2)
mahalliy hokimiyat ixtiyori va boshqaruvida bo’lgan
jamg’armadan tashkil topadi.
Bundan tashqari dunyoning juda ko’p davlatlarida idoralar,
vazirliklar va yirik xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ixtiyorida ham ko’plab
jamg’armalar tashkil etilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki kunlaridan
boshlab Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini tashkil etish
va ularni davr talabidan kelib chiqqan
holda davrga moslashtirish
chora-tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. 2002 moliya yiliga
qadar Bunday jamg’armalarning alohida moliyaviy resurslarini
shakllantirish va
ulardan maqsadli yo’nalishlarda foy-dalanish keng
qo’llanilib
kelinar
edi.
Ammo
ayrim
byudjetdan
tashqari
jamg’armalarda o’z vaqtida va to’liq moliyaviy resurslarni
shakllantirmaslik, aholiga berilayotgan va
tarqatilayotgan moliyaviy
resurslarda kechikish, uzilish hollari tez-tez uchray boshladi. Buning
oldini
olish
maqsadida
2002
yildan
boshlab
umumdavlat
ahamiyatiga ega
bo’lgan ayrim davlatning byudjetdan tashqari
jamg’armalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasarrufida
bo’lishi ma’qul deb topildi. Ammo shuni alohida qayd etish lozimki,
ularning muxtoriyatliligi to’liq saqlanib qolindi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyotida bir
qator Davl
atning byudjetdan tashqari jamg’armalar mavjud. Ularning
asosiylari quyidagilar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya
jamg’armasi.;
2.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi;
3.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari
vazirligi huzuridagi Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi;
4.
O‘zbekiston
Respublikasining
tiklanish
va
taraqqiyot
jamg’armasi;
5.
O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg’armasi;
6.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Respublika Yo’l jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan
boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat
Qumitasi ixtiyoriga o’tkazildi va uning asosiy
funksiyalarini bajarish
maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi).;
7.
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
huzuridagi
byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-
texnika bazasini rivojlantirish jamg’armasi (ushbu jamg’arma 2019
yildan boshlab o’z faoliyatini tugatdi).
8.
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
huzuridagi
Sug’oriladigan erlarni meliorativ holatini yaxshilash jamg’armasi
(ushbu jamg’arma 2019 yildan boshlab o’z faoliyatini tugatdi).
9.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot
qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi va boshqalar
Mablag’lari
soliqlar, majburiy to’lovlar va jarimalar, shuningdek
byudjet
subsidiyalaridan
shakllantiriladigan
davlat
maqsadli
jamg’armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil
etiladi. Davlat maqsadli jamg’armalari O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan tashkil etiladi.
Davlat maqsadli
jamg’armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil
etmasdan tuzilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: