jamg’armalarining miqdori ham, hajmi ham o’sish xususiyatiga ega
bo’lgan.
O‘z navbatida, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
mi
qdorining ortishi (ko’payishi) ma’lum bir qiyinchilik va
noqulayliklarni keltirib chiqargan. Xususan, jamg’arma qat’iy
maqsadli xususiyatga ega bo’lgani bois, ayrim jamg’armalarda
moliyaviy
resurslar
keragidan
ortiq
bo’lsa,
ayrimlarida
etishmovchiliklar
pa
ydo bo’lgan. Shuningdek, davlat ularni
boshqarish
va
muvofiq-lashtirishni
moliyalashtirish
uchun
qo’shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishga majbur bo’lgan. Bu,
o’z o’rnida, jismoniy va yuridik shaxslarga qo’shimcha moliyaviy yuk
hisoblanib, ular o’rtasida ma’lum bir noroziliklarning paydo
bo’lishiga ham olib kelgan. Bunday salbiy
holatlarning oldini olish
uchun markazlashtirilgan davlat shakllanishiga zarurat
tug’ilgan.
Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat
fondlarini uyg’unlashtirib, bir necha muammolarning oldini olish
imkoniyatini tug’dirgan. Jumladan, bir fondda ortiqcha bo’lgan
moliyaviy mablag’larni ikkinchi bir fonddagi etishmayotgan moliyaviy
mablag’lar o’rniga jalb qilish imkoniyati hosil bo’la boshlagan.
Davlatning turli
xil fondlarining uyg’unlanishi asosida ulkan bir
markazlashtirilgan fond, ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga
asos solingan. Davlat byudjeti
sekin asta har to-monlama
mustahkamlanib borib, mamlakatning oliy organi uni ko’rib chiqib,
tasdiqlagandan keyin qonun kuchiga kirib, ijro etish majburiyati sezila
boshlandi (bu haqda mazkur darslikning oldingi boblarida batafsil
to’xtalib o’tilgan).
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki
kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash
bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini ham
tashkil etishga zarurat tug’ildi. Bu jamg’armalarni tashkil etishga bir
qator omillar ta’sir etadi, albatta. Ularning ko’lami keng, lekin
asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
i
qtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va
tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan
sharoitlarda ularning
moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv
organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar
hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat fondlarini tashkil etadi;
Davlat byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari
jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud
muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat
tomonidan
qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar
qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy
resurslarini tashkil etish, taqsimlash
va foydalanishni davlat to-
monidan samarali nazorat qilish imkoniyati
tug’iladi;
Davlatning byudjetdan tashqari
jamg’armalari muayyan bir
sharoitlarda,
ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan
hollarda, ortiqcha mablag’lardan Davlat byudjeti defitsitini
noinflatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz
va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada
kengaytiradi.
Dostları ilə paylaş: