T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

21.2. Pensiya j
amg’armasi 
 
Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo’g’inlar ichida davlat 
byudjetidan keyin hajmi va 
iste’molchilarni qamrab olish ko’lami 
hamda 
ijtimoiy ahamiyati bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan 
markazlashgan jamg’armalardan biri bu byudjetdan tashqari 
Pen
siya jamg’armasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga dastlab O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi 
“O‘zbekiston Respub-likasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya 
jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi 459-sonli qaroriga muvofiq 
asos solingan. Har bir yangi tashkil etilgan markazlashgan 
jamg’arma oldiga muayyan maqsad qo’yilgani bois, ushbu 
jamg’arma oldiga ham zarur maqsad qo’yildi. Jumladan, Byudjetdan 
tashqari Pens
iya jamg’armasining bosh maqsadi – davlat tomonidan 
kafolatlangan pensiya 
ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini 
takomillash-tirish, 
daromadlarga mo’ljallangan majburiy badal, yig’im 
va ajratmalarni 
to’liq yig’ilishini ta’minlash, shuningdek, aholini kuchli 
ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-
tadbirlarini o’z 
vaqtida va to’liqligicha ta’minlashga erishish hisoblanadi 
2019 yil 1 yanvar holatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida 
pensionerlar soni 
– 3485869 nafarni tashkil etdi. Shundan: 2618503 
nafar yoshga doir pensionerlar; nogiron pensionerlar 370626 nafar 


va boquvchisini yo’qotgan pensionerlar 173922 nafarni tashkil 
etmoqda. Ushbularni ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish, 
o’z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tashkil 
etishga asos bo’ladi. 
Byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg’armasining 
asosiy 
vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 
sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti 
to’g’risida”gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd
etilgan qonunning 2-
moddasida quyidagi ko’rinishdagi davlat 
pensiyalari zikr etilgan: 
– yoshga qarab; 
– nogironligi bo’yicha; 
– boquvchisini yo’qotganligiga ko’ra. 
1995 yil 20 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
1289
–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996 yil 1 
yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko’rsatayotgan va ish 
bajarayotgan 
pensionerlar 
uchun 
mo’ljallangan, 
belgilangan 
pensiyaning 50% 
to’lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd 
etish joizki, ushbu tartib 2019 moliya yilidan boshlab bekor qilindi. 
Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga 
tenglashtirilganlar, 1-2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini 
bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga 
ko’ra alohida kasb egalari bo’lgan (masalan, shifokor-pensionerlar, 
mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy gvardiya, milliy 
xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, umumta’lim muassasalari 
va maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat olib borayotgan 
pensionerlar, 
mahalla 
oqsoqoli 
va 
boshqalar) 
ishlayotgan 
pensionerlar kabi ishlayotgan barcha pensionerlar to’liq 100% 
miqdorda olinishi belgilandi
102

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 
1991 yil 14 yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya fondining 
O‘zbekiston jumhuriyat bo’limi tashkil etilgan. Ijtimoiy ta’minot 
tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sug’urta 
mablag’larining to’g’ri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni 
kuchaytirish 
maqsadida 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi 
Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq,
sobiq SSSR Pensiya fondining O‘zbekiston Respublika bo’limi 
102
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya 
ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-


quvvatlashni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 
” 2018 yil 12 dekabrda qabul qilingan PF-5597-son Farmoni. 


negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta 
jamg’armasi tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston kasaba uyushmalari 
federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, 
homiladorlik 
va tug’ish bo’yicha, farzand tug’ilganda, dafn etishga 
beriladigan nafaqalarni to’lashga yo’naltiriladigan davlat ijtimoiy 
sug’urta mablag’lari berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini 
yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy 
badallarning to’liq kelib tushishi xamda davlat ijtimoiy sug’urtasi 
bo’yicha pensiya va nafaqalarni to’lashga xarajatlarni o’z vaqtida 
moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining 
mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi 459-son qaroriga asosan 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy 
sug’urta jamg’armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy 
ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ijtimoiy 
ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida 
tegishli xududiy bo’linmalari va bo’limlari bo’lgan Pensiya 
jamg’armasi tashkil etilgan. Pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv 
tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha 
majburiy badallar to’liq yig’ilishini ko’paytirish, amaldagi boshqaruv 
tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to’lashga 
yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish 
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 
yil 15 noyabrdagi 444-son qaroriga muvofiq, 2001 yil 1 yanvardan 
boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi 
huzuridagi Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasining 
byudjetdan 
tashqari 
Pensiya 
jamg’armasiga 
aylantirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi)ga pensiyalar, shuningdek ijtimoiy ta’minot 
bo’limlari tomonidan to’lanadigan nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash 
va to’lash funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Hukumatining 2004 yil 21 oktyabrdagi 490-son qaroriga asosan, 
2005 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi 
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan. 
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti tizimining 
tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy 
nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z vaqtida 
moliyalashtirish hamda ularni to’liq hajmda to’lash, shuningdek, 


respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan 
mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish 
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30 
dekabrdagi PF-4161-son Farmoniga muvofiq, 2010 yilning 1 
yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar, 
kompensatsiya va boshqa t
o’lovlarni tayinlash, moliyalashtirish, 
ularning to’lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasining tegishli hududiy bo’linmalari 
tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. 
2005 moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg’armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy 
ta’minot vazirligi, so’ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan 
umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va 
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston 
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tasarrufiga 
o’tkazildi. 
2004 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 490-
sonli “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi 
boshqaruvini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori e’lon 
qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg’armasi 2005 yil 1 
yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi maqomini oldi. 
Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jam- 
g’armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi. 
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tezkor muvofiqlashtirib 
turuvchi Ijroiya direktsiya tasdiqlangan. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin