davlat aktivlarini sotishda, shuningdek yuridik shaxslarning
aktsiyalari (ulushlari, paylari)ni va boshqa aktivlarni davlat
manfaatlarini ko’zlab sotib olishda birja va birjadan tashqari
savdolarga xizmat ko’rsatuvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar
tomonidan xizmatlar ko’rsatish;
Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirish,
raqobatni rivojlantirish va korporativ boshqaruv muammolari
tadqiqotlari markazi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar, metodik
hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlarni
amalga oshirish;
Korporativ boshqaruv ilmiy-
ta’lim markazi va Davlat raqobat
qo’mitasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o’qitish
respublika markazida Davlat raqobat qo’mitasi va uning tarkibiy
bo’linmalari xodimlarini, shuningdek davlat ishonchli vakillari va
xususiylashtirilgan korxonalar negizida loyihalarni amalga oshiruvchi
tadbirkorlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish va
o’qitish;
Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi «Privatinformsistem»
axborot texnologiyalari markazi» DUK tomonidan zamonaviy
axborot-
texnologik kompyuter dasturlarini, elektron ma’lumotlar
bazasi va reestrlarin
i, lokal kompyuter tarmog’ini ishlab chiqish, joriy
etish va ular bo’yicha xizmat ko’rsatish;
Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolari
o’tkazish bo’yicha Davlat tender komissiyasi qarorlari asosida
mahalliy ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat aktivlarini
sotish bo’yicha maslahat xizmatlari ko’rsatish;
baholovchi tashkilotlar tomonidan xizmatlar ko’rsatish.
Baholovchi tashkilotlar
xizmatlarini to’lash bilan bog’liq xarajatlar
Davlat raqobat qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan va O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan Nizomga muvofiq
qoplanadi.
Jamg’armaning joriy moliya yili yakuni bo’yicha qoldiq
mablag’lari olib qo’yilmaydi va keyingi yilga o’tadi.
Dostları ilə paylaş: