17.2. Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilishi va
ularning klassifikatsiyasi
Davlat byudjeti daromadlari o’zlarining manbalari, ijtimoiy-iqtisodiy
xarakteri, mulkchilik shakli, soliq va
to’lovlarning turi, mablag’larning
tushish shakli, ularni byudjetga undirish metodlari va hokazolarga
muvofiq tasniflanishi (klassifikatsiya qilinishi) mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi
guruhlarga bo’linadi:
soliq shaklidagi daromadlar;
soliq bo’lmagan daromadlar;
tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul
mablag’lari.
Davlat byudjetiningsoliq shaklida oladigan daromadlari tarkibi
mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va
yig’imlari, mahalliy soliqlar va yig’imlar, bojxona bojlari, boj yig’imlari
va boshqa boj to’lovlari, davlat boji, penya va jarimalardan iborat.
Soliq bo’lmagan daromadlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
davlat mulkidan foydalanishdan olingan daromadlar (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va
yig’imlardan so’ng);
davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli
xizmatlardan kelgan daromadlar ( soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi
qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng);
fuqarolik-
huquqiy, ma’muriy va jinoiy choralarni qo’llash
natijasida olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar,
kompensatsiyalar va
davlat sub’yekt-lariga etkazilgan zararlarni tiklash
bo’yicha olingan mablag’lar va majburiy undirilgan boshqa
mablag’lar;
moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti
ssudalari va davlat byudjeti kreditlaridan tashqari);
soliq xarakteriga ega bo’lmagan boshqa daromadlar.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibida tushum-larning
quyidagi ko’rinishlari ham hisobga olinishi mumkin:
davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida
ijara haqi yoki boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar;
kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mab-
lag’larining qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar;
davlatga tegishli mol-mulkni garovga yoki ishonchli boshqaruvga
berishdan olinadigan mablag’lar;
qaytarish va haq olish asosida boshqa byudjetlarga, xorijiy
davlatlarga yoki boshqa yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti
mablag’laridan foydalanganlik uchun haq;
davlatga qisman tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari ustav
kapitalining hissasiga yoki aktsiyalar bo’yicha dividendlarga to’g’ri
keladigan foyda ko’rinishidagi daromadlar;
davlat unitar korxonalari foydasining bir qismi (soliqlar va
yig’imlar to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va
yig’imlardan so’ng);
davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida
olinadigan qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar.
Davlat byudjetiningdaromadlar qismini to’ldirishning manba-
laridan biri davlat byudjeti tizimida boshqa darajada turgan byudjetdan
dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidi
yalar yoki mablag’larni
qaytarilmaslik va tiklamaslikning boshqa shakllarida olinadigan
moliyaviy yordamdir. Bunday moliyaviy yordamlar mablag’larni
oluvchi davlat byudjetining daromadlarida
o’z ifodasini topishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxslardan, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar
hukumatlaridan qaytarilmaydigan
yoki tiklan-maydigan shaklda
o’tkazilayotgan mablag’lar ham davlat byudjetiningshunday daromadlari
tarkibiga kiradi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida Davlat byud-jetining
daromadlari quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilmoqda
72
soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar;
davlat aktivlarini joylashtirish, foydalanishga berish va
sotishdan olingan daromadlar;
meros, hadya huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul
mablag’lari;
yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan
tushadigan qaytarilmaydigan pul tushum-lari;
rezident-yuridik shaxslarga berilgan davlat byudjeti ssuda-larini
va chet davlatlarga ajratilgan kreditlarni to’lash hisobidan
to’lovlar;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar hisobidan
shakllantiriladi.
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjeti
daromadlari
73
quyidagi manbalar hisobidan shakllanti-rilmoqda:
1) umumdavlat soliqlari, shu jumladan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig’i;
yagona soliq
to’lovi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig’i;
qo’shilgan qiymat solig’i;
aktsiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
2) bojxona bojlari;
3)
qo’shimcha foyda solig’i;
4) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar
bo’yicha foyda
keltiradigan mahsulotdagi davlat ulushi;
72
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning 50-moddasi.
- T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
73
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”
51-moddasi
: T.:
“Adolat”, 2014 y. -
9-b.
5) boshqa daromadlar.
Boshqa daromadlarga imzoli bonus va tijoratbop topilma
bonusi to’lanishidan tushgan tushumlar, qonun huj-jatlariga muvofiq
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetiga yo’naltiriladigan
davlat bojlari, yig’im-lar, tovon pullari, kompensatsiya to’lovlari jarima
sank-
tsiyalari va davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni
realizatsiya
qilishdan
tushgan
tushumlar,
davlat
aktivlarini
joylashtirish, foydalanishga berish va sotishdan belgi-langan
normativlar bo’yicha olingan daromadlar, meros, hadya huquqi
bo’yicha davlat mulkiga o’tkazilgan pul mablag’lari, yuridik va
jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan
qaytarilmaydigan
pul
tushumlari,
rezident-yuridik
shaxslarga
berilgan davlat byudjeti ssudalarini, chet davlatlarga berilgan
kreditlarni to’lash hisobidan to’lovlar, aktsiyalarning davlat ulushi
(payi) bo’yicha dividendlar (daromadlar), bundan mahalliy davlat
hokimiyati organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar)
mustasno, mobil aloqa xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar (uyali
aloqa kompaniyalari) tomonidan abonent raqamidan foydalanganlik
uchun to’lov, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining foydasi
va qonun hujjat-lariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetining, viloyat-lar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daro-madlari quyidagi
manbalar hisobidan shakllantirilmoqda
74
:
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari,
shu jumladan:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig’i;
yagona soliq
to’lovi;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad
solig’i;
tadbirkorlik
faoliyatining
ayrim
turlari
bo’yicha qat’iy
belgilangan soliq;
qo’shilgan qiymat solig’i;
aktsiz solig’i;
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy
to’lovlar, shu
jumladan:
benzin, dizel yoqilg’isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan
soliq;
mol-
mulk solig’i;
74
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi” 52 modda: T.:
“Adolat”, 2014 y. - 9-b.
yer
solig’i;
yagona yer
solig’i;
ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va
ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish uchun yig’im;
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet
davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa
daromadlarga davlat daromadiga o’tkazilgan mol-mulkni realizatsiya
qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan,
foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar
bo’yicha
olingan
daromadlar,
qonun
hujjatlariga
muvofiq
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlariga yo’naltiriladigan davlat bojlari,
yig’imlar, tovon pullari va jarima sanktsiyalari, egasiz mol-mulkni,
meros huquqi bo’yicha davlat ixtiyoriga o’tgan mol-mulkni, huquq
bo’yicha davlat daromadiga o’tkazilishi lozim bo’lgan xazinalarni
realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar mahalliy davlat hokimiyati
organlarining ulushi bo’yicha dividendlar (daromadlar) va qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan
ajratiladigan subventsiyalar, o’tkazib beriladigan daromad-lar,
dotatsiyalar va maqsadli ijtimoiy transfertlar Qoraqalpo
g’iston
Respublikasi
respublika
byudjetining,
viloyatlar
viloyat
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari
hisoblanadi.
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik
faoliyatining ayrim turlari bo’yicha qat’iy belgilangan soliq,
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik
yog’i uchun aktsiz solig’i Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga
o’tkazib beriladi.
Mahalliy soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlar tasdiqlangan
normativlarga muvofiq Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika
byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjeti, Toshkent shahri shahar
byudjeti hamda tumanlar va shaharlar byudjetlari o’rtasida qayta
taqsimlanishi mumkin.
O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjeti
daromadlari ikki guruhga bo’linishi mumkin:
– xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan olinadigan daro-madlar;
– aholidan tushumlar.
