uchun davlat byudjeti so’rovini tuzish tartibini tumanlar va shaharlar
byudjetidan moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlariga va
davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarga davlat byudjeti so’rov-larini
tuzish uchun yuboradi.
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlarini
tuzish jarayonida davlat byudjeti so’rovining juda katta ahamiyati
bor.
Davla
t byudjeti so’rovi o’z tarkibiga:
-
davlat byudjeti tashkilotining, davlat byudjeti mablag’lari
oluvchining va davlat byudjeti mablag’larini
taqsimlovchining davlat
byudjeti tizimi byudjetlari mablag’laridan foydalanish bilan bog’liq
faoliyatining miqdor va
sifat ko’rsatkichlarini o’z ichiga oluvchi, o’tgan
yilda erishilgan natijalar va joriy yilda kutilayotgan natijalar
to’g’risidagi tahliliy hisobotni;
xarajat majburiyatlarining ularni kiritish (ijro etish) uchun asos
bo’ladigan hamda moliyalashtirish manbalari va amal qilish
muddatlarini belgilaydigan
normativ-huquqiy hujjatlar, shartnomalar
va (yoki) ularning alohida qoidalari ko’rsatilgan reestrini;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining
rivojlantirish
dasturini;
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchining rivojlantirish
dasturi bilan uzviy bog’liq holda tuzilgan kelgusi davr uchun davlat
byudjeti buyurtmasini o’z ichiga oladi.
Tumanlar va shaharlar byudjetidan
moliyalashtiri-ladigan
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar
bo’yicha davlat byudjeti so’rovini ko’rib chiqish tumanlar va
shaharlar
hokimliklarining
moliya
bo’limlari
tomonidan,
Qoraqalpog’iston
Respublikasining
respublika
byudjetidan,
viloyatlarning viloyat byudjetla-ridan va
Toshkent shahrining shahar
byudjetidan moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va
davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha, shuningdek tumanlar
va shaharlar byudjetlari loyihalari bo’yicha davlat byudjeti so’rovini
ko’rib chiqish Qoraqalpog’iston Respub-likasi Moliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari
tomonidan, O‘zbe-kiston Respublikasining
respublika byudjetidan
moliyalash-tiriladigan tasarrufdagi davlat byudjeti tashkilotlari va
davlat byudjeti mablag’lari oluvchilar bo’yicha davlat byudjeti
so’rovlarini ko’rib chiqish esa davlat byudjeti mablag’larini
taqsimlovchilar tomonidan amalga oshiri-ladi.
Davlat byudjeti
mablag’larini taqsimlovchilar, Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari loyihalari,
shuning-
dek davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari loyihalari
bo’yicha davlat byudjeti so’rovlarini ko’rib chiqish O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiri-ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi, O‘zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi va boshqa vazirliklar, davlat
qo’mitalari hamda idoralarning Davlat byudjeti loyihasining daromad
qismi bo’yicha takliflarini ko’rib chiqish O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti so’rovlari ko’rib chiqilayotganda O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga davlat byudjeti so’rovlari olinganidan
keyin
Dostları ilə paylaş: