17-bob. Davlat byudjeti daromadlari
17.1. Davlat byudjeti daromadlarining mazmuni va ularni
shakllantirish printsiplari
Davlat byudjeti daromadlari davlat markazlashti-rilgan moliyaviy
resurslarining bir qismi bo’lib, ular davlat funksiyalarini bajarish
uchun zarurdir. Davlat byudjeti daromadlari pul mablag’lari fondlarini
shakllantirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy)
munosabatlarni o’zida ifoda etadi va turli darajadagi hokimiyat
organlarining ixtiyoriga kelib tushadi.
Yuqorida qayd etilgan fikrlarni inobatga olgan holda unga davlat
byudjeti daromadlarining mazmunini ifoda-
lovchi quyidagi ta’rifni
berish
mumkin:
pul mablag’lari fondlarini shakllantirish
jarayonida
vujudga
keluvchi
iqtisodiy
(moliyaviy)
munosabatlarni o’zida ifoda etadigan, hokimiyat organlarining
turli
darajalari
ixtiyoriga
kelib
tushadigan,
davlatning
funksiyalarini
bajarish
uchun
zarur
bo’lgan
davlat
markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi davlat
byudjeti daromadlari deyiladi.
Mamlakatlarning
davlat tuzilishiga bog’liq ravishda davlat
byudjeti daromadlari quyidagicha farqlanadi:
1) markaziy (davlat) byudjet(i) daromadlari;
2) unitar
(yagona,
yaxlit)
davlatlardagi
mahalliy
byudjetlar
daromadlari.
Federativ (ittifoqchilik) tuzilish(i)ga ega
bo’lgan dav-latlarda
davlat byudjeti daromadlarining bu ikki
ko’rinishidan tashqari
federatsiya a’zolari byudjetlarining daromadlari ham alohida bo’ladi.
Davlat byudjeti daromadlari davlat daromadlariga nisbatan torroq
darajadagi tushunchadir. Chunki davlat daromadlari hokimiyatning
barcha darajadagi byudjetla-rining moliyaviy
mablag’lari bilan
birgalikda yana
o’zining tarkibiga davlatning byudjetdan tashqari
jamg’armalar va barcha davlat sektoriga tegishli bo’lgan boshqa
resurslarni ham qamrab oladi.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy moddiy manbai milliy
daromaddir. Agar davlatning moliyaviy ehtiyoj-larini qondirish uchun
milliy daromad etarli bo’lmasa, davlat bunday ehtiyojni qondirishga
milliy boylikni jalb etishi mumkin. Bu yerda milliy boylik deyilganda
ma’lum bir davrda jamiyatning ixtiyorida bo’lgan, hozirgi va o’tgan
avlodning mehnatlari evaziga yaratilgan moddiy ne’matlar hamda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan tabiiy
resurslar majmui nazarda tuti-layapti.
Milliy daromadni davlat ixtiyoriga o’tkazish turli usullar yordamida
amalga oshiriladi. Soliqlar, davlat krediti va pul emissiyasi davlat
hokimiyati organlari tomonidan milliy daromadni qayta taqsimlash va
davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish uchun foydala-nilayotgan
usullarning
asosiylari bo’lib hisoblanadi. Bu metodlar o’rtasidagi nisbat
mamlakatlar
va davrlar bo’yicha turlicha bo’lib, mamlakatdagi
iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa qarama-qarshiliklarning
kuchlilik darajasi, davlatning moliyaviy siyosati va moliyaviy ahvoli
kabi omillar ta’sirida aniqlanadi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy usuli soliqlar
hisoblanadi. Ular yordamida davlat byudjeti daromadlarining asosiy
qismi ta’minlanadi. Turli mamla-katlar markaziy byudjetlarining
daromadlarida soliq tushumlari qariyb 90%ni tashkil etadi.
Federatsiya a’zo-lari va mahalliy byudjetlar daromadlarida soliq-
larning salmog’i nisbatan pastroqdir. Bu byudjetlar biriktirilgan
(tegishli byudjetlarning
o’z daromadlari) va tartibga keltiruvchi (davlat
byudjeti tizimining yuqori bo’g’inidan quyi bo’g’iniga beriladigan
ajratmalar) daromadlar hisobidan shakllantiriladi.
O‘zining moliyaviy ahamiyatiga ko’ra davlat kreditlari ham davlat
byudjeti daromadlari hisoblanadi. Kelgusi yil uchun davlat byudjeti
tuzilayotgan paytda davlat byudjeti defitsiti mavjud bo’lsa (vujudga
kelsa), davlat ana shu usuldan foydalanadi. Davlat mamlakatda
moliyaviy ahvolning murakkablashishi va davlat byudjeti defitsiti
hajmining oshishiga muvofiq ravishda davlat kreditiga murojaat qiladi.
Bunday kreditlarni olishning ikki yo’li mavjud:
1)
davlat nomidan qimmatli qog’ozlar chiqarish yo’li bilan
jismoniy va yuridik shaxslardan davlat qarzlarini olish;
2) Markaziy bank va boshqa kredit tashkilotlaridan olingan
kreditlar.
Davlat kredit operatsiyalari hajmining oshishi davlat qarzining
oshishiga olib keladi. O‘z navbatida, davlat qarzlari soliqlar bilan
chambarchas bog’liq. Uni qaytarish va foizlarini to’lash, asosan, soliq
to’lovlari yoki davlatning yangi kredit operatsiyalari hisobidan
amalga oshiriladi.
Favqulodda holatlarda, soliq to’lovlari va davlat kreditlarini olish
murakkablashganda davlat qog’oz pullar emissiyasiga murojaat
qiladi. Bu davlat byudjeti daro-
madlarini to’ldirishning eng noqulay
meto
didir. Chunki bu metodning qo’llanilishi tegishli tartibda tovar
bilan ta’minlanmagan pul massasining o’sishiga va inflyatsion
jarayonlarning kuchayishiga, pirovardida esa, og’ir ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy)
mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining
elementlaridan biri bo’lib, oraliq (tranzit) xarakterga ega. Ular yuridik
va
jismoniy
shaxslarga
tegishli
bo’lgan
daromadlar
va
jamg’armalarning bir qismini byudjetga o’tkazilishi natijasida vujudga
keladi. Davlat byudjeti daromadlarining moddiy-buyumlashgan
mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’lari tashkil
etadi. Bu moliyaviy (byudjet) kategoriyaning namoyon bo’lish shakli
byudj
etga borib tushuvchi turli soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va
ajratmalardan iborat.
Miqdoriy jihatdan davlat byudjetiningdaromadlari yaratilgan
(ishlab chiqarilgan) yalpi ichki (milliy) mahsulotda (milliy daromadda)
davlatning ulushini ko’rsatadi. Ularning absolyut hajmi va salmog’i
mamlakatning yalpi ichki (milliy) mahsuloti (milliy daromadi)ning
umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana
shularga muvofiq r
avishda byudjetga mablag’larni to’plash (yig’ish)
miqdori va ularni undirishning shakl va usullari aniqlanadi.
Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish jarayoni-ning
quyidagi printsiplarga asoslanishi maqsadga muvo-fiqdir:
– sub’yektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga rioya etish
(sharoit yaratish). Buning ma’nosi shundaki, sub’yekt-larga tegishli
bo’lgan mablag’larning bir qismini byudjetga olinishi ularning mustaqil
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Bu chegaradan oshib
ketish sub’yektlarning mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash
holla-rining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va
ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’-minlashga intilishning
susayishiga, xufyona iqtisodiyotning rivojla-nishiga olib keladi;
– sub’yektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan
holda vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga
olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan turib olingan
barcha daromadlar sub’yektlarning ixtiyoriga qoldirilmasdan
davlatning ixtiyoriga o’tishi kerak. Bu printsipning ta’siri ostiga
sub’yektlar ma’muriyatining noto’g’ri, noqonuniy harakati (masalan,
davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan
daromadlar ham kiritilmog’i lozim;
– ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun
korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni
byudjetga olish. Bu printsip davlat byudjeti daromadlarini davlat
korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil etishda qo’llanilishi
mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi
va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda dav-latning
manfaatlarini ta’minlaydi;
– davlat byudjeti mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini
ta’minlash. Sub’ektlar ixtiyoridan mablag’larning byudjetga olinishi
ularning samarali
faoliyat ko’rsatishini rag’batlan-tirishi kerak. Bu yerda
qo’yilgan vazifa faqatgina davlat byudjeti daromadlarini miqdoriy
jihatdan ta’minlash emas, balki shu orqali korxonada faoliyat
ko’rsatayotgan mehnat jamoalarining manfaatlariga, ular faoliyatining
sifat ko’rsatkichlariga to’lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirishdir;
– davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok
etish. Bu printsip aholi mablag’lari hisobidan davlat byudjeti
daromadlarini shakllantirishda qo’llanilib, uning natijasida aholi
daromadlarining bir qismi ular olgan daromadlarining darajasiga
bog’liq ravishda byudjetga o’tkaziladi.
Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqlar yordamida
undirilishi tufayli bu jarayonda quyidagi printsiplardan foydalaniladi:
– soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi
manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;
– soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng (adolatli)
taqsimlanmog’i lozim;
– soliqlarning ishlab chiqaruvchilar aylanma fondlari hajmiga
ta’sir ko’rsatmasligi;
– soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
– davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq
bo’lishi lozim;
– soliqlarning undirilish jarayoniishlab chiqarishdan xususiy
sektorni siqib chiqarmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: |