Davlat hokimiyat
organlari, mahalliy o’z-o’zini boshqarish
organlari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini
ta’minlashga yo’naltirilgan davlat byud-jeti xarajatlari, boshqa
byudjetlar va iqtisodiyot alohida tarmoqlariga dotatsiya,
subsidiya va subventsiya sha
klida ko’rsatiladigan, davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va
davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq, kapital
xarajatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar davlat
byudjetining joriy xarajatlari deyiladi.
Aniqroq ravishda davlat byudjetining joriy xarajat-lari tarkibi
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
davlat iste’moli xarajatlari (iqtisodiy va ijti-moiy infratuzilmani,
milliy
xo’jalikning davlat tarmoq-larini saqlash, fuqarolik va harbiy
xarakterdagi
tovarlar
va
xizmatlarni
sotib
olish,
davlat
muassasalarining joriy xarajatlari);
hokimiyatning quyi organlari, davlat korxonalari va xususiy
korxonalarga joriy subsidiyalar;
transfert
to’lovlari;
davlat qarzlari bo’yicha foizlarni to’lash;
boshqa xarajatlar.
Bu xarajatlar oddiy byudjetda yoki joriy xarajatlar va daromadlar
byudjetida aks etgan xarajatlarga mos keladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byudjeti xarajatlari
milliy iqtisodiyotga (xo’jalikka) qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha
hamda aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu
xarajat-larga, eng avvalo, davlat korxonalari va davlat ulushi bor
bo’lgan korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada
kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish
xarajatlari kiradi. Davlat byudjetining ijtimoiy soha hamda aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur
bo’lgan xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish
bilan bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining individual
ehtiyojlarini, boshqa bir qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini
qondirishga mo’ljal-langan. Bu yerda davlat byudjeti xarajatlari
ijtimoiy iste’mol fondlarini (mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy
tadqiqotlar fondi
va boshqalar) shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol
fondlarini esa qisman (markazlashti-rilmagan moliyaviy resurslar
bilan birgalikda) ta’min-laydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti
mablag’la-rining katta qismi shaxsiy iste’mol fondlarining ijti-moiy
iste’mol fondlariga (maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan,
ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat
kasb etgan xizmat-
lar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali
va kam
ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar)
tegishli bo’lgan qismini shakllantirishda keng foydala-niladi.
Funktsional nuqtai nazardan davlat byudjeti xarajat-larining
tasniflanishi
pul
mablag’larini
ijtimoiy
fao-liyat
sohalariga
yo’naltirilganligini aks ettiradi. Bunda davlat byudjeti xarajatlari
quyidagi yirik guruhlarga bo’linishi mumkin:
davlat boshqaruvi va mahalliy o’zini o’zi boshqarish;
sud hokimiyati;
xalqaro faoliyat;
milliy mudofaa;
huquqni muhofaza qilish va davlat xavfsizligini
ta’minlash;
fundamental
tadqiqotlar
va
ilmiy-texnika
taraq-qiyotini
ta’minlash;
sanoat, energetika va qurilish;
qishloq xo’jaligi va baliqchilik;
atrof-muhitni
va
tabiiy
resurslarni
muhofaza
qilish,
gidrometeorologiya, xaritashunoslik va geodeziya;
transport, yo’l xo’jaligi, aloqa va informatika;
uy-
joy va kommunal xo’jaligi;
maorif;
sog’liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
madaniyat, san’at va kinematografiya;
ommaviy axborot vositalari;
davlat qarziga xizmat qilish;
boshqa darajadagi byudjetlarga moliyaviy yordam;
maqsadli davlat byudjeti fondlari;
davlat zaxiralari va rezervlarini
to’ldirish;
ijtimoiy siyosat;
boshqa xarajatlar.
Davlat byudjeti xarajatlarining yuqoridagi tartibda klassifikatsiya
qilinishi davlatning ijtimoiy hayotning turli jabhalaridagi
rolini
ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga
ajratishga asos qilib
milliy iqtisodiyot (xo’jalik)ning umume’tirof etilgan
tarmoqlarga bo’linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq, davlat
byudjeti xarajat-
lari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa,
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va
ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga
bo’linishi
mumkin.
Davlat
byudjeti
xarajatlari
iqtisodiyot
tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy
asos yaratish bilan birgalikda xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi
moliya-viy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarni aniqlashga ham
imkon beradi, milliy xo’jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli
yo’nalishda o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda
yaratilgan milliy daro-
madning hajmi davlat byudjeti mablag’larining
katta qismini
ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab-
quvvatlashga yo’naltirish imkonini berayapti. Bir vaqtning o’zida
iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarining (mashinasozlik, qishloq
xo’jaligi, elektroenergetika va boshqalar) katta ko’lamlarda byudjetdan
mol
iyalashtirilishi ham ta’min-lanayapti.
Idoraviy belgiga ko’ra davlat byudjeti xarajatlarining tasniflanishi
davlat byudjeti mablag’larini oluvchi vazirlik, boshqa davlat
muassasasi yoki yuridik shaxsning ajratib olinishiga imkon beradi.
Davlat byudjeti xarajatlarining ana shunday klassifikatsiya qilinishi
natijasida boshqaruv tizimining o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan
xarajatlar tuzilmasidagi o’zgarishlar o’z vaqtida ko’rsatiladi.
Ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha davlat byudjeti xarajatlarining
iqtisodiy guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan
bajarilayotgan funksiyalarni o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq
ravishda davlat byudjetiningbarcha xarajatlarini quyidagi gu-ruhlarga
bo’lish mumkin:
ijtimoiy soha va aholini ijt
imoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
mudofaa xarajatlari;
boshqaruv xarajatlari;
boshqa mamlakatlarga subsidiyalar va kreditlar taq-dim etish
xarajatlari;
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z
tarkibiga maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy
ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar
baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy
nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini
o’zida aks ettirib, bu
guruhdagi davlat byudjetining xarajatlari xalq ta’limi tizimini
rivojlantirish
va
takomillashtirishga,
fan
va
madaniyatni
moliyalashtirishga, aholining tibbiy xizmatga bo’lgan ehtiyojini
qondirishga, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga
keng yo’l ochib beradi.
Mamlakatimizda davlat tomonidan kafolatlangan ta’lim va
sog’liqni saqlash xizmatlarining tekin (bepul) ekanligi hamon
ustuvorligicha qolayapti. Umumiy ta’limni tekin va kasbiy ta’limni
tanlov asosida
olish kafolatlangan. Aholining kam ta’minlangan
qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga katta e’tibor berilmoqda. Ish
haqining eng kam darajasini oshirish, ishsizlik bo’yicha berilishi
lozim bo’lgan nafaqalarning miqdorini ko’pay-tirish, maktab
yoshigacha b
o’lgan bolalar, maktab o’quvchilari, studentlarning
ovqatlanish xarajatlarini kompensatsiya qilish, davlat byudjeti
tashkilotlari xodimlarining ish haqini tartibga solish bo’yicha choralar
ko’rilmoqda.
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajatlarning qilinishi davlatning
hamon xo’jalik yurituvchi asosiy sub’yektlardan biri ekanligidan
darak beradi. Aynan bu xarajatlar katta ko’lamlarda yangi sanoat
korxonalarini qurish, zamonaviy industrial asosda qishloq xo’jaligi
ishlab chiqarishini rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning
boshqa tarmoqlarini texnikaviy qayta qurollanishini ta’minlashga
imkon yaratadi. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda davlat
byudjetiningbu xarajatlari orasida iqtisodiyotga xara-jatlar va
markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalash-tirish
xarajatlari
alohida o’rin egallaydi.
Hozirgi sharoitda takror ishlab chiqarish jarayonlariga va ishlab
chiqarish kuchlarini rivojlantirishga davlat byudjetiningma’lum
maqsadlarga yo’naltirilgan ta’sirchan-ligi kuchaymoqda. Davlat
byudjeti xarajatlari iqtisodiyot rivojiga rag’batlantiruvchi ta’sir
ko’rsatadi. Shuning uchun ham jahonning ko’pgina mamlakatlaridagi
(masalan, Ger-maniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan va
boshqa mamla-
katlarda) “iqtisodiy mo’’jiza” aynan davlatning
mol
iyaviy qo’llab-quvvatlashi natijasida sodir bo’ldi.
Davlat byudjetiningiqtisodiyotga yo’naltirilgan xara-jatlari tarkibi
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari, iqtisodiy va
ijtimoiy infratuzilma, qishloq xo’jaligini va iqtisodiyotning davlat
tarmoqlarini qo’llab-quvvatlash, milliy xo’jalikning ayrim tarmoqlari va
mamlakat
mintaqalarida
bandlikni
ta’minlash,
eksportni
rag’batlantirish xarajatlaridan iborat.
Keyingi yillarda davlat kapital qo’yilmalarining hajmi keskin
oshmoqda. Xususiy firmalarga, ayniqsa, taraqqiyot mintaqalariga
berilayotgan subsidiyalar miqdori ko’paymoqda. Iqtisodiyotda
tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish maqsadida uning ayrim
tarmoqlarida davlat kafolati ostida davlat subsidiyalari yoki imtiyozli
bank
kreditlari ko’rinishida tanlanma yordam ko’rsatilayapti.
Iqtisodiyotning qishloq xo’jaligi tarmog’iga byudjetdan katta
miqdordagi mablag’lar taqdim etilayapti. Bu tarmoq ustuvor ravishda
qo’llab-quvvatlanishi lozim bo’lgan soha hisoblanadi. Qishloq
xo’jaligiga beriladigan subsidiyalar ikki ko’rinishda taqdim etilmoqda:
1)
qishloq xo’jaligi mahsulotlariga kafolatlangan baholarni
qo’llab-quvvatlash;
2) ishlab chiqarish maqsadlari
– qishloq xo’jaligi mashinalari,
mineral o’g’itlar sotib olish va omborxonalar qurish uchun.
Milliy mahsulotlarni
eksport
qiluvchi firmalar faoliyatiga
byudjetdan yordam ko’rsatilishi jahon bozor-laridagi shiddatli
raqobat sharoitida ularning ahvolini ancha engillashtiradi.
Davlatning davlat byudjeti xarajatlari orqali iqtisodiyotga
aralashuvi i
qtisodiy o’sishning nisbatan yuqori sur’atlarda bo’lishini
rag’batlantiribgina qolmasdan, balki uning davriy tebranishini ham
yumshatadi (sekin-lashtiradi).
Davlat
byudjetiningmudofaa
xarajatlari
ham
davlat-ning
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning
o’z mudofaa
qobiliyatini mustahkamlashi bilan bog’liqdir. Davlat byudjeti mablag’lari
hisobidan Qurolli Kuchlarning barcha turlari moliyalashtiriladi.
Harbiy (mudofaa) xarajatlar(i) to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita)
xarajatlar
ga bo’linadi. To’g’ri (bevosita) harbiy xarajatlar strategik
qurollarni ishlab chiqarish yoki sotib olish, Qurolli Kuchlarning
shaxsiy tarkibini tayyorlash va saqlash, harbiy xarakterdagi ilmiy-
tadqiqot ishlarini amalga oshirish xarajatlaridan iborat bo’lishi
mumkin. Bu turdagi mudofaa xaraatlari urush harakatlari sodir
etilayotgan paytda va mamlakat iqtisodiyotining militarizatsiyalashuvi
sharoitida keskin oshadi.
Egri (bilvosita) harbiy xarajatlariga urush nogiron-lari va vafot
etganlar oilalariga beriladigan pensiya va nafaqalar, fuqarolik
idoralarining moddalari bo’yicha o’tadigan xarajatlarning (masalan,
yo’l va strategik ob’ektlarni qurish xarajatlari) bir qismi kiradi.
Davlat tomonidan boshqaruv shaklidagi faoliyat turining amalga
oshirilishi,
uning
xo’jalik-tashkilotchilik
funksiyasi
byudjetdan
boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar qilinishini
taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va
prokuratura organlari, fuqa-
rolarning o’zini-o’zi boshqaruv organlari)
xarajatlari davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib,
jamiyat hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon
yaratadi.
Boshqa
mamlakatlarga
subsidiyalar
va
kreditlar
berish
rivojlangan mamlakatlarning byudjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
Bunday yordam faqat iqtisodiy omillar bilan emas, balki siyosiy
jihatlari bilan xarakterlanadi. Imtiyozli shartlarda kreditlashtirish va
qaytarilmaydigan
tarzda yordam ko’rsatish uning ko’rinishlaridandir.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi beshta
guruhdan
qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o’zlarining ma’lum
aniq
maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha ham bir necha
qismlarga bo’linadi. Bu qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq
turlaridan
tarkib
topadi.
Kapital
qo’yilmalar,
dotatsiyalar,
subventsiyalar, sub-sidiyalar, davlat byudjeti ssudalari, ish haqi,
ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy remont, kantselyariya va
xo’jalik xarajatlarini davlat byudjeti xarajatlarining konkret turlari sifatida
ko’rsatish mumkin. Davlat byudjeti xarajatlarining ma’lum aniq
maqsadlarga
mo’ljallanganligi bo’yicha turkumlanishi davlat byudjeti
mablag’laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratadi, ulardan
foydalanish ustidan samarali va
ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga
oshirishning zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjeti xarajatlarini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga
ajratilishi bilan bir qatorda tashkiliy jihatdan ham guruhlarga ajratish
mumkin. Buning asosida davlat byudjeti xarajatlarini yuqori tashkilotlar
(vazirliklar, uyushmalar, assotsiatsiyalar, birlashmalar, kontsernlar,
kompaniyalar va h.k.) va hududiy belgilari yotishi mumkin. Davlat
byudjeti xarajatlarining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi
davlat byudjeti mablag’larini aniq oluvchilarni ko’rsatadi va ular
tarmoq ichida pul fondlarini shakllantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan
davlat byudjeti mablag’laridan o’z vaqtida, samarali va qonuniy
foydalanish ustidan javobgardirlar.
Davlat byudjeti xarajatlarining hududiy belgiga muvofiq bo’linishi
ularning
markazlashuvini turli darajalarini o’zida aks ettiradi. Shu
munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtai
nazardan, davlat byudjeti xarajatlari uch guruhga kiruvchi
xarajatlardan tarkib topadi:
Davlat byudjeti xarajatlari;
Respublika byudjeti xarajatlari;
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjeti
va
mahalliy
byudjetlarning xarajatlari.
Shu munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasi va yuridik nuqtai
nazardan, davlat byudjeti xarajatlari ikki guruhga kiruvchi
xarajatlardan tarkib topadi:
Respublika byudjetining xarajatlari;
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjeti
va
mahalliy
byudjetlarning xarajatlari.
Dostları ilə paylaş: |