Davlat hokimiyat organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish
idoralari, davlat byudjeti tashkilotlarining joriy faoliyatini
ta’minlashga yo’naltirilgan davlat byudjeti xara-jatlari, boshqa
byudjetlar va iqtisodiyotning alohida tarmoqlariga dotatsiya,
subsidiya va subventsiya shaklida ko’rsatiladigan, davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar va
davlat byudjeti xarajatlarining turkumlanishiga muvofiq kapital
xara-jatlarning tarkibiga kiritilmagan boshqa xarajatlar davlat
byudjetiningjoriy xarajatlari deyiladi.
Takror ishlab chiqarishdagi roliga ko’ra davlat byud-jetining
xarajatlari iqtisodiyotga qilinadigan xarajatlar va ijtimoiy soha hamda
aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlariga bo’linadi. Bu
xarajatlarga, dastlab, davlat korxonalari va davlat ulushi bor bo’lgan
korxonalarning ustav kapitalini shakllantirish, ularni yanada
kengaytirish va rivojlantirish, davlat moddiy zaxiralarini yaratish
xarajatlari kiradi.
Davlat byudjetiningijtimoiy
soha hamda aholini ijtimoiy qo’llab-
quvvatlash xarajatlari ham ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan
xarajatlardir. Bu xarajatlar iste’mol fondlarini shakllantirish bilan
bog’liq. Ularning bir qismi jamiyat a’zolarining shaxsiy, boshqa bir
qismi esa butun jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga mo’ljallangan.
Bunda davlat byudjetining xarajatlari ijtimoiy iste’mol fondlarini
(mamlakatning mudofaa fondi, ilmiy tadqiqotlar fondi va boshqalar)
shakllantirishni to’liq, shaxsiy iste’mol fondlarini esa qisman
(markazlash-tirilmagan
moliyaviy
resurslar
bilan
birgalikda)
ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, davlat byudjeti mablag’larining katta
qismidan shaxsiy iste’mol fondlarining ijtimoiy iste’mol fondlariga
(maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta
va ijtimoiy ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan
xizmatlar bahosi o’rtasidagi farqlarni qoplash, ko’p bolali va kam
ta’minlangan oilalarga nafaqalar fondlari va boshqalar) tegishli
bo’lgan qismini shakllantirishda keng foyda-laniladi.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarmoq belgisi bo’yicha guruhlarga
ajratishga asos qilib milliy iqtisodiyotning
umume’tirof etilgan
tarmoqlarga bo’linishi qabul qilingan. Shunga muvofiq ravishda davlat
byudje
ti xarajatlari sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, transport, aloqa,
maorif, sog’liqni saqlash, madaniyat va sport, fan, ijtimoiy sug’urta va
ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi, mudofaa va h.k. xarajatlariga
bo’linishi mumkin.
Davlat
byudjeti
xarajatlar
i
milliy
iqtisodiyot
(xo’jalik)
tarmoqlarining pul fondlarini shakllantirishda mustahkam moliyaviy
asosni yaratish bilan birgalikda, xarajatlarning tarmoqlararo bo’linishi
moliyaviy resurslarni taqsimlashdagi nisbatlarini aniqlashga ham
imkon beradi, milli
y xo’jalikning tarmoq tarkibiy tuzilishini kerakli
yo’nalishga o’zgartiradi. Masalan, hozirgi paytda mamlakatimizda
yaratilgan milliy daromadning hajmi davlat byudjeti mablag’-larining
katta qismini ijtimoiy soha va aholini bevosita ijtimoiy qo’llab-
quvva
tlashga yo’naltirish imkonini bera-yapti. Bir vaqtning o’zida
iqtisodiyotning ustuvor tarmoq-
larini (mashinasozlik, qishloq xo’jaligi,
elektroenergetika va boshqalar) keng ko’lamlarda byudjetdan
moliyalashti-
rilishi ham ta’minlanmoqda.
Ijtimoiy yo’nalishi bo’yicha davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy
guruhlarga ajratilishi davlatning toifasi va u tomonidan
bajarilayotgan funksiyalarni
o’zida aks ettiradi. Ana shunga muvofiq
davlat byudjetining barcha xarajatlarini quyidagi gu-ruhlarga bo
’lish
mumkin:
– ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy-qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
– milliy xo’jalikka (iqtisodiyotga) xarajatlar;
– mudofaa xarajatlari;
– boshqaruv xarajatlari.
Ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari o’z
tarkibiga maorif,
sog’liqni saqlash, madaniyat, sport, fan, ijtimoiy
ta’minot, aholi uchun ijtimoiy ahamiyat kasb etgan xizmatlar
baholaridagi farqlarni byudjetdan qoplash va oilalarga ijtimoiy
nafaqalarni oladi. Davlatning ijtimoiy funksiyasini
o’zida aks ettirib, bu
guruhdagi davlat byudjetiningxarajatlari
xalq ta’limi tizimini rivojlantirish
va takomillashtirishga, fan va madaniyatni moliyalashtirishga,
aholining tibbiy xizmatga bo’lgan talabini qondirishga, ijtimoiy
sug’urta va ijtimoiy ta’minotni amalga oshirishga keng yo’l ochib
beradi.
Iqtisodiyotga byudjetdan xarajat qilinishi
davlatning xo’jalik
yurituvchi asosiy
sub’yektlardan biri ekanligidan darak beradi. Aynan
bu xarajatlar keng miqyoslarda yangi sanoat korxonalarini qurish,
zamonaviy industriya asosida qishloq
xo’jaligida ishlab chiqarishni
rivojlantirish, transport, aloqa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarini
texnika vositalari bilan
qayta ta’minlashga imkon yaratadi. Shuning
uchun ham davlat byudjetining bu xarajatlari orasida iqtisodiyot va
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalash-tirish xarajatlari alohida
o’rin egallaydi.
Davlat
byudjetining
mudofaa
xarajatlari
ham
davlatning
funksiyalaridan kelib chiqadi. Ular har bir davlatning
o’z mudofaa
qobiliyatini mustahkamlashi zarurligi bilan
bog’liq-dir. Qurolli Kuchlarning
barcha turlari davlat
byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Boshqaruv shaklidagi faoliyat turining davlat tomonidan amalga
oshirilishi, uning xo’jalik-tashkilotchilik funksiyasi davlat byudjetidan
boshqaruv xarajatlari deb nomlangan alohida xarajatlar ajratilishini
taqozo etadi. Boshqaruv (davlat hokimiyati organlari, sud va
prokuratura fuqaro-
larning o’zini-o’zi boshqaruv organlari) xarajatlari
davlat organlari faoliyatining moliyaviy asosini tashkil etib, jamiyat
hayotining barcha sohalariga rahbarlik qilishga imkon yaratadi.
Davlat byudjetining barcha xarajatlari yuqoridagi to’rtta guruhdan
qaysi biriga kirishidan qat’iy nazar, ular o’zlarining aniq maqsadlarga
mo’ljallanganligi bo’yicha ham bir necha qismlarga bo’linadi. Bu
qismlar davlat byudjeti xarajatlarining aniq turlaridan tarkib topadi.
Kapital qo’yilmalar, dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar, davlat
byudjeti ssudalari, ish haqi, ovqatlanish xarajatlari, kapital va joriy
remont, kantselyariya va
xo’jalik xarajatlarini davlat byudjeti
xarajatlarining aniq turlari sifatida ko’rsatish mumkin. Davlat byudjeti
xarajatlarining ma’lum aniq maqsadlarga mo’ljallanganligi bo’yicha
turkumlanishi davlat byudjeti mablag’la-ridan oqilona foydalanishga
sharoit
yaratadi, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan
samarali va ta’sirchan moliyaviy nazoratni amalga oshirishning
zaruriy asosi hisoblanadi.
Davlat byudjetini iqtisodiy nuqtai nazardan turkumlarga ajratish
bilan birga xarajatlarning tashkiliy jihatidan ham guruhlarga ajratish
mumkin. Buning asosida yuqori tashkilotlar (vazirliklar, uyushmalar,
assotsiatsiyalar, birlashmalar, kontsernlar, kompaniyalar va h.k.),
davlat byudjeti xarajatlari va hududiy belgilar yotishi mumkin. Davlat
byudjeti xarajatl
arining yuqori tashkilotlar bo’yicha guruhlanishi davlat
byudjeti mablag’larini aniq oluvchilarni ko’rsatadi va ular tarmoq ichida
pul fondlarini shakl-
lantirishda mas’ul bo’lib, ajratilgan davlat byudjeti
mablag’-laridan o’z vaqtida, samarali va qonuniy foydalanish ustidan
javobgardirlar.
Davlat byudjeti xarajatlarini hududiy belgiga mos holda bo’linishi
ular markazlashuvining turli darajalarini o’zida aks ettiradi. Shu
munosabat bilan, davlat boshqaruvi darajasiga ko’ra, O‘zbekiston
Respublikasi davlat byudjetining xarajatlari respublika va mahalliy
byudjetlarning xarajatlaridan tarkib topadi.
Davlat byudjetining xarajat qismi quyidagilardan iborat
69
:
ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari;
nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining
boshqa institutlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash
xarajatlari;
iqtisodiyot xarajatlari;
markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, adliya va
prokuratura organlarini saqlab turish xarajatlari;
sudlarni saqlab turish xarajatlari;
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarini saqlab turish
xarajatlari;
boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining xarajat qismi tarkibida O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining,
Qoraqalpo-
g’iston
Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
69
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”ning 69-
moddasi. -T.: “Adolat”, 2014 y. 9-b.
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudje-tining tumanlar va
shaharlar byudjetlarining zaxira jamg’armalari hisobga olinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat byudjetining xarajatlari uning
daromadlari bilan uzviy
bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik
xarajatlarning miqdoriy jihatdan daromadlarga muvofiq kelishi va
ularning bir-
biriga o’zaro ta’sir ko’rsatishi orqali ifodalanadi. Bir
tomondan, aksariyat hollarda, davlat byudjeti xarajatlarining hajmi
davlat byudjeti daromadlarining hajmi bilan cheklanadi. O‘z
navbatida, davlat byudjeti daromadlarining hajmi esa davlatning
iqtisodiy imkoniyatlari bilan aniqlanadi. Shuning uchun ham bu
yerda davlat byudjeti xarajatlarining shunday hajmini va milliy xo’ja-
likda pul fondlarini shakllantirishda davlat byudjeti mablag’-laridan
foydalanishning shu
nday muddatlarini o’rnatish kerakki, ular minimal
xarajatlar qilib maksimal samaraga erishish orqali davlat oldidagi
ijtimoiy-
iqtisodiy vazifalarni muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlasin.
Boshqa tomondan esa, ishlab chiqarishning o’sishiga ijobiy ta’sir
qilish, ilmiy-texnika taraqqiyotini tezlashtirish va
milliy xo’jalikdagi
proportsiyalarni optimallashtirish orqali davlat byudjetining xarajatlari
uning daromadlari darajasining ortishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.
Davlat byudjeti xarajatlari hajmining yildan-yilga ortib borishi
ularni milliy xo’jalikning samaradorligi nuqtai nazaridan baholashni
dolzarb muammoga aylantirib qo’yadi. Bunda milliy xo’jalikning
yakuniy
natijasini
baholab,
faqat
unga
tegishli
bo’lgan
daromadlarning qo’shimcha ravishda o’sganligiga e’tibor berish
bilan cheklanish maqsadga muvofiq emas. Bunda, bir vaqtning
o’zida, jamiyatning ijtimoiy taraqqiyot darajasi, ijtimoiy muam-
molarning qay darajada hal etilganligi ham nazardan chetda
qolmasligi
kerak. Albatta, milliy xo’jalikning yakuniy natijasi davlat
byudjeti xarajatlarining umumiy hajmiga, ularning tarkibiy tuzilishiga,
davlat byudjeti mablag’laridan to’g’ri, tejamli va samarali
foydalanishga bevosita bog’liq. Shuning uchun ham hozirgi sharoitda
davlat
byudjeti
xarajatlarining
ilmiy
asoslangan
holda
rejalashtirilishiga, davlat byudjeti mablag’laridan foydalanish ustidan
o’rnatilgan moliyaviy nazorat tizimiga alohida e’tibor berish lozim.
Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga solishning muhim vositalaridan biri
ham davlat byudjetining xarajat-laridir. Moliyaviy tartibga solish
deyilganda, milliy xo’jalikdagi oqilona nisbat (proportsiya)larni
ta’minlash maqsadida davlat byudjeti mablag’larini tarmoqlar va
hududlar bo’yicha taqsimlash va qayta taqsimlashning shakllari va
metodlari majm
ui tushuniladi. Milliy xo’jalikni moliyaviy tartibga
solishning ob’yektiv zarurligi katta o’zgaruvchanlik bilan
xarakterlanadigan, uning murakkab organizmi turli qismlarida
moliyaviy resurslarni jamg’arish sur’atlarining turlichaligi bilan
izohlanadi. Davlat byudjeti resurslarini sarf qilish orqali davlat pul
mablag’larini taqsimlashda vujudga kelgan proportsiyalarni
o’zgartirishi va buning oqibatida ba’zi bir tarmoqlarning
(hududlarning) rivojlanishini tezlashtirishi va boshqalarining rivojla-
nishini rag’batlantirmasdan, milliy xo’jalikning rivojla-nishini tartibga
solishi mumkin. Davlat byudjeti
mablag’larining katta qismini muhim
ishlab chiqarish-hududiy komplekslarni rivojlantirishga sarflash sekin-
astalik bilan chuqur sifat o’zgarishlarining sodir bo’lishiga – ijtimoiy
ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasining o’zgarishiga olib keladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyaviy jihatdan tartibga solish davlat
byudjeti daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish
jarayonlari davomida amalga oshiriladi. Rejalashtirish jarayonining
o’zidayoq davlat byudjeti xarajatlarining umumiy hajmi gorizontaliga
(tarmoq, vazirlik va maqsadli yo’nalishlarga) va vertikaliga
(boshqaruvning turli darajalariga muvofiq ravishda) taqsimlanib,
iqtisodiyotda
tarkibiy o’zgarishlar-ning sodir bo’lishi uchun tegishli
sharoit yaratiladi. Byudjetdan moliyalashtirish jarayonida esa davlat
o’zining ixtiyoriga kelib tushayotgan pul mablag’larini rejalashtirilgan
tadbirlar doirasida va undan tashqarida keng xarajat qilish imkoniga
ega bo’ladi. Mablag’larni konkret taqsim-lovchilarga davlat byudjeti
kreditlarini ochish, davlat byudjeti mablag’-larini berish va ulardan
samarali foydalanishni nazorat qilib, moliya organlari iqtisodiyotning
rivojlanishi ustidan kuzatuv olib boradilar va zarur holatlarda
taqsimlanayotgan davlat byudjeti mablag’larining proportsiyalarini
o’zgartiradilar.
Daromadlarni davlat byudjetidagi xarajatlarning aniq turlari va
yo’nalishlari bo’yicha biriktirilishi printsipi bo’lmaganligi uchun bu
yerda
davlat byudjeti resurslarini keng miqyosda o’tkazish va shunga
muvofiq
ravishda
davlatning
ixtiyoriga
kelib
tushuvchi
pul
mablag’laridan har qanday zarur yo’nalishlarda foydalanilishi
mumkin.
Davlat byudjeti xarajatlarining tarkibi va uning tuzilmasi
davlatning tabiatiga, u tomonidan bajarilayotgan funksiyalarga, milliy
xo’jalikning ehtiyojlariga bog’liq hamda davlat byudjeti mexanizmi
orqali ishlab chiqarish va iste’molning ba’zi bir omillariga davlatning
ta’sirchanligini ta’minlash kabilar bilan belgilanadi.
Davlat byudjetining xarajatlaridan foydalanish byud-jetdan
moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan,
byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan
tadbirlarni amalga oshirish uchun sub’yektlarga byudjetdan
mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U pul mablag’larini taqdim
etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan xarakterlanadi
hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi. Byudjetdan moliya-
lashtirishning printsiplari, shakllari va metodlari bu tizimning tarkibiy
elementlari bo’lib hisoblanadi va uning amal qilish natijalariga o’z
ta’sirini ko’rsatadi. Muhim ijtimoiy-iqtisodiy vazifalar hal etilayotgan
paytda byudjetdan oqilona va samarali moliyalashtirish tizimining
ahamiyati yanada ortadi.
Byudjetdan moliyalashtirishning oqilona tizimini tashkil etishda, eng
avvalo, moliyalashtirish printsiplari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi
amaliyotda
foydalanilayotgan
byudjetdan
moliyalashtirishning
printsiplarini umumiy va xususiy guruhlarga bo’lish mumkin. Umumiy
printsiplar byudjetdan mablag’ oladigan barcha sub’yektlarning
faoliyatiga tegish-lidir. Xususiy printsiplar esa
sub’yektlar faoliyatining
tashkil etilishiga bog’liq ravishda davlat byudjeti mablag’larining
taqdim etilish tartibini belgilab beradi.
Byudjetdan
moliyalashtirishning
umumiy
printsiplari
quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
– minimum xarajatlardan maksimum samara olish;
– davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishning maqsadli
xarakterdaligi;
– ko’zda tutilgan rejalarning bajarilishi va oldin berilgan
mablag’lardan foydalanilganligini inobatga olgan holda davlat byudjeti
mablag’larini taqdim etish.
Byudjetdan moliyalashtirish amaliyotida umumiy tamo-yillar bilan
birgalikda xususiy printsiplardan ham foyda-laniladi. Ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
–davlat byudjeti mablag’larini faqat ishlab chiqarishni kengay-
tirish xarajatlariga ajratish;
– davlat byudjeti mablag’larining miqdorini aniqlashda “qoldiq”
yondashuvidan foydalanish;
– byudjetdan moliyalashtirish rejalashtirilayotgan xara-jatlardan
kredit metodini ta’minlash bilan birgalikda foydalanish;
– korxonalarning moliyaviy holatini byudjetli tartibga solish
printsipi va boshqalar.
Amaliyotda byudjetdan moliyalashtirishning turli shakl-laridan
foydalaniladi. Smetali moliyalashtirish, dota-tsiya, subventsiya,
subsidiya, davlat byudjeti ssudalari, baholardagi farqni qoplash va
boshqalar byudjetdan moliyalashtirishning shakllaridir
70
.
Dostları ilə paylaş: |