Mulkchilik shakliga ko’ra davlat byudjeti daromadlari quyidagi
ko’rinishlarda bo’lishi mumkin:
– nodavlat sektordan olinadigan daromadlar;
– davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar;
– aholidan olinadigan mablag’lar.
Davlat byudjeti daromadlarining yuqorida sanab
o’tilgan har bir
guruhlari daromadlarning manbalari,
to’lovlarning turlari va hokazolar
bo’yicha kichik guruhlarga bo’linishi ham mumkin. Masalan, davlat
xo’jaliklaridan olinadigan daro-madlarga davlat korxona va
tashkilotlarining to’lovlari, davlat mulkini sotishdan olinadigan
daromadlar,
davlat
tashkilotla
ri
tomonidan
ko’rsatiladigan
xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib
tushadigan mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan
iborat bo’lishi mumkin. O‘z navbatida, har bir kichik guruhlarga
biriktirilgan davlat byudjeti daromadlari tushumlarning alohida turidan
iborat.
Masalan,
davlat
korxonalari
tomonidan
byudjetga
o’tkaziladigan daromadlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i,
aktsizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi. Shuningdek,
davlat
mulkidan
olinadigan
daromadlar
tarkibi
bojxona
daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab
qilib olinmagan yuklar va
pochta jo’natmalarini, meros huquqi bo’yicha
davlatga
o’tgan mol-mulklarni sotishdan olingan tushumlardan iborat.
Davlat tashkilot
lari va muassasalari tomonidan ko’rsatilgan xizmatlar
uchun olingan daromadlarga yo’l harakati xavfsizligi xizmati
tomonidan undiriladigan yig’imlar, tovar belgilarini qayd etganlik
uchun
yig’imlar,
o’lchov
asboblarini
davlat
tekshiruvidan
o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial
idoralari tomonidan aholiga ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan
haq va boshqalar kiradi.
Davlat byudjeti daromadlari majburiy yoki ixtiyoriy tarzda
jalb qilinishi mumkin. Daromadlarni majburiy shaklda jalb qilish hal
qiluvchi rol o’ynaydi. Ixtiyoriy shakldagi to’lovlarga davlat
obligatsiyalarini va pul-buyum lotereyalarini sotishdan olingan
tushumlar kiradi. Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishdagi
majburiylik yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan ma’lum bir
mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi zarurligini
anglatadi. U yoki bu
to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof
etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda
tutadi. Bu holat davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta
ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq va o’z vaqtida byudjetga
jalb etishga xizmat qiladi.
Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulni
qo’llash evaziga olinishi mumkin:
1) soliq usulida;
2)
soliq bo’lmagan usulda.
Soliq usul uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq
belgilangan miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddat-larda
undirilishi xarakterlidir. Soliqlarning undiri-lishi mamlakat yalpi ichki
(milliy) mahsuloti va milliy daromadining taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar va aholiga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismi davlat
ixtiyoriga o’tkaziladi. Soliqlarning tarkibiga qo’shilgan qiymat solig’i,
aktsizlar, daromad (foyda) solig’i, yer solig’i, mol-mulk solig’i va
boshqalar kiradi.
Soliq xarakteriga ega bo’lmagan daromadlar davlatga tegishli
bo’lgan korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir.
Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarilishi talab etilmaydigan
mablag’lar ham davlat byudjetiningdaromadlari bo’lishi mumkin.
Biroq ayrim to’lovlar davlatning ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish
uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda davlat olingan
mablag’larni sarf etsa-da, bu mablag’larni belgilangan muddatlarda
va to’liq ravishda qaytarishga majbur. Ana shunday davlat byudjeti
daro-
madlarining ko’rinishlaridan biri davlat obligatsiyalarini
sotishdan
olingan
tushumlar
hisoblanadi.
Davlat
byudjeti
daromadlariga ular shartli ravishda, faqat shu yilning byudjeti
daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin.
Byudjetlarning barcha daromadlari u yoki bu byudjetlarga
biriktirilishiga qarab ikkiga bo’linishi mumkin:
1)
davlat byudjetiningo’z daromadlari;
2) davlat byudjetiningtartibga keltiruvchi daromadlari.
Mamlakat soliq qonunchiligiga muvofiq doimiy asosda tegishli
byudjetga to’liq yoki qisman biriktirilgan daro-madlar davlat
byudjetiningo’z daromadlari deyiladi. Ularga tegishli byudjetlarga
biriktirilgan soliqlar va soliq xarakeriga ega bo’lmagan daromadlar
kiradi.
Navbatdagi moliyaviy yil (yoki uzoq muddatli davr asosida,
odatda 3 yildan kam bo’lmagan holda) uchun boshqa darajadagi
byudjetlarga ajratmalar normati
vi o’rnati-ladigan soliqlar va boshqa
to’lovlar davlat byudjetiningtartibga keltiruvchi daromadlari deyiladi.
Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish
nuqtai nazaridan oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas.
Ular umumiy fondga tushiriladi va ulardan odatdagi moliyalashtirish
tartibida foydalaniladi.
Davlat byudjeti daromadlarining faqat ba’zi
birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan.
Ularning tarkibiga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin.
Soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va majburiy ajratmalarning
alohida shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti
daromadlarining yagona tizimini tashkil etadi. Turli sub’yektlardan
kelib tushadigan davlat byudjeti daromadlari bir-
biri bilan o’zaro
bog’langan.
Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi va uning tuzilmasi doimiy
bo’lmasdan, mamlakat taraqqiyoti va davlatning oldidagi vazifalarning
o’zgarishiga muvofiq ravishda o’zgarib boradi. Masalan, keyingi
yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromadlari
uchun quyidagi tarkib va tuzilma shakllangan: mamlakatimiz davlat
byudjetining daromadlari ayni paytda
to’g’ri (bevosita) soliqlar, egri
(bilvosita) va
resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i, ustama foydadan
olinadigan soliq, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-
tirish uchun soliq va boshqa daromadlardan tarkib topmoqda.
Davlatimiz byudjetining daromadlarini tarkibiy tuzilmasida egri
(bilvosita) soliqlar, ya’ni qo’shilgan qiymat solig’i, aktsizlar, bojxona
bojlari, jismoniy shaxslardan olinadigan yagona boj to’lovi va
transport vositalari uchun benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga
jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar hal qiluvchi rol o’ynamoqda.
Aynan shu guruhga kiruvchi soliqlar hisobidan davlat byudjeti
daromadlarining yarmi (50,23%) shakl-lanayapti. Bu soliqlar orasida
qo’shilgan qiymat solig’i (28,15%) va aktsizlar (16,47%) davlat
byudjeti daromadlarini shakllantirishda alohida ahamiyatga egadir.
Birgina qo’shilgan qiymat solig’i yordamida davlat byudjeti
daromadlarining ¼ qismidan ko’prog’i shakllanayotganligi bu
soliqning davlat byudjeti daromadlari
tuzilmasidagi o’rni katta
ekanligini yaqqol
ko’rsatayapti.
Shuningdek, Davlat byudjeti daromadlarining tarkibiy tuzilmasida
to’g’ri (bevosita) soliqlar ham o’z o’rniga ega. Ular yordamida davlat
byudjeti daromadlarining ¼ qismi tashkil topayapti. Uning asosiy
qismi (jami
to’g’ri (bevosita) soliqlarning 49,4%) esa jismoniy
shaxslardan olinadigan daromad solig’ining hissasiga to’g’ri kelayapti.
Bu
yerda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i ham shu
guruhga kiruvchi boshqa soliqlarga nisbatan davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishda alohida rol (5,2%)
o’ynamoqda.
Resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i yordamida davlat byudjeti
daromadlarining 15,95% tashkil topayapti. Uning asosiy qismi (shu
guruhga kiruvchi soliqlarning 61,6%) er osti boyliklaridan
foyda
langanlik uchun soliqqa to’g’ri kelayapti
75
.
Dostları ilə paylaş: |