ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko’maklashish
jamg’armasi
faoliyatini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2017 yilning 19 iyunida “O‘zbekiston Respublikasi
Xususiylash
tirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirilgan
korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi mablag’larini shakllantirish,
taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizomni
tasdiqlash
haqida”gi 391-sonli Qarori qabul qilindi. Davlat mulkini
xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar jamg’armasi sifatida o’z
faoliyatini
amalga
oshirib
kelgan.
Yangi
tashkil
etilgan
jamg’armaning avvalgisidan tubdan farq
qiladigan jihati shundan
iboratki, Dav
lat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar
jamg’armasining asosiy maqsadi xususiylashtirishdan tushgan
mablag’larni Davlat byudjeti daromadiga yo’naltirish bo’lgan,
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko’maklashish
jamg’armasi
mablag’lari esa ustuvor ravishda xususiylashtirilgan korxonalarni
amaliy qo’llab-quvvatlashga va investitsiya
loyihalarini hayotga
tatbiq etishga qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasi huzuridagi
Xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish jamg’armasi yuridik
shaxs maqomisiz tashkil etiladigan davlat maqsadli jamg’armasi
hisoblanilib, uning asosiy vazifasi mablag’larni
xususiylashtirilgan
korxonalarni amaliy ravishda qo’llab-quvvatlashga, investitsiya
loyihalarini amalga oshirishga va tadbirkorlarning biznes yuritish
asoslariga o’qishini tashkil etishga yo’naltirish hisoblanadi.
Jamg’armani boshqarish Davlat raqobat qo’mitasining
Moliya va
buxgalteriya hisobi boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi,
boshqarma
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko’maklashish
jamg’armasining daromadlari va xarajatlari prognozini manbalar,
hududlar va choraklar bo’yicha
tayyorlaydi, uning bajarilishini tahlil
qiladi
va
monitoringini
yuritadi,
shuningdek,
Jamg’arma
mablag’larining tushishi va taqsimlanishi hisobini yuritadi
qonunchilikda ko’zda tutilgan
xarajatlarni amalga oshiradi,
Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni tuzadi hamda
Jamg’arma byudjetining ijrosi to’g’risidagi hisobotni O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga hamda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.