keyingi yilning 10 mayidan so’ng tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar,
shuningdek tumanlar va shaharlar Kengashlariga taqdim etadi.
Tegishli byudjetlarning ijrosi to’g’risidagi hisobot-larni taqdim
etish muddatlari tegishincha Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i
Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek
tumanlar va shaharlar Kengashlari tomonidan belgilanadi. Tegishli
byudjet-
larning ijrosi to’g’risidagi hisobotlar tegishincha Qora-
qalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi, xalq deputat-lari
viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tumanlar va shaharlar
Kengashlari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonun-chilik
palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tegishli hisobot davri uchun taqdim etilgan Davlat byudjetining va
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi
hisobotni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va
qo’mitalarida muhokama qilish asosida ko’rib chiqadi.
Tegishli hisobot davri uchun Davlat byudjetining va davlat
maqsadli ja
mg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi hisobot
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
siyosiy partiyalar fraktsiyalari, deputatlar guruhlari va qo’mitalarida
ko’rib chiqilgandan so’ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining majlisida ko’rib chiqiladi hamda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qarori
bilan tasdiqlanadi.
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’ar-malari
byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan
tasdiqlangandan so’ng hisobot yili uchun Davlat byudjetining va
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining ijrosi to’g’risidagi
axborot O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-
saytiga joylashtiriladi.