ijtimoiy takror ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish tarmoqlari va
faoliyat turlari yoki idoraviy bo’linishi, ijtimoiy mo’ljallanganligi
bo’yicha, hududiy turkumlanishi, ma’lum
maqsadlari va yuridik
nuqtai
nazardan yoki davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra alohida
guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjeti xarajatlari kapital va
joriy xarajatlarga bo’linadi. Bu xarajatlar kengaytirilgan takror ishlab
chiqarish jarayoniga ularning
qanday ta’sir ko’rsatishi
mumkinligini
ifodalaydi.
Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va inve-stitsion
faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajat-larning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq hara-katdagi yoki
yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun
mo’ljallangan xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat
byudjeti kreditlari sifatida
beriladigan
mablag’lar;
v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan
kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq
bo’lgan boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk
miqdorini ko’paytirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan
xarajatlar;
d) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnif-lanishiga
muvofiq davlat byudjetiningkapital xarajatlari
tarkibiga kiritiladigan
boshqa xarajatlar kiradi.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot
byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: