T. Malikov O. Olimjonov moliya


Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i
. Bu soliq 
jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlarning asosiysidir. Odatda, 
jismoniy shaxslardan olinadi
gan daromad solig’i murakkab 
progressiya printsipi bo’yicha o’rnatilgan progressiv stavkalarda 
undiriladi. Bu soliq yordamida soliqqa tortishning ikki tizimi mavjud: 
1) shedulyar yoki inglizcha tizim. Bunday tizim uzoq davr 
mobaynida Buyuk Britaniya va dunyoning boshqa mamlakatlarida 
qo’llanilib kelinayapti. U soliq to’lovchi daromadining jami bo’yicha 
emas, balki uning 
qismlari bo’yicha daromad manbaida amalga 
oshiriladi; 
2) global tizim. Bunda 
daromad solig’i orqali soliqqa tortish soliq 
to’lovchining jami daromadi bo’yicha amalga oshiriladi va u G’arb 
mamlakatlarida asosiy usul hisoblanadi. 
Ba’zi hollarda daromad solig’i orqali jismoniy shaxslarning 
daromadlari soliqqa tortilayotganda soliqqa tortilmaslik minimumi 
qo’llaniladi va uning miqdori qonunchilikka muvofiq ravishda 
o’rnatiladi. 
Moliya yilida soliq solinadigan daromadga ega bo’lgan jismoniy 
shaxslar bu soliqning to’lovchilari hisoblanadi. U quyidagi shakllarda 
to’lanishi mumkin: 

daromad manbaidan, ya’ni asosiy ish joyidan va boshqa ish 
beruvchilardan; 

agar daromad bir necha manba hisobidan olinsa va qonuniy 
tarzda 
belgilangan 
daromadning 
yillik 
summasidan 
oshsa, 
daromadlar to’g’risidagi deklaratsiya ko’rinishida; 

tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadni soliqqa tortish 
shaklida. 
Jami yillik daromad bilan qonunda belgilangan chegirmalar 
o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan soliq solinadigan daromad 
soliqqa tortish ob’yektidir. Jismoniy shaxslarning jami yillik 
daromadiga soliq 
to’lovchi olishi lozim bo’lgan (olgan) yoki tekinga olgan 
pul yoki 
boshqa mablag’lar, shu jumladan, mehnatga haq to’lash 
shaklida olinadigan daromadlar, jismoniy shaxslarning mulkiy daromadi 
va tadbirkorlik faoliyatidan keladigan yalpi daromadi kiradi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin