uzluksiz moliyalashtirish ehtiyojini inobatga olgan holda davlat byudjeti
xarajatlari va ularning umumiy hajmini belgilash
(o’rnatish);
iqtisodiyotdagi
inflyatsion
tendentsiyalar
va
pul-kredit
tanazzulini bartaraf etishga, milliy pul birli-gining barqarorligini
ta’minlashga yo’naltirilgan moliya-viy baqarorlashtirishning umumiy
dasturini davlat byud-jeti bilan muvofiqlashtirish;
iqtisodiy
jihatdan maq
sadga muvofiq bo’lgan manbalar
hisobidan davlat byudjeti defitsitiga barham berish yoki uni
qisqartirish;
muvozanatlashtirilgan bozor sari keskin taraqqiyotga erishish
maqsadida barcha moddiy va moliyaviy rezervlarni qidirib topish;
iqtisodiy mintaqalar, x
o’jalik sohalari va byudjet-lar o’rtasida
davlat daromadlarining manbalarini qayta taqsimlash yo’li bilan turli
darajadagi byudjetlarni balanslashtirish maqsadida byudjetli tartibga
solishni amalga oshirish;
keng ko’lamli barcha ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning balansliligi
va proportsionalligini ta’minlashga imkon beradigan istiqbolli
byudjetni rejalashtirishning
rolini oshirish;
soliq
majburiyatlarini
bajarishda
alohida
fuqaro-lar
daromadlari va yuridik shaxslarning moliyaviy faoliyatlari ustidan
nazoratni
ta’minlash;
zamonaviy elektron hisoblash texnikalaridan keng foydalanish
asosida va moliyaviy hisob-kitoblarning avtomatlashtirilgan tizimi
orqali byudjetlarni tuzish va ijro etish jarayonlarini avtomatlashtirish
va boshqalar.
Umumiy tarzda, davlat byudjeti jarayonining ishtirok-chilari
quyidagilar hisoblanadi:
mamlakat Prezidenti va qonunchilik (vakillik) hokimiyat
organlari;
ijroiya hokimiyat organlari (mamlakat sub’yektlarining yuqori
mansabdor
shaxslari, mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari
rahbarlari, moliya organlari, davlat byudjeti daromadlarini undirish
bilan shug’ullanadigan organlar va boshqa vakolatli organlar);
pul-kredit tizimini tartibga solish organlari;
davlat va mahalliy nazorat organlari;
davlatning byudjetdan tashqari j
amg’armalari;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar va boshqalar.
Davlat byudjeti jarayonini tashkil etishda
quyidagi printsiplarga
rioya qilinadi:
yagonalik;
mustaqillik;
balans usuli.
Yagonalik printsipi bu yerda yagona huquqiy baza, yagona
davlat
byudjeti
klassifikatsiyasi,
mamlakatning
konsolida-
tsiyalashtirilgan byudjetini tuzishda zarur bo’ladigan statistik va
davlat byudjeti ma’lumotlari uchun davlat byudjeti hujjatlari
shakllarining va pul tizimining yagonaligi orqali ifodalanadi.
Mustaqillik printsipi davlat byudjeti jarayonini amalga oshirishda uning
har bir ishtirokchisi uchun
mustaqil bo’lish imkoni berilganligi bilan
belgilanadi. Unga muvofiq, bu jarayonning ishtirokchilari daromadlarning
o’z va tartibga soluvchi manbalari hamda
ulardan foydalanishning
yo’nalishlarini mustaqil ravishda aniqlash huquqiga egadirlar.
Balans usuli printsipi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari
o’rtasida to’g’ri nisbatlar o’rnatishda gavda-lanadi. Unga rioya
qilinishi davlat byudjetining barqa-
rorligini va xo’jalik sohalari
o’rtasida mablag’larni taqsimlashda zaruriy nisbatlarni ta’minlashi
kerak. Bu metodning muhim sharti davlat byudjeti xarajatlarining
daromadlariga muvofiqligi va moliyaviy rezervlarni yaratishidir. Bu
printsip moliyaviy siyosatning bosh maqsadi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: