Davlat byudjetining g’aznachilik ijrosi -
Davlat byudjeti va
davlat
maqsadli
jamg’armalarining
barcha
daromadlarini,
shuningdek, davlat byudjeti tashkilot-larining byudjetdan tashqari
mablag’lar bo’yicha tushum-larini yagona g’azna hisobraqamga
jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga
oshirishni nazarda tutadi.
Yagona g’azna hisobvarag’i O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan boshqariladigan maxsus bank hisobvarag’i
bo’lib, unga davlat byudjeti tizimi byudjet-larining daromadlari va
boshqa tushumlari kiritiladi hamda undan mazkur byudjetlarning
xarajatlari to’lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida va boshqa banklarda
101
Davlat byudjeti ijrosining g’aznachilik tizimi alohida kursda
o’rganilganligi uchun bu erda
batafsil to’xtalish maqsadga muvofiq emas, deb topildi.
o’zga bank hisobvaraqlari ochish huquqiga ega. Yagona g’azna
hisobvarag’i O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida ochiladi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligining
bank
hisobvaraqlaridan mablag’larning so’zsiz tartibda hisobdan
chiqarilishiga yo’l qo’yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining bank hisobvaraqlariga xizmat
ko’rsatilganligi uchun haq
olinmaydi.
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlari quyidagi turlar bo’yicha
ochiladi:
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining daraja-
lari bo’yicha
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari;
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’arma-larining
daromadlari bo’yicha shaxsiy g’azna hisobvaraqlari;
davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari
oluvchilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlari.
Shaxsiy g’azna hisobvaraqlarini yuritish tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining darajalari bo’yicha
shaxsiy g’azna hisobvaraqlari:
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti bo’yicha —
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byud-jeti,
viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar
byudjeti bo’yicha — Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi,
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari
tomonidan;
tumanlar va shaharlar
byudjetlari bo’yicha — tumanlar va
shaharlar hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan;
davlat maqsadli jamg’armalarining byudjetlari bo’yicha —
davlat maqsadli jamg’armalarini taqsimlovchi organlar tomonidan
ochiladi.
Davlat byudjetining va davlat maqs
adli jamg’ar-malarining
daromadlari bo’yicha shaxsiy g’azna hisob-varaqlari O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ochiladi.:
O‘zbekiston
Respublikasining
respublika
byudjetidan
moliyalashtiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilarning shaxsiy g’azna hisobvaraqlari O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
tomonidan,
Qoraqalpog’iston
Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat
byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan
moliyalash-tiriladigan davlat byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti
mablag’lari
oluvchilarning
shaxsiy
g’azna
hisobvaraqlari
Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari tomonidan,
tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtiriladigan davlat
byudjeti tashkilotlari va davlat byudjeti mablag’lari oluvchilarning
shaxsiy
g’azna
hisobvaraqlari
tumanlar
va
shaharlar
hokimliklarining moliya bo’limlari tomonidan ochiladi.
Davlat byudjeti ijrosi davomida barcha operatsiyalar va davlat
byudjetining mablag’lari G’aznachilikning balans hisobvaraqlarida
aks ettiriladi. Bu hisobvaraqlari Markaziy bank va kredit
tashkilotlarida
joylashgan. G’aznachilik tizimi davlat byudjeti
mab
lag’lariga nisbatan kassaning yagonaligi printsipini ta’minlaydi.
Bu printsip barcha kelib tushuvchi daromadlar va davlat byudjeti
defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlarni hamda ko’zda
tutilgan barcha xarajatlarni amalga oshirishni davlat byudjetining
yagona hisobvarag’idan amalga oshiri-lishini taqozo etadi. Mamlakat
davlat byudjeti tizimi barcha darajalarining byudjetlari kassaning
yagonaligi printsipi asosida ijro etilishi kerak.
Davlat byudjetiningdaromadlar bo’yicha ijro etilishi quyidagilarni
ko’zda tutadi:
daromadlarni davlat byudjetining yagona hisobva-
rag’iga
o’tkazish va yozish;
tasdiqlangan byudjetga muvofiq ravishda tartibga keltiruvchi
(soluvchi) daromadlarni taqsimlash;
byudjetga ortiqcha to’langan daromadlar summasini qaytarish;
davlat byudjeti daromadlarini hisobga olish va daromadlar
to’g’risida hisobot tuzish.
Xarajatlar bo’yicha byudjetlar ijrosi davlat byudje-tining yagona
hisobvarag’ida davlat byudjeti mablag’larining haqiqatda mavjudligi
doirasida hamda moliyalashtirish va sanktsiyalashtirishning (sanktsiya
qo’llashning) ketma-ket majburiy amalga oshiriladigan tartiblariga rioya
qilgan holda amalga oshiriladi. Davlat byudjeti xarajatlarining ijrosi
davomida sanktsiyalashtirishning asosiy bosqichlari quyidagilar
hisoblanadi:
davlat byudjeti xarajatlari ro’yxatini tuzish va tasdiqlash;
davlat
byudjeti
mablag’lari
to’g’risidagi
xabarnomani
tasdiqlash va ularni davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar hamda
taqsimlovchilarga etkazish, shuningdek, davlat byudjeti tashkilotlari va
davlat byudjeti mablag’-larini taqsimlovchilarning daromadlar va
xarajatlar smetasini tasdiqlash;
davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari to’g’risidagi
xabarnomani tasdiqlash va uni davlat byudjeti mablag’larini
oluvchilar va taqsimlovchilarga etkazish;
davlat byudjeti mablag’larini oluvchilarning pulli majbu-
riyatlarini qabul qilish.
Byudjetni xarajatlar bo’yicha ijro etish har bir bosh taqsimlovchi
(quyi idoralar va davlat byudjeti mablag’-larini oluvchilar bo’yicha
davlat b
yudjeti mablag’larini taqsimlash huquqiga ega bo’lgan davlat
hokimiyati organlari) va davlat byudjeti mablag’larini taqsimlovchilar
(idoraviy belgisi bo’yicha davlat byudjeti mablag’larini oluvchilarga
davlat byudjeti mablag’larini taqsimlash huquqiga ega bo’lgan davlat
hokimiyati organlari yoki mahalliy o’zini-o’zi boshqarish organlari)
uchun G’aznachi-likning yagona hisob registrida ochiladigan shaxsiy
hisobvaraqlaridan foydalanish yordamida amalga oshiriladi.
G’aznachilik tizimi byudjetga kelib tushayotgan daro-madlar va
davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish manbalaridan tushumlar
bilan bog’liq bo’lgan barcha operatsiyalarni, shuningdek, davlat
byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish va sanktsiyalashtirishni o’zining
Bosh daftarida qayd etadi.
Davlat byudjeti daromadlari qismining ijrosini soliqlar va boshqa
to’lovlarni byudjetga undirish bilan shug’ullanadigan O‘zbekiston
Respublikasi Davlat soliq
qo’mitasi va O‘zbekiston Respublikasi
Davlat bojxona qo’mitasi hamda ularning quyi organlari ta’minlaydi.
Moliyaviy yil joriy yilning 31 dekabrida nihoyasiga etishi kerak.
Davlat byudjeti majburiyatlarining limitlari ham o’zlarining harakatini
31 dekabrda to’xtatadi. Odatda, 25 dekabrdan so’ng pulli
majburiyatlarning qabul qilinishiga yo’l qo’yilmasligi kerak. Davlat
byudjetiningijrosiga oid foydalanilgan hisobvaraqlar 31 dekabrda
yopilishi zarur.
Davlat byudjetining ijrosini ta’minlash jarayonida uning
daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respubli-kasining “Byudjeti
kodeksi”, “Soliq kodeksi”, “Bojxona kodeksi” va boshqa qonun
hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda hisoblab chiqarilgan,
biroq joriy yilning 31 dekabrigacha davlat byudjetiga to’lanmagan
daromadlar kelgusi yilda davlat byudjetiga o’tkazilishi kerak.
Tasdiqlangan davlat byudjeti mabla
g’lari doirasida va xarajatlar
smetasiga muvofiq davlat byudjeti mablag’lari davlat byudjeti
mablag’lari oluvchilar tomonidan moliya yili mobaynida bosqichma-
bosqich, tayinlash sertifikatini muayyan davrga va tegishli summaga
rasmiylashtiris
h yo’li bilan:
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan tashki-lotlar
bo’yicha – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan yoki mahalliy
byudjetlardan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha – tegishli
moliya organlari tomonidan sarflanadi.
Tayinlash sertifikatlarini tayyorlash, rasmiylash-tirish, berish, ijro
etish va hisobga olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan belgilanadi.
Davlat
byudjetining
ijrosini
ta’minlash
jarayonida
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va barcha daraja-dagi
mahalliy byudjetlar hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti mablag’lari
qoldiqlari tasdiqlangan miqdorda aylanma kassa mablag’i me’yorini
shakllantirishga yo’nal-tirilishi kerak. Qoldiqlarning aylanma kassa
mabla-
g’i me’yorining tasdiqlangan miqdoridan ortiq qismi Qoraqal-
pog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining hamda tegishli
hokimliklarning
qaroriga
ko’ra
qo’shimcha
xarajat-larni
moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin.
Davlat byudjeti tashkilotlari hisobvaraqlaridagi davlat byudjeti
mablag’lari qoldiqlari olib qo’yilmasligi va davlat byudjeti
tashkilotlarining maxsus mablag’lari hisobvaraqlariga o’tkazilmog’i
lozim (kapital qo’yilmalarini moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan
mabla
g’lar bundan mustasno). Davlat byudjeti tashkilotlarining
maxsus mablag’larini shakllantirish va sarflash tartibi O‘zbe-kiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ayrim vaziyatlarda turli sabablarga ko’ra yil boshlan-gunga
qadar kelgusi moliya yili uchun davlat byudjeti qabul qilinmasligi
mumkin. U holda davlat byudjeti qabul qilin-gunga
qadar bo’lgan davrda
davlat xarajatlari quyidagi shartlarga rioya etilgan holda amalga
oshirilishi mumkin:
boshlangan moliya yilidagi xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat byudjeti
mablag’larining avvalgi moliya yili so’nggi 3 oyining uchdan bir
qismidan
ortiq bo’lmagan miqdorlarda har oyda amalga oshirilmog’i
lozim;
avvalgi moliya yilida qilinmagan davlat byudjeti xarajatlari
amalga oshirilmasligi kerak;
avvalgi moliya yilida amalda bo’lgan soliqqa tortish va
majburiy to’lovlarni to’lash tartibi davlat byudjeti qabul qilingunga
qadar o’z kuchini yo’qotmasligi zarur.
Yuqoridagilarni inobatga olib aytish mumkinki, davlat
byudjetidan moliya yili boshlanganidan keyin qabul qilingan
xarajatlarning umumiy summasi moliya yili davomida qabul qilingan
davlat byudjeti ko’rsatkichlariga muvofiqlashtirilishi kerak.
Ba’zi hollarda davlat byudjetining ijrosi davomida byudjetdan
ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar kiritish zaruriyati paydo
bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda byudjetdan ajratiladigan
mablag’larga moliya yili mobaynida o’zgartirishlar kiritish bir davlat
byudjeti mablag’larini oluvchi uchun davlat byudjeti mablag’larining
kamaytirilishi boshqa davlat byudjeti mablag’larini oluvchisi uchun
davlat byudjeti mablag’larining tegishli ravishda ko’paytirilishini
nazarda tutgan tartibda:
1)
tasdiqlangan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmining
10% ga qadari:
davlat byudjetida ko’rsatilgan davlat byudjeti mablag’larini
oluvchilar uchun
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
taqdimnomasiga
binoan
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi tomonidan;
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
mablag’larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjeti
va
mahalliy
byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag’larini
oluvchilar uchun
– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan tegishli moliya organlarining taqdimnomasiga binoan
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli
hokimlar tomonidan (kapital qo’yilmalar moddalari bundan
mustasno);
2) tasdiqlangan byud
jetdan ajratiladigan mablag’lar hajmining
10% dan ortig’i:
davlat
byudjetida ko’rsatib o’tilgan davlat byudjeti mablag’larini
oluvchilar uchun
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
tomonidan;
Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti
mablag’larini oluvchilar uchun – O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi tomonidan belgilanadigan tartibda
O‘zbekiston Respublikasi
Moliya
vazirligining
taqdimnomasiga
binoan
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;
Qora
qalpog’iston
Respublikasi
byudjeti
va
mahalliy
byudjetlardan moliyalashtiriladigan davlat byudjeti mablag’larini
oluvchilar uchun
– tegishli moliya organlarining O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taqdimnomasiga
binoan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda
joylardagi tegishli hokimiyat vakillik organlari tomonidan (kapital
qo’yilmalar moddalari bundan mustasno) amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti mablag’ini oluvchining so’roviga binoan moliya yili
uchun unga nazarda t
utilgan byudjetdan ajratiladigan mablag’lar
ayrim moddalar bo’yicha (kapital qo’yilmalar moddalari bundan
mustasno) byudjetdan ajratiladigan mablag’lar teng miqdorda
kamaytirilgan va mazkur mablag’larni oluvchi uchun nazarda tutilgan
byudjetdan ajratiladig
an mablag’larning umumiy hajmi saqlab qolingan
holda dastlabki hajmining 10% ga qadar kamaytirilishi mum-kin. Bu
holda
byudjetdan ajratiladigan mablag’larga o’zgartirishlar:
Respublika
byudjetidan
ajratiladigan
davlat
byudjeti
mablag’lariga – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan;
Qoraqalpog’iston
Respublikasi
byudjeti
va
mahalliy
byudjetlardan ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lariga –
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilagan tartibda tegishli
moliya organlari tomonidan kiritiladi.
Davlat byudjetini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish
alohida
ahamiyatga
ega.
Shu
sababli,
Qoraqalpog’iston
Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va mahalliy hokimiyat vakillik
organlari, agar muayyan harakatlari davlat byudjeti taqchilligining
qonun hujjatlarida belgilangan eng yuqori darajasidan oshib
ketishiga olib keladigan bo’lsa, davlat byudjeti daromadlarini
qisqartiruvchi yoki xarajatlarini oshiruvchi biror-bir harakat qilishga
haqli emaslar. Shunga mos ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi
byudjeti hamda mahalliy byudjetlar qabul qilinganidan keyin moliya
yili mobaynida ayrim turlar bo’yicha davlat byudjeti daromadlarini
qisqartirishga olib keluvchi Qoraqal-
pog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi va tegishli mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori, agar
unda boshqa turlar
bo’yicha daromadlarni ko’paytirish va (yoki) davlat
byudjeti xarajatlarining tegishli miqdorda qisqartirilishi kerak bo’lgan
moddalar nazarda tutilgan taqdirdagina, qabul qilinishi va amalga
kiritilishi mumkin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar
qabul qilinganidan keyin moliya yili mobaynida tegishli davlat
byudjeti xarajatlari qisqartirilishiga va (yoki) daromadlari
ko’payishiga
olib keluvchi Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va
mahalliy hokimiyat vakillik organining qarori qabul qilishda hosil
bo’ladigan ortiqcha mablag’lar mazkur qaror qabul qilingan
darajadagi byudjetga mablag’larni qayta taqsimlash uchun qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olib
qo’yiladi.
Agar davlat byudjeti qabul qilinganidan keyin moliya yili
davomida davlat byudjetidan olingan davlat byudjeti mablag’larini
ko’paytirish (kamaytirish) to’g’risida qaror qabul qilinadigan bo’lsa,
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi,
Qoraqalpog’iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri moliya organlari
tomonidan tegishli darajadagi byudjetlar hajmiga o’zgarishlar
kiritilishi mumkin. Xarajatlarni ko’paytirish yoki qisqartirish byud-jetlar
o’rtasida o’zaro hisob-kitob qilish yo’li bilan amalga oshiriladi. O‘z
navbatida, byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitob o’tkazish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Soliqlar va davlat byudjeti to’lovlari intizomini mustahkamlash
yuzasidan ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida Qoraqalpog’iston
Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarga tasdiqlangan
ko’rsatkichlardan tashqari tushgan qo’shimcha daromadlar aylanma
kassa mablag’i me’yori tasdiqlanganidan kam bo’lmagan miqdorda
saqlanib qolgan taqdirda qabul qilingan byudjetdagidan tashqari
xara-
jatlarga yo’naltirilishi mumkin. Ushbu masalaga doir tegishli
qarorlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli
hokimlar tomonidan qabul qilinadi.
Davlat byudjeti ijrosini ta’minlashda davlat byudjeti daromadlari
va xarajatlarini boshqarish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya organlari davlat
byudjeti va uning tuzilmasiga kiruvchi byudjetlarning qonun
hujjatlarida belgilangan ko’rsatkichlar doirasida bajarilishi uchun
javobgardir. Shuning uchun ham davlat byudjeti daromadlari va
xarajatlarini boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi.
Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va
davlat
byudjetining
oldindan
belgilangan
taqchilligi
qonun
hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan bo’lsa,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat byudjetining
xarajatlarini alohida moddalar bo’yicha qisqartirish to’g’risida qonun
hujjatlarida naz
arda tutilgan tartibda O‘zbekiston Res-publikasi Oliy
Majlisiga taklif kiritadi.
Turli darajadagi byudjetlarning daromadlari va xarajatlari
o’rtasidagi vaqtinchalik tafovutni to’g’rilash maqsadida moliya yili
davomida ularga tegishli byudjetlardan davlat byudjeti ssudalari
ajratilishi mumkin. Davlat byudjeti ssudalarini berishning eng kech
muddati va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan belgilanadi. Shuningdek, turli darajadagi byudjetlarning
daromadlari va xarajatlari o’rtasidagi vaqtinchalik farqni moliya yili
davomida aylanma kassa mablag’i me’yori hisobiga, uni moliya yili
oxirigacha tasdiqlangan hajmga qadar tiklagan holda, davlat byudjeti
mablag’larining foydalanilmagan qoldiqlari hisobiga va qonun huj-
jatlarida belgilangan tartibda davlatning qisqa muddatli qimmatli
qog’ozlarini chiqarish hisobiga ham qoplash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va boshqa moliya
organlari davlat byudjeti ijrosining nazorat qilinishini amalga oshirish
davomida:
turli darajadagi byudjetlar ijrosi yakunlarini
ko’rib chiqadi;
turli darajadagi byudjetlarga mablag’lar tushumi to’g’risida
soliq va bojxona organlaridan, davlat maqsadli jamg’armalarini
taqsimlovchi organlardan axborot oladi;
davlat byudjeti mablag’larini oluvchilardan byudjetdan
ajratiladigan mablag’larning tushumi va sarfi to’g’risida ma’lumotlar
talab qilib, oladi;
qonun hujjatlariga muvofiq banklardan davlat byudjeti
mablag’lari harakati to’g’risida ma’lumotlar oladi;
davla
t byudjeti mablag’lari oluvchilarning moliya-xo’jalik
faoliyatini
o’z vakolatlari doirasida taftish qiladi va tekshiruvdan
o’tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yilning har
choragida davlat byudjeti ijrosining O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi taqdim etadigan yakunlarini ko’rib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |