’tishini taqozo etadi. Chunki juda ko’p
hollarda bu mablag’lar ancha oldinroq davlat byudjeti yordamida
taqsimlanish bosqichidan o’tib, ijtimoiy sohaga davlat byudjeti
mablag’lari shaklida etib borgan bo’ladi.
Demak, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy
daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning davlat
byudjeti mexanizmi orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta
taqsimlanishi) mumkin. Bu davlat byudjeti taqsimlash funksiyasining
birinchi xarakterli xususiyatidir.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko’lamining, pul oqimlarining
kengligi va tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi davlat
byudjeti
taqsimlash
funksiyasining
ikkinchi
xususiyati
bo’lib
hisoblanadi. Davlat byudjeti yalpi ichki (milliy) mahsulotning kattagina
qismini taqsimlab, turli maqsadlarga mo’ljallangan turli fondlarni shakl-
lantiradi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning barcha
bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli
xususiyati shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy ob’yekti
bo’lib jamiyatning sof daromadi (qo’shilgan qiymat solig’i, foyda va
boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin bu milliy daromad, yalpi ichki
(milliy) mahsulot va milliy boylikning boshqa elementlarining ham
qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Davlat byudjeti
orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari ham qayta
taqsimlanadi. Shuningdek, davlat byudjeti mexani
zmi orqali xo’jalik
yurituvchi sub’yektlar o’rtasida ham mablag’-lar qayta taqsimlanishi
mumkin.
Davlat byudjeti kanallari bo’yicha qiymatning jamg’arish va
iste’mol fondlari tomon harakati sodir bo’ladi. Iqtiso-diyotga
xarajatlarning ma’lum bir qismi, markazlash-tirilgan investitsiyalarni
moliyalashtirish va ijtimoiy sohani saqlash bilan bog’liq bo’lgan xa-
rajatlarning asosiy qismi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan
amalga oshiriladi. Davlatning moddiy rezervlari o’sgan qismining
hammasi ham byudjetdan
to’liq moliyalash-tiriladi. Davlat byudjeti
ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning asosiy manbai bo’lib
xizmat qiladi, ijtimoiy soha xodimlari
uchun iste’mol fondining
yaratilishini
ta’minlaydi.
Davlat byudjeti orqali ta
qsimlash jarayoni ko’p bosqichda
amalga oshiriladi. Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohala-rida
(birlamchi taqsimlash) amalga oshirilsa, davlat byudjeti orqali yalpi
ichki
(milliy)
mahsulotning
ikkilamchi
taqsimlanishi
(qayta
taqsimlanishi) sodir
bo’ladi. Uning uchinchi bosqichi (byudjetdan
moliyalashtirish) iqtisodiyot va ijtimoiy soha-
larning bo’linmalarini
qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning
ayrim elementlari davlat byudjeti orqali ko’p martalab ham
taqsimlani-shi mumkin. Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining
ijtimoiy sug’urta fondiga to’lovlari byudjetli taqsimlashning mahsulidir.
Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi byudjetdan moliyalash-
tirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning ikkinchi
bosqichidan o’tib, ular yana ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar shaklida
byudjetga kelib tushadi.
Shunday
qilib,
davlat
byudjetining
taqsimlash
funksiyasi
taqsimlashning
ko’p martaligi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy
munosabatlarning barcha so
halarida namoyon bo’ladi. Jamiyat
iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan, san’at,
mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan
foydalanadi. Faqat davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy)
mahsulotni taqsimlash-ning ana shunday xilma-xil shakllari va
metodlari namoyon
bo’ladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Davlat byudjetiningmilliy iqtisodiyot bilan uzviy
bog’liqligi takror ishlab chiqarishning barcha bo’lin-malarida
ahvolning qandayligi
to’g’risida ma’lumotlar bilan doimiy ta’minlab
turadi.
Mablag’larning byudjetga kelib tushishi, byudjetdan ajratiladigan
mablag’larning yo’nalishi va ulardan foyda-lanish ishlab chiqarish,
taqsimlash,
almashuv
va
iste’mol-dagi
muvaffaqiyat
va
kamchiliklarni
ifoda
etadi.
Ular
milliy
iqtisodiyotda
nomutanosibliklarning
vujudga
kelayotganligi,
rivojlanish
sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo’layotgan
taqsimlash jarayon-
larining to’g’riligi va o’z vaqtida amalga
oshirilayotganligi, ishlab chiqarishning samaradorligi va hokazolar
to’g’risida go’yo signal berib turadi. Milliy iqtisodiyotning istalgan bir
sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli, albatta, davlat byudjeti
bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarga – soliqlarga, to’lovlarga,
byudjetdan moliyalashtirish hajm-
lariga va hokazolarga ta’sir
ko’rsatadi. Demak, davlat byudjeti orqali rejadan og’ish tufayli
tarmoqlararo moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproportsiyalar,
jamg’arma-larning hajmi, mablag’larni o’zlashtirish sur’atlari va
bo
shqalardagi o’zgarishlar yaqqol ko’rinib turadi. Bularning barchasi
davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik, universallik
xarakterini beradi (birinchi xususiyat).
Bu esa, o’z navbatida, milliy
iqtisodiyotni boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan
keng foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi
xarakterli xususiyat moliyaviy munosabat-larning alohida sohasi
sifatida davlat byudjetining yuqori darajada markazlashtirilganligidan
kelib chiqadi. Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida
quyi organlarning hisobot berib turishi-
ni, ma’lum ketma-ketlikda
bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu esa, o’z navbatida,
yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil etishga
shart-sharoit yaratib beradi.
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat
funksiyasiga tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Davlat byudjeti
davlatniki
bo’lganligi uchun uning nazorat funk-tsiyasi milliy
iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri hisoblanadi. Nazorat
funksiyasining
ob’yektiv ravishda byudjetga xosligi, uning iqtisodiy
kategoriya sifatidagi xususiyati davlatning huquqiy asosga egaligini
taqozo etadi. Shuning uchun ham davlat byudjeti nazorati
o’ta
ta’sirchan va samarali hisoblanadi. Davlat bunday nazoratni amalga
oshira borib,
sub’yektlarning moliyaviy faoliyatiga tezkor ravishda
aralashuvi,
kerakli hollarda esa, u yoki bu jazolarni qo’llashi mumkin.
Ob’ektiv ravishda byudjetga xos bo’lgan nazorat funk-tsiyasi
faoliyatning barcha sohalarida davlat tomonidan keng
qo’llaniladi.
Byudjetni
rejalashtirish jarayonlarida va uni ijro etishda sub’yektlar
faoliyatining barcha tomonlari tekshirilishi yoki nazorat qilinishi
mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi maqsadlarni
ko’zda
tutadi:
1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul
mablag’larini jalb qilish;
2)
mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
3) moliyaviy (byudjet) mexanizm orqali ishlab chiqarish-ning
samaradorligini oshirish.
Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mohi-yatini ifoda
etib, byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o’zini
namoyon etadi.
Davlat byudjetiningtaqsimlash va nazorat funksiyalari o’z
harakatlari davomida miqdoriy va sifat tomonlarga egadir.
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning
hajmini ifodalashi bilan xarakterlanadi. Bunda turli fondlarning
nisbatlari va ularning miqdoriy para-
metrlarini to’g’ri aniqlash
nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki funksiyaning harakati bir xilda
muhimdir. Agar davlat byudjetiningtaqsimlash funksiyasi u yoki bu
fondni oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan uni ko’zlangan darajaga
etkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana
shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini
aniqlashga imkon beradi.
Taqsimlashning
sifat
tomoni
davlat
byudjeti
tomonidan
sub’yektlar faoliyatiga har tomonlama faol ta’sir ko’r-satadi va o’zida
chuqur aloqalarni ifodalaydi. Byudj
etdan moliyalashtirishdan to’g’ri
foydalangan holda fondlarning shakllantirilishi davlat byudjeti
mablag’larini iqtisod qilib, ulardan samarali foydalanishiga, iqtisod
rejimiga rioya qilinishiga, sub’yektning barcha bo’linmalarida
samara-dorlikni
oshirishga
xizmat
qiladi.
Bunga
davlat
byudjetiningtaqsimlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bo’ysun-
dirilganda
emas,
balki
u
sifat
ko’rsatkichlariga
ham
bog’langandagina
erishilishi
mumkin.
Bu
holatda
davlat
byudjetiningnazorat funksiyasi ham o’z yo’nalishini biroz o’zgartiradi:
u faqat fondlarning miqdoriy jihatdan
nomuvofiqligi to’g’risida emas,
balki ana shu nomuvofiq-
liklar sifat ko’rsatkichlariga ham ta’sir
ko’rsatganligi to’g’risida signal beradi.
Davlat byudjetining ikkala funksiyasidan foydalanish natijasida
Dostları ilə paylaş: |