17.5. Mahalliy soliqlar va
yig’imlar
Mahalliy soliqlar va
yig’imlar fiskal nuqtai nazardan etarli darajada
samarali bo’lmagan va ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan soliqlar
va
yig’imlardir.
Mamlakatning soliq qonunchiligiga, davlat
hokimiyati organlarining qarorlariga va mahalliy
o’z-o’zini
boshqarish organla-
rining me’yoriy-huquqiy aktlariga muvofiq
o’rnatiladigan hamda tegishli mahalliy hududda to’lanishi shart
bo’lgan soliq va yig’imlar mahalliy soliqlar va yig’imlar deyiladi.
Davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini-o’zi boshqarish
organlari vakola
tiga, o’zlarining fiskal ahamiyatiga va amal qilish
davriga qarab mahalliy soliq va yig’imlar ikkiga bo’linadi:
1) hokimiyatning qonunchilik organi tomonidan joriy etiladigan va
mamlakatning barcha hududlarida amal qiladigan mahalliy soliqlar
va
yig’imlar;
2) ma
halliy o’zini-o’zi boshqarish organlarining qaroriga muvofiq
joriy etiladigan mahalliy soliqlar va
yig’imlar.
Birinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’imlarning tarkibi
quyidagilardan iborat:
jismoniy shaxslarning mol-mulkidan olinadigan soliq;
yer
solig’i;
savdo qilish huquqi uchun
yig’im;
va boshqalar.
Mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha ushbu konkret stavkalar
davlat hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq belgilanadi. Ularni
undirish va to’lash tartibi tegishli organ (masalan, Davlat soliq
qo’mitasi) tomonidan ishlab chiqilgan yo’riqnomaga muvofiq amalga
oshiriladi.
O‘z navbatida, ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va
yig’imlarning tarkibi quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
avtomobillarni olib-sotganlik uchun soliq;
avtotransportlar to’xtash joyidan foydalanganlik uchun yig’im;
fuqarolarning boshqa maqsadli
yig’imlari;
va boshqalar.
Ikkinchi guruhga kiruvchi mahalliy soliqlar va yig’im-larga
nisbatan yagona yo’riqnomaning bo’lishi mumkin emas-ligi sababli
tegishli vak
olatli organlar (Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va
boshqalar) alohida olingan mahalliy soliqlar va yig’imlar bo’yicha
namunaviy nizom (yo’riqnoma) ishlab chiqishlari va mahalliy
hokimiyat organlari tomonidan tegishli qarorlar qabul qilishda undan
foydalanish tavsiya etilmog’i maqsadga muvofiq.
|