darajasi; davlat byudjeti mablag’larining namoyon bo’lish shakllari va
h.k.
Jamiyatning iqtisodiy hayotida davlat byudjeti xarajatlarining roli va
ahamiyatini
aniqlash
uchun
ularni ma’lum belgilarga ko’ra
turkumlashtirish maqsadga muvofiq. Ular
o’zlarining iqtisodiy
mazmuni, ijtimoiy takror
ishlab chiqarishdagi roli, ishlab chiqarish
tarmoqlari va
faoliyat turlari, ijtimoiy mo’ljallanganligi bo’yicha va
ma’lum maqsadlariga ko’ra alohida guruhlarga ajratilishi mumkin.
Iqtisodiy mazmuniga ko’ra davlat byudjetining xara-jatlari kapital
va joriy xarajatlarga bo’linadi.
Davlat byudjetiningkapital xarajatlari innovatsion va investitsion
faoliyatga yo’naltirilgan xarajatlardir. Bu xarajatlarning tarkibiga:
a) tasdiqlangan investitsion dasturga muvofiq harakat-dagi yoki
yangidan tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga investitsiyalar uchun
mo’ljallangan
xarajatlar;
b) yuridik shaxslarga investitsion maqsadlar uchun davlat
byudjeti kreditlari sifatida beriladigan
mablag’lar;
v) kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan
kapital ta’mirlashni amalga oshirish xarajatlari va shu bilan bog’liq
bo’lgan
boshqa xarajatlar;
g) amalga oshirilishi davlat mulkiga tegishli bo’lgan mulk
miqdorini oshirish yoki uni yangidan yaratishga olib keladigan
xarajatlar;
d) davlat byudjeti xarajatlarining iqtisodiy turkum-lanishiga
muvofiq davlat byudjetiningkapital xarajatlari
tarkibiga kiritiladigan
boshqa xarajatlar.
Davlat byudjetining kapital xarajatlari tarkibida Taraqqiyot
byudjeti shakllantirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: