Moliya tizimining boshqa bo’g’inlari kabi Davlatning byudjetdan
tashqari jamg’armalarini tashkil etishning moddiy manbalari milliy
daromad hisoblanadi. Bunday jamg’armalarning
aksariyat qismi
milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida vujudga
keladi.
Amaliyotda milliy daromadni qayta taqsimlash jarayoni orqali
Davlatning
byudjetdan
tashqari
jamg’armalari
daromadini
shakllantirishning asosiy usullari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
1.
Maxsus soliqlar, yig’imlar va ajratmalar;
2.
Davlat byudjeti mablag’lari va zayomlar.
Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari
daromadlarini
tashkil etishning asosiy usuli maxsus soliqlar, yig’imlar va ajratmalar
hisoblanadi.
Ushbu
manbalalar
hisobidan
jamg’armalar
daromadlarining 80-90% va hatto 100% ham shakllanishi mumkin.
Davlat
byudjeti
hisobidan
shakllanayotgan
mablag’lar
amaliyotda qaytarib bermaslik sharti bilan dotatsiya va subventsiya
ko’rinishida (davlat byudjetidan transfertlar shaklida) beriladi. Ayrim
hollarda fond daromadlariga turli muddat va qiymatda (foizli, foizsiz)
bo’lgan zayomlar ham jalb qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: