O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 25 sentyabrda
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
mutaxassislarni xorijda tayyorlash va
vatandoshlar bilan muloqot
qilish bo’yicha «El-yurt umidi» jamg’armasi faoliyatini tashkil etish
to’g’risidagi PF-5545-sonli Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon
negizida qabul qilingan Nizomning 14-
bandiga binoan Jamg’arma
xarajatlarini moliyalashtirish manbalari quyidagilar hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari;
respublika oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan
tashqari
(oshirilgan shartnoma stavkalari bo’yicha to’lov-shartnoma asosida
o’qitishdan tushadigan) mablag’laridan ajratmalar;
xo’jalik faoliyati va shartnoma asosida xizmat ko’rsatishdan
tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya
mablag’lari;
xalqaro moliyaviy institutlar
va xorijiy tashkilotlarning
grantlari;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Xorijdagi yetakchi universitetlar, ilmiy markazlar va boshqa
tashkilotlarda
kadrlarni
tayyorlash,
malakasini
oshirish
va
stajirovkadan o’tkazish tizimini yanada takomillashtirish,
ijtimoiy
soha, davlat boshqaruvi va iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining yuqori
malakali mutaxassislarga bo’lgan o’sib borayotgan ehtiyojlarini
qondirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot
qilish bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi faoliyatini samarali tashkil
etilsh maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4
yanvar kuni Qarori e’lon qilindi.
Kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan
o’tkazish uchun nomzodlarni tanlov asosida saralab olish vazirliklar
va idoralarning maqsadli buyurtmalari asosida Jamg’arma
mablag’lari hisobidan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha amalga
oshiriladi:
ta’lim;
fan
va ilmiy tadqiqotlar;
sog’liqni saqlash;
davlat boshqaruvi;
iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari.
2018 yilda mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar
bilan muloqot qilish
bo’yicha “El-yurt umidi” jamg’armasi 40, mlrd.
so’m ajratilgan bo’lsa, 2019 yilda 72.5 mlrd. so’m mablag’ ajratildi.
Bundan tashqari
yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi 2019
yild
a Jamg’arma dasturlari bo’yicha xorijda kadrlarni tayyorlash,
malakasini oshirish va stajirovkadan o’tkazishni moliyalashtirish
uchun 3 million AQSh dollari miqdorida mablag’
ajratish nazarda
tutilgan.
Dostları ilə paylaş: