Jamg’armaning asosiy vazifalari :
davlatning Jamg’armaga yo’naltiriladigan moliyaviy mablag’larini
jamlash;
iqtisodiyotni rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni tarkibiy
jihatdan o’zgartirish va modernizatsiya qilishdagi ustuvor vazifalarni
amalga oshirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega
bo’lgan g’oyat muhim
loyihalarni moliyalashtirish;
strategik jihatdan muhim ahamiyatga ega
bo’lgan korxonalarni,
birinchi navbatda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini yangilash va
texnik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini kreditlash;
yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik va
rangli metallurgiya tarmoqlarini texnik jihatdan qayta qurollantirishga
hamda ishlab chiqarish sur’at va hajmlarini oshirishga yo’naltirilgan
loyihalar moliyalashtirilishini
ta’minlash;
yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim
ustuvor
ahamiyatga
ega
investitsiya
loyihalarini
birgalikda
moliyalashtirish, eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosadigan
ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va uskunalarni sotib
olishga mablag’larni maqsadli yo’naltirgan holda respublikaning tijorat
banklariga Jamg’armani boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan
belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish.
birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan
hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzulmasini
shakllantirish bo
’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat
dasturlari va loyihalarning amalga oshirilishini moliyalashtirish;
kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat
ishlab
chiqarishlarini
joylashtirish
uchun
ishlab
chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini imtiyozli asosda, shu
jumladan keyinchalik Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan qoplash
yo’li bilan moliyalashtirish;
respublikaning
xalqaro
kommunikatsiyalar
tarmog’iga
integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratadigan, xalqaro
transport yo’laklari va jahon bozorlariga eng qisqa yo’l bilan chiqishni
ta’minlaydigan transport hamda telekommunikatsiyalar infratuzilmasini
modernizatsiyalash va rivojlantirishni moliyalashtirish;
davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va
xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lashni
moliyalashtirish;
xalqaro moliya institutlari, respublika va xorijiy mamlakatlarning
kredit muassasalari bilan loyihalarning qo’shma moliyalashtirilishini
tashkil etishni
ta’minlash.
Yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda